O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа



Yüklə 84,16 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü84,16 Kb.
#205770
növüReferat
  1   2   3   4   5
mustaqil ish 14-3d


O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY O`RTА MАXSUS
TА`LIM VАZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
«Neft va gaz» fаkultеti
«Tehnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish» kаfеdrаsi
« Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari » fаnidаn


Referat
Mavzu: «3D MAX tizimining vazifasi ,3D MAX. asosiy tushunchalar. 3D MAX tizimini ishga tushirish va undan amallar bajarish »


Bajardi: TMJ-216 guruh talabasi Meyliqulov S. Qabul qildi: Rahimov A.


Qarshi 2015

Mavzu: 3D MAX. asosiy tushunchalar. 3D MAX tizimining vazifasi.
3D MAX tizimini ishga tushirish va unda amallar bajarish


Reja:

  1. Dastur haqida umumiy ma’lumotlar.

  2. Interfeys elementlari.

  3. 3D MAX dasturida ob`ektlarni yaratish.

  4. Xulosa.

  5. Adabiyotlar.

  1. Dastur haqida umumiy ma’lumotlar. Uch o`lchovli grafika ilmiy tekshirishlarda, injenerlik loyiha ishlarida, fizik ob`ektlarning kompyuter modellarini qurishda keng qo`llaniladi. Uch o`lchovli grafika kompyuter grafikasi tarkibiga kiruvchi eng murakkab va keng qamrovli yo`nalishdir. Uch o`lchovli grafika bilan ishlovchi foydalanuvchi loyihalash, yoritish, ob`ektlar va kameralarni ko`chirish, tovush va namoyish effektlardan foydalanish kabi sohalardan bilimlarga ega bo`lishi kerak. Bu yerda shu sohaning tashkil etuvchilari - fazolar, ob`ektlarni modellashtirish, namoyish tog`risida ma`lumotlar keltiriladi.

Qxirgi yillarda an`anaviy 2D grafik dasturlar bilan uch o`lchovli 3D modellashtirish, animasiya va namoyish dasturlari ko`p tarqaldi. Shu davrda ishlab chiqilgan dasturlardan Discreet kompaniyasining 3D Studio MAX yoki Alias Wavefront kompaniyasining JAVA dasturlari o`z mohiyatlari bo`yicha gibrid grafik paketlardir. Chunki ular bir tomondan 2D va 3D vektorli ob`ektlar bilan ishlash imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan ish natijasidan pikselli (rastrli) tasvir - alohida kadr sifatida yoki videotasmada olinadi. 3D modellashtirishning xususiyatlari va ularda animasiya harakatlarni qo`shish imkoniyati ularga bo`lgan qiziqishni keskin oshirib yuboradi. Ularni:

    • namoyish effektlarini kino va videoindustriyada;

    • televizion tijoratda (reklamada);

    • interaktiv o`yinlarda;

    • sano`t va arxitektura dizaynida (bezashda);

    • ilmiy, tibbiy va sud namoyishlarida;

    • o`rgatuvchi dasturlar va kompyuterda ishlatish mumkin.

Shuni ta`kidlash lozimki uch o`lchovli grafika dasturlari kompyuter qurilmalari, uning dasturiy ta`minoti hamda u bilan ishlovchi dizayner bilimlariga juda yuqori talablar qo`yadi.
Uch o`lchovli grafika bilan ishlaganda, shakllar hosil qilinadigan fazoga alohida e`tibor berish kerak. Bu holda an`anaviy 2D — tekislik uch o`lchovli grafika maqsadlariga to`g`ri keltiriladi. 3D — grafikada ishchi fazoni shunday
ifodalash kerakki, unda nafaqat modellashtirilayotgan uch o`lchovli geometrik shaklni, balki uning geometrik joylashishi va holati hisobga olinishi kerak. Uch o`lchovli grafikada Dekart, silindrik va sferik koordirata sistemalari ishlatiladi.
Qurilgan barcha uch o`lchovli ob`ektlarni geometrik va nogeometrik ob`ektlarga bo`lish mumkin. Geometrik ob`ektga asosan sahna tashkil etuvchilarini qurishda ishlatiladi: personajlar, jismlar, boshqa so`z bilan aytganda — mavjud borliq ob`ektlarini. Nogecmetrik ob` ektlar esa sahnaga jonlilik hissini berish uchun (to`g`ri yoritish), ob` ektlarga ta` sir etuvchi kuchlarni model-lashtirishda (masalan gravitasiya yoki shamol esishi) va hokazo.
Boshqacha aytganda namoyish etilayotgan kadrda geometrik ob` ektlar aynan (chiziqlar va sirtlar ko`rinishda), nogeometrik ob`ektlar esa oraliq (soyalar, tezlanish va hokazo ) ko`rinishda namoyon bo`ladi.

Yüklə 84,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin