Oʻzbekiston respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


Agrologistik tizim toʻgʻrisida asosiy tushunchalar



Yüklə 339,51 Kb.
səhifə2/24
tarix26.09.2023
ölçüsü339,51 Kb.
#149103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
12. Таянч конспект Агрологистика

1. Agrologistik tizim toʻgʻrisida asosiy tushunchalar

    1. Logistikaning rivojlanish bosqichlari

Zamonaviy iqtisodiyotda logistika fanini rivojlanishining quyidagi bosqichlarini ajratadilar:
Birinchi bosqich – 60chi yillarga toʻgʻri keladi, va muomala sohasida moddiy oqimlarni boshqarish uchun logistik yondashishni qoʻllash bilan tavsiflanadi. Ushbu davrda ikkita asosiy qoidaga rioya qilish boshlandi:

  • ishlab chiqarish va tashishdagi alohida mavjud boʻlgan moddiy oqimlar boshqaruvning yagona tizimi bilan oʻzaro bogʻlik ekanligi.

  • moddiy resurslar jismoniy taqsimotining ayrim funksiyalarini integratsiyalashuvi sezilarli iqtisodiy samara berishi mumkinligi.

Logistika rivojlanishining birinchi bosqichida, tovar mahsulotlarni ishlab chiqarishning barcha jarayonlari mustahkam oʻzaro aloqalarga ega boʻladilar.
Logistika rivojlanishidagi ikkinchi bosqich XX asrning 80chi yillariga toʻgʻri keladi. Ushbu davrda logistikaning integratsion asosi kengayib, u ishlab chiqarish jarayonini ham qamrab oldi.
Logistika rivojlanishi nuqtayi nazaridan 80chi yillar quyidagilar bilan tavsiflanadi:

  • jismoniy taqsimot qiymatining tez oʻsishi;

  • logistik jarayonlar boshqaruvini amalga oshiruvchi menedjerlarning kasbiy mahorati darajasini oshishi;

  • logistika sohasidagi uzoq muddatli rejalashtirish;

  • axborot toʻplash va logistik jarayonlarni nazorat qilish uchun kompyuterlarning keng miqyosda qoʻllanilishi;

  • jismoniy taqsimotning markazlashishi;

  • material oʻtkazuvchi zanjirlarda zaxiralarning keskin kamayishi;

  • taqsimotning haqiqiy xarajatlarini toʻgʻri aniqlanishi;

  • moddiy oqimning oxirgi isteʼmolchigacha boʻlgan harakati qiymatini pasaytirish boʻyicha tadbirlarni belgilash va amalga oshirish.

Uchinchi bosqich esa hozirgi vaqtga tegishli boʻlib, u quyidagilar bilan tavsiflanadi:

  • butun jahon iqtisodiyotidagi bozor jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda fundamental oʻzgarishlar sodir boʻladi;

  • material oʻtkazuvchi subyektlar yigʻindisi umumiylashib boradi (1.3 rasm)

  • moddiy va axborot oqimlarini tezda oʻtishini taʼminlovchi, zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar, mahsulot harakatining barcha bosqichlari monitoringini amalga oshirishga imkon beradi;

  • logistika sohasida xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi tarmoqlar rivojlanadi;

  • logistika konsepsiyasi (uning asosiy qoidasi bu integratsiyadir), taʼminot, ishlab chiqarish va taqsimot zanjirlari ishtirokchilarining koʻpchiligi tomonidan tan olina boshlaydi.




Yüklə 339,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin