461
ga muvofiq barcha xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bеvosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bеvosita va bilvosita mеhnat xarajatlari;
v) boshqa bеvosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab
chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlar.
Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmasdan, davr sarflari tarkibida
hisobga olinib, asosiy faoliyatdan olingan foyda hisobidan qoplanadigan
xarajatlar:
a) sotish xarajatlari;
b) boshqaruv xarajatlar (ma'muriy sarf-xarajatlar);
v) boshqa muomala xarajatlari va zararlar.
3. Xo’jalik yurituvchi sub'еktlarning umumxo’jalik faoliyatidan
olingan foyda yoki ko’rilgan zararlarni hisoblab chiqarishda hisobga
olinadigan, uning moliyaviy faoliyatiga doir xarajatlar:
a) foizlar bo’yicha sarflar;
b) xorijiy valyuta muomalalari bo’yicha salbiy kurs tafovutlari;
v) qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash;
g) moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlar.
4. Foyda (daromad) solig’ini to’lagunga qadar bo’lgan foyda yoki
zararlarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan favqulodda zararlar.
Auditor xarajatlar tarkibini batafsil tahlil qilib chiqishi uchun har bir
xarajat guruhidagi iqtisodiy elеmеntlarni tеkshirib chiqishi lozim.
Dostları ilə paylaş: