Laboratoriya jurnalini yuritish tartibi quyidagicha:
Har bir mashg‘ulot yangi betdan boshlab yoziladi. Unda quyidagilar qayd qilinadi:
mashg‘ulot o‘tkazilgan kun, soat va ishning tartib raqami;
mashg‘ulot mavzusi;
ish bajarilayotgan jihozlarning tasviri (sxemasi);
tajribani bajarishning qisqacha bayoni (ushbu bayon kitobdan ko‘chiriladi);
reaksiya tenglamalari;
reaksiya davomida moddalarda kuzatilgan o‘zgarishlar;
asosiy reaksiyalar mexanizmi;
xulosa.
Tajriba tugagach, foydalanilgan reaktivlarni o‘z joyiga qo‘yish, shisha idish va asboblarni tozalab yuvib, laborantga topshirish lozim. Foydalanilgan jihozlar ba’zi sabablarga ko‘ra tozalanmay qolsa, uni gruppa navbatchisi laborant bilan maxsus joyga yuvib qo‘yishi kerak.