O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risida nizom



Yüklə 426,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix22.09.2023
ölçüsü426,11 Kb.
#146632
1   2   3   4   5   6   7
Tartibi

iyul-avgust oylarida
Ishchi guruh taklifiga ko‘ra Vazir 
tomonidan belgilanadi.
Vazirlik stipendiyasini tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
va nomli davlat stipendiyalari, shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy stipendiyasi 
sovrindorlari aniq bo‘lgandan so‘ng amalga oshiriladi. 
16. Vazirlik stipendiyasi sovrindorlari Vazirlik buyrug‘i asosida tasdiqlanadi 
va bir o‘quv yili uchun tayinlanadi hamda Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalari 
tomonidan 
oyma-oy
to‘lab boriladi. 
Bir o‘quv yili mazkur tartibga ko‘ra, bir kalendar yilining sentabr oyidan 
boshlab, keyingi kalendar yilining iyun oyiga qadar 
10 oy
deb belgilanadi. 
17. Vazirlik stipendiyasi tayinlangan talaba va o‘quvchilar ta’lim 
muassasalari ilmiy, o‘quv (pedagogik) kengashlarining yig‘ilishida tantanali 
ravishda e’lon qilinadi.
Shuningdek, Vazirlik stipendiyasi sovrindorlari va ularning ishlanmalari, 
ilmiy-ijodiy ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Vazirlik hamda ta’lim muassasalari 
veb saytlarida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda muntazam ravishda keng yoritilib 
boriladi. 
18. Vazirlik stipendiyasi sovrindorlariga o‘zlari ta’lim olayotgan ta’lim 
muassasasidan malakali ustoz-murabbiylar (ilmiy rahbarlar) biriktiriladi va o‘quv 
yili so‘ngida o‘qish va ijtimoiy hayotdagi yutuqlari, amalga oshirgan ishlari 
to‘g‘risida ta’lim muassasasi tomonidan Vazirlikka hisobot taqdim qiladilar. 
Vazirlik stipendiyasi sovrindorlariga biriktirilgan malakali ustoz-murabbiylar 
(ilmiy rahbarlar) o‘quv yili davomida erishgan ijobiy natijalariga ko‘ra Vazirlik 
tavsiyasiga asosan ta’lim muassasasi tomonidan bir martalik moddiy 
rag‘batlantirilishi mumkin. 
19. Vazirlik stipendiyasi sovrindorlari grant asosida xorijga o‘qishga 
yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibiga kiritilishda ustunlikka ega bo‘ladilar. 
20. Vazirlik stipendiyasi tayinlangan talaba va o‘quvchilarga kundalik 
darslarni o‘zlashtirishda, o‘quv intizomi va odob-ahloq qoidalarini buzgan va ularga 
nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llangan holatlarda ta’lim muassasalari ilmiy
o‘quv (pedagogik) kengashlarining murojaatiga ko‘ra, Vazirlik tomonidan 
stipendiya berilishi to‘xtatilishi mumkin. 


Nizomga 1-ILOVA

Yüklə 426,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin