O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə596/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   592   593   594   595   596   597   598   599   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Test savollari qonun hujjatlariga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar hisobga olingan 
holda vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqiladi. 


Imtihon savollari tayyorlov dasturi bo’yicha tuziladigan 60 ta test savolidan iborat 
bo’ladi. 
Da’vogarga har bir to’g’ri javob uchun 1 ball, noto’g’ri javob uchun yoki javob bo’lmasa 
0 ball qo’yiladi.
Test natijalarini ijobiy deb tan olish uchun asos bo’lib hisoblanadigan to’g’ri javoblar 
miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi 
kerak. 
Begona shaxslarning imtihonda qatnashishiga ruxsat etilmaydi. 
Imtihon o’tkazishga ajratilgan vaqt tugagach, da’vogar test blankasini test savollari bilan 
birga komissiyaga topshiradi. Test blankasida da’vogarning ro’yxat raqamidan tashqari 
axborotlar (da’vogarning ismi, familiyasi, otasining ismi, shuningdek da’vogarning shaxsini 
aniqlash imkonini beradigan boshqa biror bir belgi) bo’lmasligi lozim. Ushbu talablarni 
buzgan da’vogar imtihon topshirmagan deb hisoblanadi. 
Imtihon o’tkazilayotganda da’vogarga quyidagilar taqiqlanadi: 
normativ-huquqiy hujjatlar, o’quv va maxsus adabiyotlardan foydalanish; 
uyali aloqa telefonlari yoki boshqa texnik vositalardan foydalanish; 
o’zaro gaplashish, yordam hamda maslahat va tushuntirishlar berish; 
test savollarini auditoriyadan olib chiqish. 
Ushbu talablarni buzgan da’vogarlar dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda 
auditoriyadan chiqarib yuboriladi va imtihon topshiraolmagan deb hisoblanadi. 
Imtihon natijalari komissiya tomonidan imtihon o’tkazilgandan so’ng ikki kun ichida 
e’lon qilinadi. 
Imtihon topshiraolmagan da’vogarlarga yig’im qaytarib berilmaydi. 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   592   593   594   595   596   597   598   599   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin