O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


-rasm. Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə56/160
tarix12.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#154786
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   160
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

7.2-rasm. Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli)54





53 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 307
O‘z navbatida yalpi talab va taklifning tenglashishiga (AD = AS) erishiladi. Aksincha, haqiqiy ishlab chiqarish (Y2) uning muvozanat darajasidan (Y0) kam bo‘lgan vaziyatda esa, firmalar iste’molchilar talabiga nisbatan kam ishlab chiqarayotganligini (AD>AS) ko‘ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zahirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YaIM asta sekin Y2 dan Y0 ga qarab o‘sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi.
Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste’mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o‘zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining o‘sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig‘ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi.


    1. Avtonom xarajatlar multiplikatori


Avtonom xarajatlarning har qanday o‘sishi, ya’ni ΔA = Δ (a+I+G+Xn)


mul’tiplikator samarasi hisobiga yalpi daromadlarning ko‘proq miqdorga (ΔY) oshishiga olib keladi.
Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori muvozanatli YaIM o‘zgarishning avtonom xarajatlarning har qanday komponenti o‘zgarishiga nisbatini ko‘rsatadi:

m = ΔY /ΔA:


Bu yerda: m - avtonom xarajatlar mul’tiplikatori; ΔY – muvozanatli YaIMning o‘zgarishi;
ΔA – avtonom xarajatlarning Y o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgarishi.
Mul’tiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki o‘sishi (kamayishi)dan necha marta ortiq o‘sganligini (kamayganligi) ko‘rsatadi.
Avtonom iste’mol ΔCA miqdorga o‘ssa, bu yalpi xarajatlar va daromadlar (Y) ning o‘sha miqdorda o‘sishiga olib keladi. Bu esa, o‘z
navbatida iste’molning ikkinchi marta (daromadlar oshishi hisobiga) MPC x ΔCA miqdorda o‘sishiga olib keladi. Keyinchalik yalpi xarajatlar va daromadlar MPCxΔCA miqdorda yana o‘sadi. Shunday qilib,
«daromad-xarajat» ko‘rinishidagi doiraviy aylanish bo‘yicha jarayon davom etaveradi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin