O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi samarqand qishloq xo’jalik instituti



Yüklə 3,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix18.05.2020
ölçüsü3,99 Mb.
#31298
  1   2   3   4   5   6
kuzgi bugdoy hosildorligiga uning begona otlariga qarshi kimyoviy kurash ta


 

 



 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI 

VAZIRLIGI 

 SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI 

 

Dehqonchilik  va  melioratsiya  asoslari 



kafedrasi 

5410200 

– 

agronomiya 

(dehqonchilik mahsulotlari bo’yicha) ta’lim 

yo’nalishi bakalavriat bitiruvchisi 

 

Sanaqulova Zulayxo Saloxiddinovnaning



  

бitiruv malakaviy ishi 

 

Mavzu: Kuzgi bug’doy hosildorligiga uning begona o’tlariga qarshi kimyoviy 



kurash tadbirlarining ta’siri 

 

 



Ilmiy rahbar, assistent    _________ K.Sh.Bozorov 

 

Ish ko’rib      chiqildi   va 

himoyaga     qo’yildi.                                                  Agronomiya fakulteti 

O’simlikshunoslik va dehqonchilik                          dekani, dotsent 

kafedrasi      mudiri,                                                    _________ D.S.Normurodov 

professor _______ K.M.Mo’minov                           “____”_______2016 yil 

“______”_________ 2016 yil 

SAMARQAND-2016 

 


 


 

 



 

MUNDARIJA 

KIRISh................................................................................................... 

 



1. 

Adabiyotlar tahlili................................................................................... 

10 


1.1.  Begona o‘tlarning klassifikatsiyasi va ularning keltiradigan zarari......... 

10 


1.2.  Begona o‘tlarning dehqonchilikdagi zarari……………………………... 

31 


1.3.  Begona o‘tlarga qarshi kimyoviy kurashish tadbirlari.............................. 

34 


2. 

Asosiy qism............................................................................................... 

39 


2.1.  Begona o‘tlarni hisobga olish uslublari…………………………………. 

39 


2.2.  Kuzgi bug‘doyzorlarda tarqalgan asosiy begona o‘tlar va ularning zarar 

keltirish indeksi......................................................................................... 

 

41 


2.3.  Begona o‘tlarga qarshi qo‘llaniladigan gerbisidlarning tavsifi................. 

44 


2.4.  Gerbisidlarning begona o‘tlarni turlariga ta‘siri........................................ 

45 


2.5.  Gerbisidlarning  kuzgi  bug‘doy  o‘sishi  rivojlanishi  va  hosildorligiga 

ta‘siri.......................................................................................................... 

 

53 


2.6.  Begona o‘tlarga qarshi qo‘llanilgan gerbisidlarning don sifatiga ta‘siri... 

57 


2.7.  Kuzgi  bug‘doy  begona  o‘tlariga  qarshi  qo‘llanilgan  gerbisidlarning 

iqtisoliy samaradorligi............................................................................... 

 

61 


4. 

Gerbisidlar bilan ishlashdagi xavfsizlik tadbirlari…………………...  66 

5. 

Hayot faoliyati xavfsizligi……………………………………………….  68 

5.1.  Ekin maydonlarini sug‘orishda (qishda va yozda) xavfsizlik choralari… 

68 

5.2.  Kimyoviy  moddalarni  tashish  va  saqlashda  shaxsiy  himoya 



vositalaridan foydalanish………………………………………………... 

 

69 



5.3.  Biologik  xavfli  vaziyatlarning  kuzgi  bug‘doyni  o‘sishiga  ta‘siri  va  uni 

oldini olish choralari.................................................................................. 

 

71 


 

Xulosalar.................................................................................................. 

73 


 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati....................................................... 

75 


 

Ilovalar..................................................................................................... 

80 


 

Internet ma’lumotlari...................................................................... 

83 


 

KIRISh 



  O‘zbekiston    Respublikasida  don  yetishtirishni  ko‘paytirish  va  uning 

hosildorligini oshirishning eng muhim omillaridan biri, kuzgi bug‘doy yetishtirish 

bilan  bog‘liq  bo‘lgan  barcha  agrotexnikaviy  tadbirlarni,  yani  jadallashgan 

texnologiyalarni 

joriy 

etish, 


o‘g‘it  va  sug‘orish  suvlaridan  samarali 

foydalanish,donli  ekinlarni  kasallik,  hashorat,  zararkunandalardan  va  begona 

o‘tlardan himoya qilish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. 

O‘zbekiston  respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  mamlakatimizni 

2015-yilda 

ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish 

yakunlari 

va 

2016-yilga 

mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga 

bag‘ishlangan vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi 

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ham chuqur tarkibiy o‗zgarishlar amalga 

oshirilmoqda. 

Murakkab 

ob-havo 

sharoitiga 

qaramasdan, 

fermer 


va 

dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli o‗tgan yili mo‗l hosil 

yetishtirildi  –  7  million  500  ming  tonnadan  ziyod  g‗alla,  3  million  350  ming 

tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etildi. 

Ta‘kidlash kerakki, bunday mo‗l hosil asosan qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarishni 

jadallashtirish, seleksiya ishlarini yaxshilash, g‗o‗za va boshoqli don ekinlarining 

rayonlashtirilgan 

navlarini 

joriy 

qilish, 


zamonaviy 

agrotexnologiyalarni 

o‗zlashtirish evaziga ta‘minlandi. 

Mamlakatimizda bug‗doydan gektaridan o‗rtacha 55 sentner hosil olingani, ayrim 

tumanlarda  bu  ko‗rsatkich  60-77  sentnerni  tashkil  etgani,  hech  shubhasiz, 

fermerlarimizning ulkan yutug‗idir. 

Shu  bilan  birga,  qishloq  xo‗jaligining  meva-sabzavotchilik,  bog‗dorchilik, 

uzumchilik  va  chorvachilik  kabi  tarmoqlari  ham  jadal  sur‘atlarda  rivojlandi. 

O‗tgan yili 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming 

tonna  poliz  mahsulotlari,  1  million  556  ming  tonna  uzum,  2  million  731  ming 

tonna meva yetishtirildi. 

Qishloq xo‗jaligi xomashyosini  chuqur qayta  ishlash,  yetishtirilgan  mahsulotlarni 

saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga ham alohida e‘tibor qaratilmoqda. O‗tgan 


 

yili qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 ta korxona, 77 ming 800 



tonna  sig‗imga  ega  bo‗lgan  114  ta  yangi  sovutish  kamerasi  tashkil  etildi  va 

modernizatsiya  qilindi.  Mamlakatimizda  meva-sabzavotlarni  saqlashning  umumiy 

quvvati 832 ming tonnaga yetkazildi. Bu esa, yil davomida narxlarning mavsumiy 

keskin  oshib  ketishiga  yo‗l  qo‗ymasdan,  aholini  asosiy  turdagi  qishloq  xo‗jaligi 

mahsulotlari  bilan  uzluksiz  ta‘minlash,  ushbu  mahsulotlarni  eksport  qilishni 

kengaytirish, narx-navo barqarorligini saqlash imkonini bermoqda. 

Bularning  barchasi  fidoyi  dehqon  va  fermerlarimiz,  barcha  qishloq  xo‗jaligi 

xodimlarining  mashaqqatli  va  sharafli  mehnati  mahsulidir,  desak,  ayni  haqiqatni 

aytgan bo‗lamiz. 

Fursatdan  foydalanib,  bugun,  mana  shu  yuksak  minbardan  turib,  barcha  qishloq 

mehnatkashlariga yana bir bor chin qalbimdan samimiy minnatdorlik izhor etishni 

o‗zimning burchim deb bilaman. 

O‗tgan  yili  iqtisodiyotimizni  tarkibiy  o‗zgartirish  va  diversifikatsiya  qilishni 

chuqurlashtirish, bandlikni ta‘minlash, odamlarimizning daromadi va hayot sifatini 

oshirishning  muhim  omil  va  yo‗nalishlaridan  biri  tariqasida xizmat  ko‗rsatish  va 

servis sohasini jadal rivojlantirish borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirildi. 

2015-yilda  yalpi  ichki  mahsulot  o‗sishining  yarmidan  ko‗pi  xizmat  ko‗rsatish 

sohasi hissasiga to‗g‗ri kelgani bu tarmoqning iqtisodiyotimizdagi o‗rni va ta‘siri 

naqadar katta ekanini ko‗rsatadi. Bugungi kunda xizmat ko‗rsatish sohasining yalpi 

ichki  mahsulotdagi  ulushi  2010-yildagi  49  foizdan  54,5  foizga  yetdi.  Jami  band 

aholining yarmidan ko‗pi ushbu sohada mehnat qilmoqda. 

Bank,  sug‗urta,  lizing,  konsalting  va  boshqa  turdagi  bozor  xizmatlari  barqaror 

sur‘atlar bilan rivojlanmoqda, ular xususiy sektor va kichik biznes rivojiga xizmat 

qilmoqda.  Xizmat  ko‗rsatish  sohasida  80  ming  400  ta  kichik  biznes  subyekti 

faoliyat  yuritmoqda  va  bu  xizmat  ko‗rsatish  sohasi  korxonalari  umumiy  sonining 

80 foizdan ortig‗ini tashkil qiladi. 

Qishloq  va  tumanlarimizda  xizmat  ko‗rsatish  sohasini  izchil  rivojlantirishga 

alohida e‘tibor qaratilmoqda. Qishloq joylarda xizmat ko‗rsatish va servis sohasini 

yanada  jadal  rivojlantirish  dasturi  doirasida  so‗nggi  uch  yilda  22  ming  800  dan 


 

ortiq  loyiha  amalga  oshirildi,  ko‗rsatilayotgan  xizmatlar  hajmi  1,6  barobar, 



qishloqda bir kishiga to‗g‗ri keladigan xizmatlar hajmi 1,5 barobar oshdi. 

  O‘zbekistonda  kengayib  borayotgan  g‘alla  maydonlarida  juda  ko‘plab 

turdagi  har  xil  kam,  ikki  va  ko‘p  yillik  begona  o‘tlartarqalgan  bo‘lib,  ular  g‘alla 

ekinlarini  unib  chiqishidan  tortib  to  ularning  hosilini  yig‘ishtirib  olishgacha 

bo‘lgan  davrlarda  o‘simlikning  bir  miyo‘rda  o‘sishi  va  rivojlanishiga  to‘sqinlik 

qiladi. Ular suv, yorug‘lik, oziqa moddalaridan va boshqa tashqi muhit omillaridan 

juda  yaxshi  foydalaniladi  ,  o‘g‘itlar  tarkibidagi  oziqamoddalarini  o‘zlashtirish 

ko‘rsatkichini  30-40  foizga,  don  hosili  va  sifatini  20-50  foizgacha  kamaytiradi, 

g‘allazorlarda turli xil kasallik, hashorat va zararkunandalarni tarqalishiga sababchi 

bo‘ladi 


  Respublаkamizda 

qishloq 


xo‘jalik  ekinlaridan  yuqori  va  sifatli 

o‘simlikshunoslik mahsulotlari yetishtirishda to‘siq bo‘lib turgan faktorlardanbiri, 

begona o‘tlar bo‘lib, ulkan muammolarni yuzaga keltirib chiqarmoqda. Shu sababli 

ham,  ayniqsa  sug‘oriladigan  yerlardayetishtirilayotgan    boshoqli  don  ekinlari 

maydonidagi  begona  o‘tlarga  qarshi  kurashishning  ilmiy  va  amaliyasoslarini  har 

bir  tuproq  va  iqlim  sharoitida  har  bir  ekin  va  nav  bo‘yicha  yaratilishi  dolzarb 

masala hisoblanadi. 

  Boshoqli  don  ekinlari  yoppasiga  ekilib,  maxsus  ishlov  bermasligi  sababli 

ular orasida begona o‘tlar erkin rivojlanib, suv va oziqa elemetlarini o‘zlashtirishi, 

soya qilishi, kasalliklar, zararkunanda, hashoratlarni erkin rivojlanishi uchun qulay 

sharoit  yaratishi  va  boshqa  salbiy  tavsiyalardan  don  hosildorligi  va  sifati  40-50 

foizgacha pasayadi (Zaxarenko, 1990; Taskoyeva, Taskoyev, 1995). 

  Sug‘oriladigan  yerlarda  boshoqli  don  ekinlari  yetishtirilganda  qulay  sharoit 

yanada  yaxshilanishi  evaziga  begona  o‘tlarning  seravj  o‘sishi  va  rivojlanishi 

evaziga  dehqonchilikka  keltiradigan  zarari  yanada  ortadi  (Ibrogimov,  1999;  A 

zoyev,2006). Shu sababli ham kuzgi bug‘doy dalalaridagi begona o‘tlarni ekologik 

sof va samarali gerbesidlar vositasida bartaraf etish zarurati tug‘iladi (Sodelnikov, 

2002). 


 

  Har  bir  mintaqaning  tuproq  va  iqlim  sharoitining  o‘ziga  xos  bo‘lishi  kuzgi 



bug‘doy  yetishtiriladigan  dalalardagi  begona  o‘tlarga  qarshi  gerbesidlarning 

tavsiya  etilgan  me‘yorlari tegishli  muddatlarda qo‘llanilganida  ham  samaradorligi 

doimo ham talablar darajasida bo‘lavermaydi. 

  Gerbisidlarning  begona  o‘tlarga  tanlab  ta‘sir  etish  xususiyati  ba‘zi  bir 

begona  o‘tlarni  bartaraf  etsada,  ayrimlariga  umuman  ta‘sir  etmaydi.  Masalan, 

Granstor  gerbisidi  ikki  pallali  kent  bargli  begona  o‘tlarga  ta‘sir  etsa,  Lumo  super 

gebisidi  faqat  boshoqli  begona  o‘tlarnigina  bartaraf  etadi.  Ob-havo  sharoitining 

o‘zgarishi ham gerbisidlarning ta‘sir etishi doirasini kengaytirishi yoki qisqartirishi 

mumkin. 

  Muammoni  hal  etilishida  respublekamiz  va  xorij  davlatlarining  olimlari 

tomonidan  begona  o‘tlarning  zararli  xususiyatlari,  klasifikasiyasi,  begona 

o‘tlarning  tarqalishi  oldindan  bashoratlashtirish,agrotexnologik  va  kimyoviy 

usullarda  boshoqli  don  va  boshqa  ekinlar  dalalaridagi  begona  o‘tlarning  bartaraf 

etishning  jadal  vaekologik  sof  usullarini  ishlab  chiqish  sohasida  ulkan  ishlar 

amalga oshirilgan va oshirilmoqda. 

  Dehqonchilikda  xavfli  begona  o‘tlar  turlari  soni  209  turdan  iborat  bo‘lib, 

ular  59  ta  botanik  oilaga  mansubdir.  Shundan  80  tur  begona  o‘tlar  o‘ta  xavfli 

bo‘lsa ,129 turi nisbatan xavfli hisoblanadi. Ushbu tarqalgan begona o‘tlarning 209 

turining  57  foizini  bir  yillik,  keng  tarqalgan  begona  o‘tlar  tashkil  etsa  ,43  foizini 

esa, asosan ko‘p yillik begona o‘tlar tashkil etadi. 

  Begona  o‘tlar  gektaridan  yuzlab  tonna  suv  iste‘mol  qilishi  mumkin. 

Masalan,  yovvoyi  suli  1kgquruq  barg,  poya,  ildizva  urug‘  hosil  qilishi  uchun  0,5 

tonna  suv  iste‘mol  qiladi.  Begona  o‘tlar  yorug‘lik  uchun  raqobatda  ko‘pincha 

madaniy  o‘simliklardan  ustin  keladi  va  natijada  madaniy  o‘simliklar  karbonat 

angedridni  yetarli  darajada  o‘zlashtirolmay  ,kam  miqdorda  organik  modda 

to‘playdi , ya‘ni hosildorligi juda past bo‘ladi. 

  O‘zbekiston  respublikasi  dehqonchiligi  tajribalaridan  shu  narsa  ma‘lumki, 

kuzgi  g‘alla  ekinlari  yetishtirishda  kasalliklar  tufayli  9,1%,  zararkunanda  va 

hashoratlar  tufayli  5%,  begona  o‘tlar  ta‘sirida  esa  9,8%,  ba‘zan  15-20%  hosil 


 

o‘yqotiladi.  Bu  esa  begona  o‘tlarga  qarshi  kurashish  tadbirlarini  kuchaytirish, 



qo‘llaniladigan  har  xil  kimyoviy  vositalar,  ayniqsa,  gerbisidlar  samaradorligini 

oshirish  va  pirovord  natijada  sifatli  va  yuv\qori  hosil  olish  vazifasi  dolzabligini 

isbotlaydi.  Shuning  uchun  ham  bizlar,  respublikamizning  turli  tuproq-iqlim 

sharoitidagi  sug‘oriladigan  yerlarida  yetishtiriladigankuzgi  g‘alla  ekiladigan 

maydonlarda  tarqalgan  begona  o‘tlarga  qarshi  gerbisidlardan  foydalanish  va 

ularning  saamaradorligini  aniqlash  maqsadida  qator  ilmiy-tadqiqot  ishlari 

tajribalari natijalarini tahlili asosida ushbu bitiruv malakaviy ishini bajardik. 


10 

 

1. Adabiyotlar sharhi. 

  Begona  o‘tlar  naqadar  ko‘p  bo‘lishi  bilan  birga  har  xildagi  biologik 

xususiyatlarga  ega  bo‘lishi  sababli  ularga  qarshi  kurashish  usullari  ham  turlicha 

bo‘ladi.  Shu  sababli  ham  begona  o‘tlar  bir  yillik,  ikki  yillik,ko‘p  yillik  bo‘lishi 

bilan  birga  erta  bahorgi,  kech  bag‘orgi,  yozgi  kuzgi,  qishki  va  boshqa 

muddatlardao‘suvchilarga  bo‘linadi.  Shu  bilan  birga  parazit  bo‘lmagan,  yarim 

parazit,  parazit  va  boshqalarga  bo‘linadi.  Shu  sababli  ham  eng  avvalo  begona 

o‘tlarga  qarshi  kurashishda  ularni  oilasi,  turi  bo‘yicha  o‘rganib,  undan  keyingina 

ularga qarshi kurashish rejasi oldidan tuzilishi kerak. 



1.1. Begona o’tlarning klassiffikatsiyasi va ularning keltiradigan zarari. 

  Begona  o‘tlarning  klassifikatsiyasi  bo‘yicha  dastlabki  ma‘lumotlar  M. 

G.Chijevskiy,  A.  N.  Kiselyov,  V.Ye.Yegorov,  P.M.Baleyevlar  (1957)  tomonidan 

darsliklarga  kiritilib,  tizimlashtirilgan  bo‘lib,  undan  kam  yillikva  ko‘p  yillik 

guruhlarga bo‘lingan. 

  S.N.Rijov  va  I.F.Sukachlar  (1955)  begona  o‘tlarni  bir  yillik,  ikki  yillik  va 

ko‘p yillik hamda shu guruhlarni ham mayda guruhlarga bo‘lgan. 

  A.M.Likov  (1999)  va  boshqalar  begona  o‘tlarni  zarar  keltiruvchilik 

xususiyatlari  bo‘yicha  parazit  bo‘lmagan  bngona  o‘tlar,parazit  va  yarim  parazit 

gurug‘larga  bo‘lgan.  Ushbu  olimlar  begona  o‘tlarning  gegetasiya  davri  bo‘yicha 

kam yillik va ko‘p yillik ikkita katta guruhlarga bo‘lib, xususiyatlari bo‘yicha ham 

kichik  guruhga  bo‘lgan.  Kam  yillik  bngona  o‘tlar  ikki  yillikdan  ko‘p  bo‘lgan 

guruhlardan iborat bo‘lib, ularga efemerlar, eta bahorgi, kech bahorgi, qishlovchi, 

kuzgi  vaikki  yilliklar  kiradi.  Ko‘p  yillik  begona  o‘tlaresa  vegetativ  usulda 

ko‘paymaydigan,kuchsiz  ko‘payadigan  va  kuchli  ko‘payadigan  gruhlarga 

bo‘linadi.  Begona  o‘tlarning  ushbu  klassifikasiyasi  amaliy  ishlarda  muhim 

ahamiyatkasb  etib,  ularga  qarshikurashishning  samarali  usullariniishlab  chiqishda 

yordam beradi. 

  Begona  o‘tlarning  eng  zamonaviy  va  qulay  klassifikasiyasi  A. V.  Fisyunov 

(1980)  tomonidan  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  unga  ko‘ra  begona  o‘tlarni  parazit 

bo‘lmagan, parazit va yarim parazit kabi ikkita katta gruhga hamda 5 ta podtiplarga 


11 

 

(bir  yillik,  ikki  yillik,  ko‘p  yillik,  parazitlar  va  yarim  parazitlar)  bo‘ladi.  A.  V. 



Fisyunov  klassifikasiyasi  asosan  begona  o‘tlarning  biologik  xususitlari  bo‘yicha 

tuzilgan.  Ushbu  klassifikasiya  bo‘yicha  birinchi  biologik  gruhlarga  bir  pallali  va 

ikki  pallali,  bahorgi,  kuzgi,  qishlovchi  begona  o‘tlar  kiradi.  Ikkinchi  biologik 

gruhlarga ikki pallalilardan fakultativ va haqiqiy bngona o‘tlar kiradi. 

  Bngona  o‘tlarning  eng  katta  biologikgruhlarga  bir  pallali  va  ikki  pallali 

begona  o‘tlar  kirib,  ularga  kartoshkali,  ildiz  tonali,  ildizidan  ko‘payuvchi,  ildiz 

sochiqli,  piyozli  va  o‘rmalovchi  begona  o‘tlar  kiradi.  To‘rtinchi  biologik 

gruhbegona  o‘tlarga  faqat  ikki  pallali  begona  o‘tlar  kirib,  ular  ildizli  va  poyali 

begona o‘tlardan iborat. Beshinchi biologik gruh begona o‘tlar ikki pallali begona 

o‘tlar  bo‘lib,  ildizli  va  poyali  begona  o‘tlardan  iborat.  Demak,  begona  o‘tlarning 

klassifikasiyalari  orasida    A.  V.  Fisyunov  tomonidan  taklif  etilgan  klassifikasiya 

amalyotda begona o‘tlarga qarshi kurashishda ko‘proq aniqlikka ega bo‘lib,undan 

foydalanish juda qulay. 

A.Sagdullayev, A.Yuldashev, N.Turdiyeva, X.Boboyeva (2014) ma‘lumotlari 

bo‘yicha  g‘o‘za  va  kuzgi  bug‘doy  begona  o‘tlariga  qarshi  chigit  ekish  bilan  bir 

vaqtda,  g‘o‘zaning  o‘suv-shonalash  davrida,  paxta  hosili  terimidan  so‘ng,  kuzgi 

bug‘doyning  tuplanish  davrida  esa  bir  yillik  ikki  pallali  begona  o‘tlarga  qarshi 

Kotoran  80  %  Stomp,  33  %,  Gezagard,  50  %  n.k.,  50  %  s.e.  larni  gektariga 

tasmasimon  usulda  1,0-1,5  litrdan  ekish  bilan  bir  vaqtda  qo‘llanilganda 

samaradorligi 25-35 kundan kein 90-95 % ko‘rsatadi, g‘allasimon begona o‘tlarga 

qarshi  yuqorida  qayd  qilingan  gerbisidlar  89,2-92,5  %  samara  beradi.  Ko‘p  yillik 

begona o‘tlarga qarshi g‘o‘zaning o‘suv shonalash davrida ajriq 8,12 sm, g‘umay 

12-17 sm, qamish 18-25 sm ga yetganda Zellek super, 104 g/l n.k., Dalzlak Ekstra, 

104  %  s.e.  lar  yoppasimon  ishlatilganda  ularning  o‘rtacha  samaradorligi  bir 

yilliklarga qarshi 91,0-96,0 %, ko‘p yilliklardan ajriqqa 70-78 %, g‘umayga 90,0-

96,0 %, qamishga 80-85 % gacha bo‘lgan.  

 

 


12 

 

  Begona  o‘tlarning  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  orasida  200  tadan  400  tagacha 



turi  uchrab,  suv  va  oziq  moddalarni  madaniy  ekinlarga  nisbatan  ko‘proq 

o‘zlashtirishi,  soya  qilishi,  hosilni  yig‘ishtirib  olishga  xalaqit  berishi  bilan  birga 

serurug‘ligi,  noqulay  sharoitlarga  chidamliligi,  tez  ko‘payishi  va  boshqa 

xususiyatlari  bilan  xarakterlanadi  (Hamroyev  va  boshq..,  1999;  Likov  va  boshq.., 

2004). 

  V.  A.Zaxarenko  (2001)  ma‘lumotlari  bo‘yicha,  begona  o‘tlar  boshoqli  don 



ekinlari  orasida  rivojlanib,  don  hosildorligini  30-40%  gacha  pasayib  ketishiga 

sababchi  bo‘lsa,  S.  A.  Kott  (1995,2001)  ekinlar  orasida  400  dan  ortiq  zararli  va 

zararli  begona  o‘tlar  uchrabnafaqat  ma‘daniy  ekinlarga,  balki  inson  va 

hayvonlargaham katta zarar yetkazishini ta‘kidlaydilar. 

  R.Danilov (2000). P. P. Kolmakov, V. P. Shashkov(2001) V. S. Zuza (2004) 

boshoqli  don  ekinlari  dalasida  begona  o‘tlarning  erkin  rivojlanishi  uchun  qulay 

sharoit  bo‘lishining  sababi,  bunday  ekinlarning  o‘sishi  va  rivojlanishi  jarayonida 

ishlov  berilmasligibo‘lib,  boshoqli  don  ekinlari  orasida  rivojlangan  paxtatikon 

begona o‘ti har gektarerdan 140 kg azot,120 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘zlashtirirsa, 

kuzgi  bug‘doy  don  hosildorligi 16 s/ga, somoni  24  s/ga  bo‘lganida45 kg  azot, 21 

kg  fosfor  va  30  kg  kaliy  o‘zlashtirishi  aniqlangan.  Ya‘ni,  paxtatikon  bug‘doyga 

nisbatan azotni 3 xissa, fosforni 5 xissa ko‘p o‘zlashtirishini aniqlaganlar. 

  A.N.Kiselyov  (1991)  ma‘lumotlari  bo‘yicha  boshoqli  don  ekinlari  orasida 

begona o‘tlar ko‘p bo‘lsa, unga munosib holda kasalliklar va hashoratlar ham ko‘p 

bo‘ladi. Masalan, yovvoyi suli ko‘p bo‘lsa, sariq dog‘kasalligi, raygras ko‘p bo‘lsa, 

sariq verus kasalligi ko‘payadi. 

  Respublekamiz sharoitida ekinzorlar orasida rivojlanadigan begona o‘tlar va 

ularga qarshi  kurashish ishlari 1960-70  yillardan  boshlangan bo‘lib,  boshoqli don 

ekinlari dalalaridagi bngona o‘tlarga qarshi  kurashish  ishlari  eng  avvalo, lalmikor 

yerlarda ko‘proq o‘rganilgan. 

  N.  V.  Pokrovskiy,  T.  N.  Solyanko(1996)  lalmikor  yerlar  uchun  yaratgan 

sprovochnigida  begona  o‘tlar  va  ularga  qarshi  kurashish  ishlariga  katta  ahamiyat 

berib, lalmikor  yerlarda keng  tarqalgan begona o‘tlarning  biologik xususiyatlarini 


13 

 

o‘rganib,  ularga  qarshi  kurashishning  agrotexnologik  va  kimyoviy  usullarini 



keltirgan. 

  U.  Allanazarova  (2007)  lalmikor  yerlarda  yetishtirilayotganbug‘doy 

dalalaridagi begona o‘tlar bo‘yicha fonologik kuzatuv ishlarini olib borib, begona 

o‘tlarning qachon pishib yetilib, urug‘ berishi va zararini aniqlashga erishgan. 

  O‘zbekistonning  sug‘oriladigan  yerlarida  keng  tarqalgan  begona  o‘tlar 

bo‘yicha dastlabki ma‘lumotlarni  S. N. Rijov va I. V. Sukachlar (1965)tomonidan 

yaratilgan  darslikdan  olish  mumkin.  Ushbu  olimlarning  yozishicha,  tuproqda  suv 

va oziqa elementlar qayaa ko‘p bo‘lsa, begona o‘tlar shuncha tez rivojlanadi. 

  I.  T.  Vaselchenko  va  O.  A.  Pidottilar  (1970)  sug‘oriladigan  yerlarda  keng 

tarqalgalgan  begona  o‘tlarni  aniqlagichini  yaratgan.  Ushbu  aniqlagich  bo‘yicha 

sug‘oriladigan  yerlarda  yetishtiriladigan  ekinzorlarda  400  dan  ortiq  begona o‘tlar 

begona o‘tlar bo‘lishi qayd etilgan. 

  T.S.  Zokirov  (1999)  va  A.  Q.  Ematov  (2003)  ishlarida  ham  sug‘oriladigan 

yerlardabegona  o‘tlar  juda  ko‘p  tarqalib,  ekinlarga  katta  zarar  yetkazishligi 

ta‘kidlanadi.  Bir  tup  olabutada100  ming  donadan  700  ming  donagacha  urug‘ 

bo‘ladi,  itqunoq  urug‘i  25-30  yilgacha,  qo‘ypechak  urug‘i  50  yilgacha  ,  sho‘ra 

urug‘i  60  yilgacha  tuproqda  saqlanib,  hayvonlar  organizmidan  o‘tib,  go‘ng  bilan 

yerga qaytib tushgandaunuvchanligi tezlashadi. 

  Boshoqli don ekinlariorasida 200 dan ortiq begona o‘tlar uchrab, ular kuchli 

rivojlanib,  ma‘daniy  o‘tlarni  soyalab  qo‘yadi,  tuproqdagi  suv  va  oziqa 

elementlarini  o‘zlashtirib,  boshoqli  don  ekinlarini  o‘sishi  rivojlanishiva 

hosildorligiga  katta  zarar  yetkazadi.  Samarqand  viloyati  sharoitida  Sh  Rizayev 

(2006)  ishlarida  kuzgi  bug‘doyzorlardagi  begona  o‘tlar  o‘rganilgan  va  ularga 

qarshi agrotexnik va kimyoviy kurashish tadbirlari ishlab chiqilgan. 

Respublikamizning  sug‘oriladigan  yerlarida    esa  72  ta  oilaga  mansub 

bo‘lgan begona o‘tlarning 841 ta turi uchraydi. Jumladan, 519 turi bir yillik, 322 

turi esa ko‘p yillik begona o‘tlarga to‘g‘ri keladi (Mamatov, Mamajonov, 1997). 

Lekin, qishloq xo‘jaligiga keltirilayotgan zarar bo‘yicha bir yillik begona o‘tlar 



14 

 

ko‘proq ustunlik qiladi. Ko‘p yillik o‘q ildizli begona o‘tlar-21%,  ildizpoyalilari 



7 va qolgan barcha biologik guruhlardagi begona o‘tlar -2%  atrofida uchraydi. 

A.V.Beshanov  (1988)  keyingi  yillarda  MDH  mamlakatlarida  begona 

o‘tlarning 1030 dan ortiq turi tarqalgan deb hisoblaydi. Ushbu begona o‘tlardan 

u  yoki  bu  xududlarda  80-120  ta  turi  kuchli  zarar  keltiradi  (Fisyunov,  1983). 

Shuningdek,  har  bir  dalaning  o‘zida  ham  o‘ta  xavfli  begona  o‘tlarning  15-20 

turini  uchratish  mumkin  va  ularga  qarshi  agrotexnikaviy,  kimyoviy  kurashish 

tadbirlarini  uyg‘unlashgan  holda  qo‘shib  olib  borish  kerak,  deb  hisoblaydi 

mualliflar. 

P.A.Gomoliskiy  (1982)  O‘zbekistonda  tarqalgan  begona  o‘tlarning 

yashash sharoitiga  qarab, 3 guruhga bo‘ladi: lalmi (bahorikor) yerdagi ekinlarni 

begona  o‘tlari,  sug‘oriladigan  yerlardagi  va  sholizordagi  begona  o‘tlar.  Lekin, 

ushbu  guruhlar  o‘rtasidagi  chegara  shartli  hisoblanadi.  Chunki,  faqatgina 

ma‘lum  bir  sharoitda  yashashga  moslashgan  begona  o‘tlardan  tashqari,  har  xil 

sharoit va xududlarda  ham yaxshi o‘sib, rivojlanadigan g‘umay, yantoq, kakra 

kabi begona o‘tlar ham mavjud. 

Begona  o‘tlar  g‘allazorlarda  o‘sishi,  rivojlanishi  va  bo‘yiga  qarab,  uch 

guruhga bo‘linadi: 

-yuqori qavat (yarus) begona o‘tlari, bunday begona o‘tlarning bo‘yi g‘alladan 

ancha baland bo‘ladi (g‘umay, bo‘ztikan, yantoq, kakra va h.k.). 

-o‘rta  qavat  (yarus)  begona  o‘tlari,  ushbu  begona  o‘tlarning  bo‘yi  g‘allaning 

bo‘yi bilan bir xil bo‘ladi. Masalan, ismaloq, lolaqizg‘aldoq, shabada va boshqalar. 

Yuqorida  ko‘rsatilgan  ikki  guruhga  kiruvchi  begona  o‘tlar,  madaniy 

o‘simliklarning  butun  vegetasiyasi  davrida  ularning  rivojlanishiga  salbiy  ta‘sir 

ko‘rsatadi  va  hosilni  kombaynlar  bilan  o‘rib-yig‘ishtirishni  qiyinlashtiradi,  g‘alla 

sifatini pasaytiradi hamda ko‘plab hosilni nobud bo‘lishiga olib keladi

-pastki  qavat  (yarus)  begona  o‘tlarining  bo‘yi  g‘allanikidan  ancha  past 

bo‘ladi.  Bu  guruh  begona  o‘tlari  (qiziltasma,  itqo‘noq  va  boshqalar)  madaniy 

o‘simliklar  bilan  faqat  ularning  boshlang‘ich  rivojlanish  davrlaridagina  raqobat 



15 

 

qilishadi,  hosilni  kombaynlar  bilan  o‘rib  –  yig‘ishtirib  olishga  ta‘sir  ko‘rsata 



olmaydi (Hamrayev, Hasanov va boshqalar, 1999). 

Sh.Rizayevning 

(2006) 

ma‘lumotlariga 



qaraganda 

(1.1-jadval) 

respublikamiz va Samarqand viloyati g‘allazorlarida 79 turdan ortiq begona o‘tlar 

tarqalgan  bo‘lib,  shundan:  efemerlar–2,  erta  bahorgilar–6,  kech  bahorgilar–31, 

qishlovchilar–  4,  ikki  yilliklar–4,  ko‘p  yillik  o‘q  ildizlilar–11,  ildiz  poyalilar–8, 

ildiz  bachkililar–10,  shingil  ildizlilar–2  va  yer  bag‘irlab  o‘suvchi  begona  o‘tlar–1 

ta turni tashkil etadi.  

G‘allazorlarni eng ko‘p ifloslantiradigan bir yillik begona o‘tlar 54,4%, ikki 

yilliklar–5,1  va  ko‘p  yilliklar  40,5%  atrofida  uchraydi.  Tajriba  o‘tkazilgan 

maydonlarda  begona  o‘tlarning  tarqalishida  u  yoki  bu  turdagi  qonuniyat 

kuzatilmagan.  Begona  o‘tlar  miqdori  aniqlangan  maydonlarda  har  xil  o‘simliklar 

oilasi,  turiga  ta‘luqli  bo‘lgan  bir–ikki  va  ko‘p  yillik  begona  o‘tlar  mavjudligi 

aniqlangan. 

1.1-jadval 



Yüklə 3,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin