45
paytda latifa tarzida tanqid qilish mumkin. Keyingi kuzatishlar shuni ko`rsatmoqdaki,
eng mushkil davrlarda, hatto, repressiya, qatli om davrida ham latifalar to`qish va
aytish davom etgan:
37-yilda qamalgan bir kishidan so`rashdi:
- Senga necha yil berishdi?
- Yigirma yil.
- Nima qiluvding?
- Hech narsa.
- Bekor aytibsan, hech narsa qilmaganlarga 15 yil berishadi.
Lof - o`zbek xalq nasrining mustaqil janrlaridan biri bo`lib, o`zining
tuzilishi,
hajv va yumorga asoslanishi bilan latifa va askiya janrlariga yaqin turadi. Shuning
uchun ham u yoki bu lofbozning so`zga chechanligi, zukkoligi va hozirjavoblik
fazilati mazkur janrning tashkil topishida hal qiluvchi rol’ o`ynaydi. Loflar syujeti
dialog asosiga qurilgan bo`lib, hajv
va engil yumorga moyilligi, voqea va hodisalar
o`ta mubolag`ali tasvirlanishi bilan ajralib turadi.
Lof janri, asosan, qiziqchi va askiyabozlar orasida shakllangan va ijro etilgan.
Binobarin, har bir lofda notabiiy voqealar, salbiy belgilar kulgu ostiga olinadi. Lof
aytish mubolag`ali epizodga mantiqiy javob qaytarish, so`zga chechanlik musobaqasi
shaklida o`tadi. Masalan:
Paxsakash lofchi narvonchi lofchiga:
- Bir joyda shunday paxsa urayapmanki, balandligi ettinchi qavat osmon
bilan barobar keladi, - deb maqtanibdi.
- Men ham shunday
bir narvon yasayapmanki, u o`n to`rtinchi qavat
osmonga etadi, - debdi narvonchi lofchi.
- Qo`ying-e, - debdi paxsakash lofchi.
- Rost, rost, bo`lmasa siz urayotgan paxsa uyning devoriga narvonlarsiz
chiqib bo`ladimi, - debdi narvonchi lofchi.
Bu lofda lofboz raqiblar o`zaro bir-birlarini noshudlikda aylab, kamsitish orqali
engil yumor hosil qiladi. Lof kompozitsiyasi nihoyatda sodda bo`lib, bahslashuvchi
tomonlarning so`zamollik bobida tortishuvi bevosita asarni yuzaga keltiradi. Syujet
ixcham,
savol-javob tarzida kechgan, ikki qismning mantiqiy birikuvidan tashkil
topadi va hech qanday kirishsiz boshlanadi. Syujet echimi latifalarda bo`lganidek
favqulodda yuz beradi.
Syujetning birinchi qismida voqea yoki hodisa boshlovchi lofchi tomonidan
bo`rttirilgan holda bayon qilinadi. Ikkinchi qismida esa zukko lofchi o`z javobida
aytmoqchi bo`lgan voqea va hodisalarni yanada oshirib-toshiradi. Demak, savol
tarzida aytilgan lofga javob so`zga chechanlik, hozirjavoblikni talab etadi. Lof
46
syujetining ikkinchi qismi birinchi qism voqealari bilan birikkan holda o`ziga xos
yaxlit kompozitsiya yaratadi. Ko`rinadiki, syujet voqealari
savol-javob shaklida
kechadi va asarda ilgari surilgan g`oya zukko lofchi javobida oydinlashadi.
Loflarning mavzu doirasi ham rang-barang bo`lib, ijtimoiy hayotning barcha
tomonlarini qamrab oladi. Bu o`rinda ijobiy fazilat ulug`lansa, ikkinchi o`rinda salbiy
belgilar fosh etiladi.
Voqealikni mubolag`alash asosida bayon etish lof janriga xos badiiy -tasviriy
usul hisoblanadi. Chunki mubolag`a u yoki bu narsa yoki hodisani oshirib, bo`rttirib
tasvirlashning o`ziga xos usulidir.
Loflar tuzilishi yumorga asoslanishi, voqea va hodisalarning favqulodda
echilishiga ko`ra latifalarga o`xshab ketadi. Bu o`xshashlik har ikki janrning o`zaro
ta`siri natijasida yuzaga kelgan. Lofning belgilari, xususan, mubolag`alash usuli ertak
va dostonlarda ham uchrab turadi.
Xulosa qilib aytganimizda, o`zbek latifalari va loflari o`zining uzoq yillik tarixi
davomida xalqimiz ma`naviyatining o`sishiga barakali ta`sir qilib keladi.
Hayotda
uchrab turadigan ayrim nuqson va kamchiliklarni, yomon odatlarni tuzatishda, yosh
avlodni umumbashariy qadriyatlar, insoniylik ruhida tarbiyalashda latifa va
loflarning, shubhasiz, o`rni beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: