2-Tajriba. Reaksiya tezligi temperaturaga bog`liqligi. Bu tajriba uchun ham Na2S2O3 va H2SO4 larning bundan oldingi tajribada kursatilgan konsentratsiyadagi eritmalarini oling.
Uchta probirkaga H2SO4 eritmasidan 5 ml dan, boshka uchta probirkaga Na2S2O3 eritmasidan 5 ml quying. Ular xar juftining bittasida Na2S2O3 va bittasida H2SO4 bo`ladigan kilib uch juftga bo`ling.
Birinchi juft probirkalarni stakandagi sovuk suvga tushiring.Suv tempraturasini termometr yordamida aniqlang va 3-4 minutdan so`ng probirkalardagi eritmalarni bir-biriga aralashtiring. Necha sekunddan keyin loyka hosil bo`lishini aniqlang.
Stakandagi suvning tempraturasini issik suv kuyish yuli bilan 10oSga kutaring va ikkinchi juft probirkalarni tushiring. 3-4 minutdan so`ng probirkalardagi eritmalarni bir-biriga quying va so`ng loyka hosil bo`lishini aniqlang.
Uchinchi juft probirkalarni tempraturasi 20oC ko`tarilgan stakanga tushiring va yuqoridagi tajribani takrorlang. Reaksiya tezligini tempraturaga bog`liq ekanligi haqida xulosa chiqaring.
Tajriba natijalari quyidagi jadvalga yozing
Probirka nomeri
Na2S2O3ni miqdori ml
H2SO4ning miqdori ml
Suvning temperatu-rasi oC
Loyqa hosil bo`lish uchun ketgan vaqt, t
Reaksiyaning nisbiy tezligi. V=100/t
1
5
5
2
5
5
3
5
5
Absissalar o`qiga suvning temperaturasini va ordinatalar o`qiga reaksiyaning nisbiy tezligini qo`yib grafik chizing.