O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti


Statistikaning predmeti va usullari



Yüklə 218,21 Kb.
səhifə4/80
tarix26.10.2023
ölçüsü218,21 Kb.
#161491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama-fayllar.org



1.2. Statistikaning predmeti va usullari




Statistikaning predmeti bo’lib nima hisoblanadi? Statistikaning predmeti bo’lib,sodir bo’lgan va bo’layotgan ommaviy ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar va xodisalar hisoblanadi. Ushbu tarifdan ko’rinib turibdiki., u o’zida quyidagi xususiyatlarni mujassamlashtirgan:
1.Uommaviy ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni va hodisalarni o’rganadi.Shuning uchun ham u ijtimoiy-iqtisodiy fanlar tarkibiga kiradi.,
2.U ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni va hodisalarni miqdoriy tomonlarini o’rganadi.,
3. U ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning miqdor tomonlarini sifat tomonlari bilan uzviy bog’lagan holda o’rganadi.,
4. U ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni miqdor tomonlarini sifat tomonlari bilan uzviy bog’lagan holda aniq zamon va makon miqyosida o’rganadi.
korxonalar faoliyatida sodir bo’lgan va bo’layotgan ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni miqdor tomonini sifat tomoni bilan uzviy bog’langan holda o’rganishda qo’llaniladigan usullar yig’indisi statistikaning metodi bo’lib hisoblanadi.
Predmetni o’rganishda qo’llaniladigan usullar o’z navbatida uch turga bo’linadi:
1.Statistik kuzatish usuli;2.Statistik jamlash va guruhlash usuli; 3.Statistik tahlil qilish usullari.

1.3. Statistikaning boshqa fanlar bilan bog,liqligi.


Statistika iqtisodiy nazariya, falsafa, makro-mikroiqtisodiyot,qishloq xo’jalik iqtisodiyoti,buxgalteriya hisobi,iqtisodiy tahlil,matematika kabi fanlar bilan uzviy aloqa va bog’liqlikda bo’ladi.

1.4.Tahlil fanining shakllanishi va rivojlanish tarixi


Iqtisodiy tahlil fani Iqtisodiy fanlar tarkibiga kiradi. Iqtisodiy tahlil fani ko’p asrlik tarixga ega. Ushbu fan buxgalteriya hisobi va statistika fanlari asosida vujudga kelgan . Buxgalteriya hisobining paydo bo’lganiga 550 yildan, Iqtisodiy tahlilning vujudga kelganiga esa 130 yildan oshgan. Buxgalteriya hisobi bo’yicha birinchi asar xv asrda paydo bo’lgan. Bunga misol qilib Vendrixt Katrulinning 1458 yilda nashr qilingan “Savdo va xususiy savdogar“ nomli kitobini ko’rsatish mumkin2. 1880- yillarda Rossiyada "Schetovodstvo" jurnali chiqaboshlagan . Ushbu jurnalda tahlilning birinchi elementlari paydo bo’lgan . Shu davrda «Balansshunoslik» fani yuzaga kelgan . Shu fan tarkibida tahlilning bazi bir elementlari o’z aksini topaboshlagan. Shu davrdan boshlab , “ Iqtisodiy tahlil" fani vujudga kelgan deb hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllangunga kadar o’ziga xos tarixga va birqancha nomlarga ega buldi.
O’zbekistonda iqtisodiy tahlil faniga 20-asrning 60 yillaridan boshlab ahamiyat beraboshlandi.Unga qadar oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida darslar boshqa fanlar kabi sobiq ittifoqning markazi shaharlarida yaratilgan iqtisodiy tahlil fani bo’yicha olib borilar edi. Bu fanlarda va shu jumladan iqtisodiy tahlil fanida ham O’zbekistonga xos bo’lgan hodisa va jarayonlar va ularning natijalari o’z aksini topmas edi.Shunga qoramasdan darslar o’tilib kelar edi.Ushbu nuqsonlarni tugatish maqsadida O’zbekistonlik olimlar 20-asrning 60 yillaridan boshlab, barcha fanlar va shu jumladan iqtisodiy tahlil fani bo’yicha ham jasurlik bilan ijod qilishga kirishdilar.

O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining yaratilishini taxminan quyidagi besh davrga bo’lish mumkin. Har bir davrda O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fani bo’yicha qilingan ishlarning lo’nda mazmuni M.Q. Pardayevning “Iqtisodiy tahlil nazariyasi”,A.V.Vahobov va boshqalarning “ Moliyaviy va boshqaruv tahlili”darsliklarida bayon qilingan . Biz shulardan foydalanib, ularning qisqacha mazmunini bayon qildik.




Yüklə 218,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin