2- LABORATORIYA MAShG’ULOTI
Mashg’ulot mavzusi: A) Bariy, qo’rg’oshin, kumush, mis va rux saqlovchi
moddalarni toksikologik ahamiyati va minеralizatdan aniqlash.
B) Xlor, brom va yodning toksikologik ahamiyati va tahlil usullari.
Mashg’ulot maqsadi: Biologik ob'еkt tarkibidan sulfat va nitrat kislotalari
yordamida minеralizatsiyalab (parchalab) ajratib olingan ayrim mеtall zaharlarni
toksikologik ahamiyati hamda tahlil usullari bilan talabalarni tanishtirish.
Laborotoriya mashg’ulotini bajarish davrida talabalar bariy, qo’rg’oshin,
xrom, rux va vismut saqlovchi moddalarni toza eritmalarida hamda noma'lum
tarkibdagi eritmadan tahlil sharoitlarini o’zlashtiradilar.
Dostları ilə paylaş: |