hujjatlariga tegishli tarzda o’zgartirishlar kiritilganidan so’ng amalga oshiriladi. «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq «jamiyatning ustav fondi aktsiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo’shimcha aktsiyalarni joylashtirish yo’li bilan ko’paytirilishi mumkin» Tekshiruv chog’ida ustav kapitalini ko’paytirish manbalari aniqlanadi. Ular asosan quyidagilar hisobiga bo’lishi mumkin: -
emitent-aktsiyadorlik jamiyatining o’z aktsiyalarini ularning nominal qiymatidan yuqori bahoda sotishdan olingan mablag’lar ya’ni emission daromad (Kt 8320-schyot); -
jamg’arma, iste’mol va boshqa fondlar hamda ishlatilmagan zahiralar mablag’lari; -
oldingi yil yakuni bo’yicha taqsimlanmagan foyda; -
grantlar, subsidiyalar va qaytarib berilmaydigan yordamlar hisobiga (Kt 8810, 8820, 8890-schyotlar); -
aktivlarni qayta baholashdan hosil bo’lgan manba hisobiga (Kt 8510-schyot); -
dividendlar hisobiga. Auditor ustav kapitali kamaytirilishining asosliligini ham tekshiradi. Yuqorida nomi qayd qilingan qonunning 22-moddasiga muvofiq «Jamiyatning ustav fondi aktsiyalarning nominal qiymatini yoki ularning umumiy sonini qisqartirish yo’li bilan, shu jumladan aktsiyalarning bir qismini jamiyatning o’zi keyinchalik muomaladan chiqarish sharti bilan sotib olishi yo’li 첑
ꬸ lan kamaytirilishi mumkin» Auditor ustav kapitalining korxona xususiy manbalarini kapitallashtirish hisobiga ko’paytirilishi, yoki yuqoridagi holatda kamaytirilishi to’g’risida aktsiyadorlar majlisining qarori mavjudligini ham aniqlaydi. Ustav kapitali ko’paytirilganda qo’shimcha aktsiyalar