Qisqа хulosаlаr
Xalqaro savdo ikki muhim obyektiv sabab - tabiiy va xom ashyo
resurslarining mamlakatlar o‘rtasida bir tekis taqsimlanmaganligi hamda
mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlarining bir xil rivojlanmaganligiga ko‘ra
paydo bo‘lgan.
Xalqaro savdoga mahsulotlarni ayirboshlash, xizmatlarni ayirboshlash va
yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash kiritiladi. Bu ayrboshlashlarning
barcha ko‘rinishi tashqi savdo operatsiyalari - eksport va import operatsiyalari
yordamida amalga oshiriladi.
Xalqaro savdo nazariyasining klassik ko‘rinishlari A. Smitning «Mutloq
ustunlik» va D. Rikardoning «Nisbiy ustunlik» nazariyalaridir.
D.Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi mutlaq ustunlikka ega bo‘lmagan
mamlakatlar ham tashqi savdodan foyda ko‘rishi mumkinligini asoslab beradi.
Xeksher-Olinning neoklassik konsepsiyasi «Nisbiy ustunlik» nazariyasini
omillar bilan ta’minlanganlik nuqtai nazaridan izohlab berdi.
Erkin savdo yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf qilish resurslarni samarali
taqsimlanishga yo‘l ochib, provardida barcha mamlakatlar uchun iqtisodiy yutuq
olib kelishi savdo nazariyalarida isbotlab berilgan.
403
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Xalqaro savdoni rivojlantirishning obyektiv va sub’ektiv sabablari
nimalardan iborat?
2.
Xalqaro savdoning shakllari va ular hajmini belgilovchi omillarni
tushuntirib bering.
2.
A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasi kamchiligi nimada ko‘rinadi?
3.
«Nisbiy ustunlik» nazariyasining mohiyatini tushuntirib bering.
4.
Savdo sharoitlari tushunchanchasini izohlab bering. Savdo sharoitining
yaxshilanishi qanday oqibatlarga olib keladi?
5.
Xeksher-Olinning neoklassik konsepsiyasini izohlab bering.
6.
“Leontev taajubi” qaysi sababli yuzaga keldi va qanday echim topti?
|