O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zInjiniring" Respublika loyiha institutining


§ 3. Xodimlarni tanlash, lavozimini oshirish, moddiy rag‘batlantirish



Yüklə 62,85 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü62,85 Kb.
#186809
1   2   3   4
O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati.


§ 3. Xodimlarni tanlash, lavozimini oshirish, moddiy rag‘batlantirish
20. Institut xodimlarini tanlash, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning faoliyatini baholash, jumladan mukofotlash, ustamalar tayinlash va rag‘batlantirishning boshqa turlarini amalga oshirish jarayoni barcha xodimlar uchun shaffof, teng huquqli va xolis bo‘lishi, mazkur Siyosatning asosiy tamoyillari va talablariga mos kelishi lozim.
21. Institutda uning rahbarlari va tarkibiy bo‘linmalari boshliqlarining faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichlarini baholash tartibi va mezonlari ishlab chiqilishi, rahbar xodimlar ana shu tartib va mezonlar asosida rag‘batlantirilishi lozim. Mazkur ko‘rsatkichlar xolis, shaffof va Institut xodimlari tanishib chiqishlari uchun ochiq va oshkor bo‘lishi lozim.
§ 4. Kontragentlar va uchinchi shaxslar bilan bo‘ladigan hamkorlik
22. Institut yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa uchinchi shaxslarni mazkur Siyosat tamoyillari va talablariga zid va shu sabab korrupsiyaviy xavf-xatarlarni vujudga keltiradigan har qanday to‘lovlar va/yoki harakatlarni amalga oshirish uchun jalb qilmaydi.
23. Kontragentlar bilan bo‘ladigan munosabatlarda Institut o‘z faoliyatini qonuniy va shaffof tarzda amalga oshirish tamoyillariga amal qiladi. Institutda yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa kontragentlarni tanlashning obyektiv mezonlardan foydalanishga asoslangan halol, ochiq va shaffof jarayoni, shuningdek sotib olinayotgan tovar va xizmatlar qiymatini belgilashning shaffof tartibi joriy etilib, bu jarayon va tartiblar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Institutning ichki xujjatlari bilan tartibga solinadи.
24. Kontragentlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishda Institut:
– Institut ichki hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq potensial kontragentning ishonchliligi, jumladan u o‘tmishda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etgan yoki etmaganligi, Institut xodimlari bilan manfaatlar to‘qnashuvi mavjud yoki mavjud emasligini tekshiradi;
– potensial kontragentni (tanlov, konkurs, tender g‘olibini va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma bilan ishlaydigan xarid kontragentini) u bilan tuziladigan shartnoma matniga korrupsiyaga qarshi maxsus shartlarni qo‘shish orqali o‘zining korrupsiyaga qarshi tamoyil va talablari haqida xabardor qiladi.
Yüklə 62,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin