O’zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnalogiyalar unversteti Biotexnalogiya fakulteti 203-guruh talabasi Omadbek yuldashevning Falsafa fanidan tayyorlagan taqdimoti.
Mavzu: Inson tarixida tarbbiya va ta’kimning rivojlanish bosqichlari. Islom nurli ma’rifat dini. Reja: 1. İnsonning tarbiyaga bo’lgan ahamiyati. 2. Ta’limning rivojlanishi. 3. Islom dinining tarixi.
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda Tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi Tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda Tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi Tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday Tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning fakat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiymaʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining Tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish. toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intlar tizimiga ega boʻlishi lozim.
Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izoxdab kelingan. Shoʻro zamonida hukmron kommunistik mafkura Tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda Tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli sinflarning Tarbiyasi bir-biriga qaramaqarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq ped.si tajribasi Tarbiyaning sinfiy koʻrinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiki tufayli Tarbiyada ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli xisobga olinmadi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Tarbiya va unga bogʻliqjarayonlarga yangi hamda sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda gʻayriilmiy sinfiypartiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida eʼtibor karatilmoqda. Buning uchun xalq ped.si boyliklari, oʻzbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan oʻrganilayotir. Natijada, Oʻzbekiston ped. fani va amaliyotida oila Tarbiyasining ham, ijtimoiy Tarbiyaning ham oʻziga xos oʻrni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, Tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan boʻldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida Tarbiyaning oʻrniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol Tarbiyaga doyr hodisa va holatlarni toʻgʻri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini toʻgʻri tayin etish imkonini berdi.
Ajdodlarimiz asrlar davomida sevib mutolaa qilgan “Pandnoma”, “Siyosatnoma”, “Qobusnoma”, “Axloqi muhsiniy”, “Axloqi jaloliy”, “Axloqi nosiriy”, “Qonuni hikmat”, “Nigoriston”, “Bahr al-ulum”, “Kachko'li sultoniy”, “Jovidoni xirad”, “Bistu se hikmat”, “Hikoyoti dilpisand”, “Odob as-solihin”, “Turkiy “Guliston” yoxud axloq” singari asarlar shular jumlasidandir. Ushbu nodir asarlarda avval axloq-tarbiyaga oid biror so'z va tushunchani izohlab, keyin unga o'quvchi amal qilish uchun naqliy va axloqiy dalillar keltiradi. Umuman ularning mazmun-mundarijasi, ularda ilgari surilgan ilg'or g'oyalar bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
Xitoy donishmandi Syun-Szi “Chaqaloqlar hamma erda bir xil yig'lashadi. Katta bo'lganlarida esa turli qiliqlar qilishadi. Bu – tarbiyaning oqibati”, deb yozgan edi. Olmon faylasufi Immanuil Kant o'z asarida “Inson faqat tarbiya orqali inson bo'ladi, uning qandayligi tarbiyaning natijasidir”, degan fikrni bildiradi.
Tarbiya borasida Sa'diy Sheroziy shunday misralarni bitgan: