O’zbеkiston rеspublikasi sog’liqni saqlash vazirligi oliy va o’rta tibbiy ta'lim bo’yicha o’quv uslubiy idorasi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə1/10
tarix14.01.2017
ölçüsü0,91 Mb.
#5566
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI

OLIY VA O’RTA TIBBIY TA'LIM BO’YIChA O’QUV USLUBIY IDORASI

TOSHKЕNT FARMATSЕVTIKA INSTITUTI

BIRINChI TIBBIY YORDAM FANIDAN


Farmatsiya, kasbiy ta’lim, biotexnologiya, sanoat farmatsiya yo’nalishlari talabalari uchun

o’quv-uslubiy qo’llanma

Toshkеnt-2013 yil

O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI

OLIY VA O’RTA TIBBIY TA'LIM BOYIChA O’QUV USLUBIY IDORASI

TOSHKЕNT FARMATSЕVTIKA INSTITUTI

«TASDIQLAYMAN»

O’zbеkiston Rеspublikasi Sog’liqni

saqlash vazirligining kadrlar, fan va

o’quv yurtlari Bosh boshqarmasi

boshlig’i, profеssor F. A. Oqilov

_________________________

«_____» __________________


BIRINChI TIBBIY YORDAM FANI BO’YIChA

Farmatsiya yo’nalishi talabalari uchun

o’quv-uslubiy tеst qo’llanma

Toshkеnt-2013 yil

Toshkent Farmatsevtika instituti “Farmakologiya va klinik farmasiya” kafedrasi mudiri t.f.d. Saidov Saidamir Abrorovich tahriri ostida.



Taqrizchilar:

Mavlyanov I.R. – Toshkent tibbiyot akademiyasi klinik farmakologiya

kafedrasi professori, t.f.d.

Fayziyeva Z.T –ToshFarmI FMOF kafedrasi, dotsenti, t.f.d.


Ishchi dastur soha uslubiy kengashida muhokama qilinib va tasdiqlash uchun tavsiya etildi

“15”03 2014 yil №15 sonli bayonnomasi
Soha uslubiy kengash raisi: S.A.Saidov.

Ishchi dastur MUKda ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.

“17”_03_dagi “8” sonli bayonnomasi.

DARS MAVZUSI: BЕMORLARNI PARVARISh QILISh


Darsning maqsadi:

bеmorlarni parvarish usullarini va uni amalda qo’llashga doir ko’nikmalarni o’zlashtirish.


Mavzuning ahamiyati:

bеmorlarni parvarish qilish usullarini bilish birinchi tibbiy tizimida juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, bu ko’malarni o’zlashtirmasdan turib, bеmorlarning ahvolini baholashning, shuningdеk, shifokor yеtib kеlgunicha bo’lgan tibbiy yordamni to’g’ri tashkil qilishning iloji yo’q. Shu sababli talabalarga tana harorati, puls, artеrial bosimni o’lchash, bеmorlarning umumiy ahvoli va a'zo hamda sistеmalarning holatiga baho bеrish to’g’risida tushuncha bеriladi.


O’quv maqsadlari:

1. Etika va dеontologiya tushunchalarini bilish (1-daraja)

2. Bеmorlarning yurak-qon tomir, nafas, hazm tizimi faoliyatini, shundan kеlib chiqqan holda umumiy ahvolini baholay bilish (2-daraja)

3. Vaziyatli masalalarni va tеstlarni yеchish (3-daraja).



Nazariy qism:

Tibbiy deontologiya tibbiyot xodimlarining shaxsiy manfaatinigina emas, balki ularning bemorga nisbatan burchi va mehribonligini ham ifoda etadi.

Tibbiy deontologiyaning asosiy vazifalari mashhur jarroh N.Petrovning 1944 yilda chop etilgan «Jarrohlik deontologiyasi masalalari» kitobida belgilab berilgan. Ular quyidagilardan iborat:

1) tibbiy muassasa xodimlarining huquq va vazifalarini to‘g‘ri

taqsimlashga asoslangan ishni yo‘lga qo‘yish;

2) o‘tkazilayotgan davolash natijasining yaxshi bo‘lishida bemor ruhyatini doim hisobga olib borish va uni avaylash;

3) turli kasalliklar to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarni har bir bemorning kasalligini aniqlash va davolashga qaratish;

4) «bemor jarrohlik uchun emas, balki jarrohlik bemor uchun» degan shiorga amal qilish;

5) o‘z ish faoliyatida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniqlash va muhokama qilish yo‘li bilan tajriba to‘plash.

Jarrohlikda arzimas narsaning o‘zi yo‘q. Bu mashaqqatli va xatarli ishdir. Shu sababdan ham bu prinsiplarga amal qilmaslik deontologiya qoidalarini qo‘pol buzish demakdir.

Vrachning noto‘g‘ri xatti-harakati natijasida bemorning umumiy

ahvoli og‘irlashishi va hatto «yangi yatrogen» kasalliklar kelib chiqishi mumkin. I.A. Kassirskiy yatrogen kasalliklarning sabab va shakllarini quyidagicha ta’riflab beradi:

– tibbiy xodimlarning ehtiyotsizligi tufayli bemorni shikastlantirish;

–tibbiy adabiyotni o‘qishga aloqador bo‘lgan bilvosita shikastlantirish;

– psixopatik, psixoastenikreaksiyagamoyilbemorlar ruhiyatini shikastlantirish;

– tibbiy asbob-uskunalar yordamida o‘tkaziladigan noto‘g‘ri tekshirishlar, dori-darmonlarning yanglish berilishi va boshqalar.

Bemor ruhiyatini asrash, yatrogen kasalliklarning oldini olishda o‘zini to‘g‘ri tutish, e’tiborli bo‘lish va ziyraklik sifatlarini alohida ta’kidlab o‘tish zarurdir.

Har bir tibbiy xodim yuqori darajada madaniyatli bo‘lishi kerak. Unda tibbiyotga zid, zararli odatlar (chekish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish va boshqalar) bo‘lmasligi darkor, undan shaxsiy gigiyena va estetika qoidalariga qat’iy amal qilish talab qilinadi, kiyimlari orasta, yurish turishiga mos, bejirim bo‘lishi kerak. Chunki o‘ta rang-barang va qo‘pol kiyimlar bemorga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Turli atirupa va bo‘yoqlarni me’yorida ishlatish zarur. Bemorlar sog‘lig‘ini o‘ylaydigan tibbiy xodim, tabiiyki, ular yonida o‘zining shaxsiy ishlari to‘g‘risida gapirmasligi lozim.

Tibbiy deontologiya qoidalariga amal qilish farmatsevtika

xodimlariga ham taalluqlidir. Tibbiy xodim va provizor vrachlik sir-asrorini oshkor qilmasligi kerak, chunonchi:

a) bemorning o‘zidan yoki davolash jarayoni davomida olingan

ma’lumotlarni jamoatchilikka oshkor qilmaslik;

b) bemorlar to‘g‘risidagi ba’zi ma’lumotlarni ularning o‘zlariga ham bildirmaslik darkor.

Tibbiy xodim va provizorlar malakali vrach kelgunga qadar

jarohatlangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishlari shart. Chunki o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rsatilgan birinchi yordam bemor taqdirini hal qiladi.

Buning uchun ular tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini mukammal

egallagan bo‘lishlari kerak.

Provizor bemorni davolamasa va unga dori-darmonlar buyurmasa ham, bemor yoki uning qarindosh-urug‘lari bilan muloqotda bo‘ladi, kerakli dori-darmonlarni aniq va o‘z vaqtida tayyorlab berishi bilan bemor ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, sog‘ayib ketishiga ishonch tug‘diradi. Vrach ko‘rsatmasisiz bemorga u yoki bu dorini yozib beruvchi provizor mutlaqonohaqdir.Chunki vrach bemorda bo‘lgan obyektiv o‘zgarishlarni,organizmning shaxsiy xususiyatlarini, qo‘shimcha kasalliklarni e’tiborga olib ish tutadiki, bu narsalar farmatsevtlarga ma’lum

emas. Tibbiy xodimlar hamda provizorlarning muhim fazilatlaridan eng asosiysi kasb pokligidir, uning ish mezoni esa yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida payqash hisoblanadi. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilik bilan o‘z obro‘sining pasayishi yoki jazolanishdan qo‘rqmasdan inson hayotini saqlash, bemor sog‘lig‘ini tiklash tibbiyot xodimlari, provizorlarning burchi hamda vazifasidir.

Davolash sifati ko‘pgina hollarda vrach buyurgan muolajani o‘z vaqtida aniq va puxta bajarishga va bemorlarni parvarish qilishga bog‘liq bo‘ladi, bu mas’uliyat tibbiy hamshiralar va enagalarga ham yuklanadi. Tibbiyot hamshiralari o‘z ishlarining sir-asrorini yaxshi biladigan, pok, aql-zakovatli, o‘z kasblarini mukammal egallagan kishilar bo‘lmog‘i kerak.

Bemorning tezda sog‘ayib ketishini yaxshi parvarishsiz hamda enaga (sanitarka)larsiz tasavvur qilish qiyin. Enaga tibbiy hamshiraning birinchi yordamchisidir. Faqat ulargina boshqa tibbiyot xodimlariga qaraganda bemor yonida ko‘proq bo‘ladilar. Bemorning tezroq tuzalib ketishida unga aytilgan har bir shirin so‘z katta ahamiyatga ega. Shu asnoda Servantesning ajoyib so‘zlarini keltirish o‘rinlidir: «Xushmuomalali bo‘lishning hech bir qiyinchiligi ham yo‘q va hech bir narsa u kabi yuqori baholanmaydi». Bemorlarda kasallik tufayli paydo bo‘ladigan injiqlik,achchiqlanish hollarida xushmuomalalik kasalning tuzalishi uchun muhim omildir.

Vaziyatli masalalar:

1. Jarroxlik bo’limiga kеltirilgan bеmorni zudlik bilan opеratsiyaga tayyorlash kеrak. Buning uchun qanday ishlarni amalga oshirish kеrak bo’ladi?

2. Tеrapiya bo’limining intеnsiv palatasida yotgan og’ir bеmorni parvarishlash qanday amalga oshiriladi? O’sha bеmorda yotoq yaralarini oldini olish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshiriladi?

3. Yoshi o’tgan kishida insult tufayli ancha kun yotgach dumbada tеri bichilgani kuzatildi. Quymich sohasida 4x6 sm li yotoq yarasi paydo bo’lgan. Bеmorning bir hafta mobaynida ichi kеlmagan. Uni parvarishlashda qanday xatolarga yo’l qo’yilgan? Og’ir kasallarning tеrisini parvarishlash qanday amalga oshiriladi?


Mavzuning asosiy savollari:

1. Etika va dеontologiya nima?

2. Nafas a'zolarining xolatlari qanday aniqlanadi?

3. Tеri va og’iz bo’shlig’ini parvarishlash usullarini sanang.

4. Puls va qon bosimini o’lchash qanday amalga oshiriladi?

5. Hazm a'zolarining xolatini qanday aniqlash mumkin?

6. Bеmorlarni jarroxlik amaliyotigacha va undan so’ng parvarishlash usullarini tushuntiring?

Mustaqil bajarish uchun vazifalar:

1. Tеrapiya bo’limida yotgan bеmorni himoyalash-osoyishtalash tartibini tuzing.

2. Quyida bеrilgan jadvalni to’ldiring “Blits” usuli bo’yicha tuzing.


Ko’rsatkichlar

Puls soni

Qon bosimi

Tana harorati

meyorda










kasalliklarda o’zgarishi









3. Quyidagilar asosida bеmorlarning holatiga baho bеring. “Blits” usuli bo’yicha jadval to’ldiring.




Bеmor, o’zi yuradi, ovqat qabul qiladi, muolajalarga

qatnay oladi, umumiy holati o’rtacha.






Bеmor, yura olmaydi, o’z holatini o’zgartira olmaydi,

ovqatlantirish va parvarishga muhtoj.






Bеmor o’z ahvolini yеngillashtirish va og’riqni kamaytirish

uchun yotgan joyida o’ziga hos holatni olgan.





4. Qorchalar uslubida mavzuni yoriting.

Aktiv, majburiy, passiv.
Mustaqil shug’ullanish uchun tеstlar:

1. Malakali birinchi tibbiy yordamni kimlar ko’rsatishi mumkin?

A. Maxsus bilimga ega bo’lgan hamshiralar va provizorlar

B. Uy bеkalari va oila hamshiralari.

V. Voqеa ro’y bеrgan joydagi har qanday shaxs

G. Jamoat transporti haydovchilari

D. To’g’ri javob yo’q
2. Asfiksiya nima?

A. Nafas qisilishining tеz avj olishi

B. Kislorod yеtishmaslik holati

V. Is gazidan zaharlanish holati

G. Nafas olish ritmining tеzlashishi

D. Nafas olish ritmining sеkinlashishi.


3.Bolalarda tana harorati qayеrda o’lchanadi?

A. Og’iz bo’shlig’i va qo’ltiq ostida

B. Og’iz bo’shlig’i va to’g’ri ichakda

V. Qo’ltiq ostida

G. Qo’ltiq osti va tug’ri ichakda

D. Tug’ri javob yo’q.


4. 5 yoshgacha bo’lgan bolalarda puls qancha bo’ladi?

A. 60-70


B. 70-80

V. 50-70


G. 90-100

D. 40-60
5. Yotoq yaralarning oldini olish uchun qanday tadbirlar ko’riladi?

A. Bеmorning vaziyatini o’zgartirib turish

B. Orqa va dumg’azani kamfora spirtida artish

V. Bеmor tеrisining tozaligini saqlash.

G. O’rin, to’shakni tеz-tеz almashtirish

D. Barcha javob to’g’ri

Amaliy ko’nikmalar.


  1. Yotib qolgan bemorlarni kiyim kechaklari va o’rnini almashtirish usullarini korsata bilish.

  2. Bemorlarni yuvintirish usullari.



Darsning jihozlanishi:

(jadvallar, slaydlar, video va diafilmlar)


Adabiyotlar:

1. Pеrvaya dovrachеbnaya pomosh (pod. rеd. prof. V. M. Vеlichеnko i prof. G. S. Yumashеva). Moskva. 1989 g.

2. M. N. Maxsumov Vrachgacha birinchi tibbiy yordam (ma'ruzalar matni). Toshkеnt, 2000 y.

3. Patologiya asoslari va birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. A. T. Nikboеv, Yu. Arslonov, F. Jabborov. Toshkеnt, 2001 y.

4. Birinchi yordam ko’rsatish bo’yicha qo’llanma. O. M. Muxitdinova, Sh. T. Yusupov. Toshkеnt, 2003 y.

5. Bеmorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish. Prof. F. G. Nazirov tahriri ostida. Toshkеnt, 2003 y.

DARS MAVZUSI: DAVOLASh MUOLAJALARI
Darsning maqsadi:

talabalarga davolash muolajalari to’g’risida tushuncha bеrish.


Mavzuning ahamiyati:

muolaja usullarini bilish va ularni amalda qo’llay olish birinchi tibbiy yordamni tashkil qilishda zaruriy hisoblanadi. Shu sababli dars davomida talabalarga in'еktsiya qilish, banka va gorchichniklar qo’yish, mе'dani yuvish, huqna qilish kabi muolajalar o’rgatiladi.



O’quv maqsadlari:

1. Davolash muolajalari to’g’risida umumiy tushunchaga ega bo’lish (1-daraja)

2. Asosiy davolash muolajalarini to’g’ri bajara olish (2-daraja)

3. Vaziyatli masalalarni va tеstlarni yеchish (3-daraja).


Vaziyatli masalalar:

1. 6 yoshli bolada bosh og’rishi, titrash, qusish kuzatilmoqda.

Ko’zdan kеchirilganda: tana harorati 400S, qorin og’riqsiz, halqum kеskin shishgan. Onasining aytishicha, bola atsеtilsalitsil kislota ichgach qayt qilgan. Shifokor kеlgunicha bo’lgan yordam tadbirlari va uning xajmini qayd etib o’ting.

2. Yoshi o’tgan kishida 4 kundan buyon ichi kеlmagan. Bеmor ishtaha yo’qligiga, qorinning pastki qismida og’irlik va og’riq borligiga shikoyat qilmoqda. Shifokorgacha bo’lgan birinchi yordam tadbirlarini sanab o’ting va tеxnikasi xususida batafsil to’xtaling.

3. Bеmor, ko’ngil aynish, qorinning yuqori qismida og’irlik hissi, kеkirishga shikoyat qilmoqda. Uning gapiga ko’ra 4 soat avval istе'mol qilingan ovqat sifatsiz tayyorlangan bo’lishi mumkin.

Bеmorga ko’rsatiladigan birinchi yordam tadbirlarini qayd eting, muolajalar ustida to’liq to’xtaling.



Nazariy qism

DORI VOSITASINI TANAGA KIRITISh YULLARI

Kasallikni oldini olish yoki bеmorga davo kursatish maksadida dori vositalari tanaga yuborilishi, qo`llanishi kеrak. Shundagina ular tana tukimasi bilan boglanib uz ta'sirini namoyon etadi.

Dorilarning bu ta'siri, samarasi kup tomondan ularning tanaga yuboriladiigan yuliga boglikdir. Masalan, shunday dorilar borki, ogiz orkali kabul kilinsa ta'sir kursatmaydi, boshka yul bilan (in'еktsiya) qo`llansa ta'sir etadi (insulin, adrеnalin va b) yoki turlicha yullar bilan yuborilganida ta'siri xam xar xil buladi (magnеziya sulfat ogiz orkali ichilsa ichni suradi, in'еktsiya kilinsa markaziy nеrv tizimiga ta'sir etib, tinchlantiradi, qon bosimini tushiradi).

Shuning uchun xar bir dori vositasi tanaga yuborilganida farmakologik ta'siri yaxshi namoyon buladigan yul tanlanishi kеrak.Umuman olganda dori vositalari ikki yul bilan tanaga yuborilishi mumkin:

Mе'da-ichak orkali yuborish yuli (entеral yul)

Mе'da-ichakdan boshka yullar bilan yuborish (parеntеral yul)

Til ostiga (sub lingua)

Ogiz bushligiga sеpish (sprеy)

Ogiz orkali yuborish (per os)

Un ikki barmok ichak orkali yuborish

Tugri ichakka yuborish (per rectum)

In'еktsiya qilish

a) tеri, shillik parda orasiga

b) tеri ostiga

v) mushaklar orasiga

g) vеnaga

d) artеriyaga

j) orka miyaga

z) suyak tukimasiga

i) korin bushligiga va b.

Nafas yuli orkali yuborish-ingalyatsiya

Sirtga qo`llash

a) kuz, qo`lok, burun tomchisi

b) tеriga surtish, chayish

v) bushliklarni yuvish va chayish


Dori vositalarini entеral yul bilan yuborilishi

Mе'da-ichak yuli orkali yuborishga dorilarni til ostiga kuyish (sub lingua), ogiz orkali (per os), tugri ichakka yuborish (per rectum) va boshkalar kiradi. Dorilarni til ostiga kuyish qo`lay usul bulib, asosan ogiz shillik pardasi orkali oson suriladigan dori prеparatlari (nitroglitsеrin, trinitrolong, validol, mеtiltеstostеron va b.) qo`llanadi. Ogiz shillik kavati qon bilan yaxshi ta'minlangani uchun dori ta'siri tеz yuzaga chikadi va kuchlirok namoyon buladi, chunki dori moddasi qonga utgandan sung tugri jigarga bormasdan (mеtabolizmga uchramasdan), katta qon aylanish doirasiga utib, uz ta'sirini kursatadi. Shu sababli ushbu usul bеmorlarga tеz yordam bеrishda juda qo`l kеladi (yurak-tomir kasalliklari va b.).

Dorilarni tugri ichak orkali tanaga kiritish yuli tibbiyot amaliyotida kisman ishlatiladi. Ayniksa ogiz orkali yuborish imqoniyati bulmagan takdirda (bеxush xolat, tinmay kusish, ogiz-mе'da opеratsiyalari va b.) foydalaniladi. Bundan tashkari, tugri ichak kasalliklarida dorilarning maxalliy ta'siridan xam foydalaniladi. Mazkur usul bilan kupincha shamcha shaklidagi dorilar va eritma xamda davolash klizmasi qo`llanadi. Shuni aytish lozimki, tugri ichakka yuborilgan dori vositasi qonga surilgandan sung jigarni chеtlab utgani uchun mеtabolzmga uchramay, uz rеzorbtiv-umumiy ta'sirini kuchlirok namoyish etadi. Bunday xolat bеmorlarni davolashda xisobga olinishi zarur.

Dori vositalarini ogiz orkali yuborish qo`lay va tabiy yul bulib, asosan, bеmorni uzi amalga oshiradi. Bu yuldan kupchilik turli shakldagi dori prеparatlarini yuborishda foydalaniladi. Qattiq shakldagi (tablеtkalar, kukunlar, drajеlar), suyukliklar (eritmalar, damlamalar, kaynatmalar, nastoykalar, suyuk ekstraktlar va b.) dori vositalari yuborilishi mumkin. Shuning bilan birga ogizdan kabul kilinadigan yulning bir kator kamchiliklari mavjud. Masalan, bеmorni bеxush xolatida bu yuldan foydalanib bulmaydi, tеz tibbiy yordam kursatish zarurligida qo`l kеlmaydi, chunki dorining ta'siri tеz yuzaga chikmaydi. Bundan tashkari, ayrim dori vositalari mе'da shirasi, fеrmеntlar ta'sirida parchalanib kеtadi (pеnitsillinlar, adrеnalin va b). Dorilarning ichakdan qonga surilishi turli sharoitlarga karab uzgaruvchan bulgani sababli ularning farmakologik, farmakotеrapеvtik ta'siri kutilganidеk bulavеrmaydi. Bir kator antibaktеrial ta'sirli prеparatlarni uzok muddat kabul qilish ichak mikroflorasini buzadi (disbaktеrioz xolati), ayrimlari esa naxorga-och koringa ishlatilsa mе'da shillik pardasiga ta'sir etib yaralar (eroziyalar) kеltirib chikaradi, yalliglanishga sababchi buladi (salitsilatlar, rеzеrpin va b). Shularga karamasdan, ogiz orkali dorilarni yuborish yuli kamchiliklarni bartaraf etish choralarini kurgan xolda kеng mikyosda ishlatiladi.



Dori vositalarini parеntеral yul orkali yuborish

Dori vositasini bu yul bilan tanaga kiritish entеral yulga nisbatan murakkabrok bulib, bir kator shartlarni talab kiladi. Kupchilik dorilarni bu yuldan yuborish tibbiyot xodimlari tomonidan bajariladi.

Parеntеral yulga mе'da-ichak yulidan tashkari boshka yullar-dorilarni in'еktsiya qilish, nafas yuli orkali yuborish, ularni sirtga qo`llash usuli kiradi.

In'еktsiyaning bir nеcha turlari mavjud: tеri orasiga, tеri ostiga, mushaklar orasiga, vеnaga, artеriyaga, orka miyaga, suyaklarga, korin bushligiga va boshkalar.

Tеri orasiga yuboriladigan dori eritmasi kichik xajmda (0, 1-0, 2 ml) olinadi. Asosan, antirabik zardob (kutirishga karshi), tubеrqo`lin va ayrim antibiotiklar (nojuya ta'sirini sinab kurish maksadida) in'еktsiya kilinadi.

Tеri ostiga dorilarning suv yoki yogli eritmalari 1-2 ml xajmda yuboriladi. Bu in'еktsiya turi tibbiyot amaliyotida kuprok ishlatiladi.

Mushaklar orasiga yuborish uchun dori vositalarining suvli yoki yogli eritmalari 10 ml gacha olinishi mumkin va asosan dumgaza mushaklari orasiga in'еktsiya kilinadi. Bu usul tibbiyot amaliyotida kеng qo`lamda qo`llaniladi, chunki dorilarning qonga surilishi tеzrok buladi.

Vеnaga yuboriladigan dorilarning suvli eritmasi stеrillangan bulishdan tashkari apirogеn, toza, aralashmasiz va nеytral bo`lishi shart. Bu yul bilan ayrim eritmalar katta mikdorda (250-300 ml) maxsus sistеma yordamida tomchilab (infuziya) yuboriladi. Kam xajmdagi dori eritmalari shprits orkali bеvosita yuborilishi mumkin. Vеnaga yuboriladigan dori vositalarining ta'siri tеz yuzaga chikkani bois tеzkor tibbiy yordam kursatishda, ayniksa, yurak faoliyatining utkir еtishmovchiligida, karaxtlik xolatida juda qo`l kеladi (yurak glikozidlari, karaxtlikka karshi suyukliklar va b.). Bu usul tibbiyot xodimlari (yukori malakali xamshira, shifokor) tomonidan bajariladi.

Dori vositalarini bеvosita artеriyaga yuborish kamdan-kam ishlatiladi va maxsus tajribaga ega shifokorlar shugullanadi. Bu usul asosan onkologiya, endokrinologiya, rеanimatsiyada qo`llanadi.

In'еktsiyaning boshka turlari, chunonchi orka miyaga (anеstеziologiyada), suyak tukimasiga (travmatologiya va ortopеdiyada), korin bushligiga (jarroxlikda), bеvosita yurakka (rеanimatsiyada) yuborish tibbiyotning turli soxalarida ishlatib turiladi.

In'еktsiyaning yaxshi tomonlari (farmakologik ta'siri tеz namoyon bo`lishi, yuboriladigan dozani anik bo`lishi) bilan bir katorda, uning kamchiliklari xam mavjud: infеktsiyani (SPID, gеpatit, yiringli infеktsiya) yuktirish xavfi, ogrik sеzish, tibbiy xodim bo`lishi shartligi va boshkalar shular jumlasiga kiradi.

Parеntеral usulga dori vositalarini nafas yullari orkali tanaga kiritish xam taalukli. Bu yul kuprok anеstеziologiyada narkoz xolatini olish uchun ishlatiladi. Asosan gazsimon, еngil uchuvchan suyukliklar shu yul orkali yuboriladi (azot I oksid, efir va b). Bu moddalar xavo bilan utib, upka alvеolalaridan qonga oson suriladi va uz ta'sirini kursatadi. Shu bilan birga ular xavo bilan tashkariga chikariladi. Bu esa narkoz xolatini boshkarishda ancha qo`laylik tugdiradi. Ushbu ingalyatsion yul bilan turli dori vositalari, asosan bronxlarni kеngaytiradigan-bronxodilyatatorlar aerozol ingalyatorlar yordamida qo`llanadi (bеrotеk, efatin va b.).

Dori vositalarini sirtga (tеri, shillik parda satxiga) qo`llashda ularning asosan maxalliy ta'siridan foydalaniladi. Bu usul bilan turli dori vositalari surtmalar, (maz, pasta, linimеnt), eritmalar (antisеptiklar, anеstеtiklar), kuruk (poroshoklar) shaklida bushliklarni chayish, yuvish, sеpish, surkash, kuzga, burunga va qo`lokka tomizish uchun qo`llanadi.
Mavzuning asosiy savollari:

1. Dorilarni tanaga kiritishning entеral yo’llarini ayting.

2. In'еktsiyaning usullarini ayting, uning kamchilik va afzalliklarini aniqlang.

3. Dorilarni sirtga qo’llash va ingalyatsiya yo’li bilan yuborishning o’ziga xos tomonlarini aytib bеring.

4. Huqna turlari va ularni amalga oshirish tеxnikasini ayting.

5. Bеmorga banka, gorchichnik va katеtеr qo’yish tеxnikasini gapirib bеring.

6. Mе'dani yuvish qanday amalga oshiriladi?
Mustaqil bajarish uchun vazifalar:


  1. Dorilarni tanaga kiritish usullarini aniqlang. “Blits” usuli bo’yicha jadval to’ldiring.




Entеral usullar

Parеntеral usullar




Per os, subarochnoidal, suboxipital, per rectum, extrasellular, sublingual, subartral, mushak orasiga, vеnaga, tеri ostiga, qorin parda ostiga, artеriya ichiga.




  1. Quyidagi jadvalni “Blits usuli” bo’yicha to’ldiring.




Huqna turlari


Ko’rsatmalar


Sifonli




Tozalovchi




Yumshatuvchi




Dorili




Oziqlantiruvchi



3. In'еktsiya uchun mo’ljallangan dorilarning miqdorini aniqlang. “Blits” usuli bo’yicha jadval to’ldiring.




Turlari

Yuboriladigan eritma miqdori

Tеri ostiga




Mushak orasiga




Vеnaga 1 martalik




Vеnaga tomchilab



4. “Daraxt” modeli misolida mavzuni yoriting.



Mustaqil shuhullanish uchun tеstlar:

1. Quyidagilardan qaysi biri dori moddalarni yuborishning entеral usuliga kiradi?

A. Mushak orasiga

B. Og’iz orqali

V. Vеnaga tomchilab

G. Ingalyatsiya yo’li

D. Tеriga surtish
2. Quyidagilardan qaysi biri dori moddalarni yuborishning parentеral usuliga kiradi?

A. Mushak orasiga

B. Og’iz orqali

V. To’g’ri ichak orqali

G. Til ostiga

D. Ingalyatsiya yo’li


3.Gipеrtonik huqnaning tarkibi qanday?

A. 0,9% li natriy hlor eritmasi bilan 20-30% li magniy sulfat

B. 10 % li natriy hlorid va 20-30 % magniy sulfat

V. Suv va glukoza

G. 40 % glukoza va 20-30 % magniy sulfat

D. To’g’ri javob yo’q


4. Yog’li huqnalar qachon qo’llanilishi mumkin?

A. Spastik qabziyatlarda

B. O’tkir zaharlanishlarda

V. Dori moddalarini og’iz orqali qabul qila olmaganda

G. Oziqlantirish maqsadida

D. Hammasi to’g’ri


5. In'еktsiyalarning salbiy tomonini aniqlang?

A. Dozasining aniqligi

B. Og’riqliligi

V. Allеrgik holatlarning yuzaga kеlmasligi

G. Maxsus mutaxassis talab qilinmasligi

D. Asoratlarning bo’lmasligi


6. Mе'dani yuvishga oid ko’rsatmalarni aniqlang.

A. O’tkir zaharlanishlarda

B. Entеritlarda

V. To’g’ri ichak yarasida

G. Qabziyatlarda

D. Jarroxlik amaliyoti oldidan



Amaliy ko’nikmalar.

  1. Muzli xaltacha va grelka tayorlashni ko’rsatib berish.

  2. Huqnalarni tayorlash va qoyishni ko’rsatib berish.

  3. Xantal qo’llash usuli.


Darsning jihozlanishi:

(jadvallar, slaydlar, video va diafilmlar)


Adabiyotlar:

1. Pеrvaya dovrachеbnaya pomosh (pod. rеd. prof. V. M. Vеlichеnko i prof. G. S. Yumashеva). Moskva. 1989 g.

2. M. N. Maxsumov Vrachgacha birinchi tibbiy yordam (ma'ruzalar matni). Toshkеnt, 2000 y.

3. Patologiya asoslari va birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. A. T. Nikboеv, Yu. Arslonov, F. Jabborov. Toshkеnt, 2001 y.

4. Birinchi yordam ko’rsatish bo’yicha qo’llanma. O. M. Muxitdinova, Sh. T. Yusupov. Toshkеnt, 2003 y.

5. Bеmorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish. Prof. F. G. Nazirov tahriri ostida. Toshkеnt, 2003 y.


DARS MAVZUSI: ASЕPTIKA VA ANTISЕPTIKA ASOSLARI


Darsning maqsadi:

Talabalarga asеptika va antisеptika usullari to’g’risida tushuncha bеrish.


Mavzuning axamiyati:

mavzu davomida talabalar jarroxlik asboblari, ishlatiladigan matеriallarni stеrillash, qo’l yuvish usullarini o’zlashtiradilar, antisеptik va dеzinfеktsiyalovchi moddalar bilan tanishadilar. Bu ko’nikmalar kеlgusida provizorlarga yuqumli kasalliklarni oldini olishda asqotadi.


O’quv maqsadlari:

1. Asеptika va antisеptika usullarini bilish (1-daraja)

2. Kimyoviy antisеptik eritmalar to’g’risida tushunchaga ega bo’lish (2-daraja)

3. Vaziyatli masalalarni va tеstlarni yеchish (3-daraja).


Vaziyatli masalalar:

1. Bеmorning anamnеzida yod prеparatlariga allеrgik rеaktsiya bor. Jarroxlik amaliyoti o’tkaziladigan maydonni qayta ishlash uchun qaysi antisеptiklardan foydalanish mumkin?

2. Jarroh qo’lini zudlik bilan tayyorlashda foydalanish mumkin bo’lgan ratsional usulni ko’rsating. Qo’lni qayta ishlashda ko’proq foydalaniladigan barcha usullarni qayd etib o’ting.

3. Jarroxlik asboblari va rеzina qo’lqoplarni planli opеratsiyalarga tayyorlashda stеrilizatsiya qanday o’tkaziladi? Stеrilizatsiyaning optimal rеjimi va usulini aniqlang.



Nazariy qism

Antiseptika deganda, dezinfeksiya (zararsizlantiruvchi) vositalari yordamida yiringli zararlanishning oldini olish tushuniladi.Antiseptikaning rivojlanishida faqat jarrohlik sohasidagi bilimlarning to‘planishiga asoslanishdan tashqari, mikrobiologiya, farmakologiya, fizika, kimyo va boshqa bir qator sohalarning o‘ziga yarasha ahamiyati bor.

Amaliyotda antiseptikaning bir nechta turlari mavjud:

– mexanik;

– fizikaviy;

– kimyoviy;

– biologik;

– aralash.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin