O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


topshiriqlar va shunga o’xshash); butun ishlarni bajarish muddati va har bir bosqichni



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə403/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

topshiriqlar va shunga o’xshash); butun ishlarni bajarish muddati va har bir bosqichni 
bajarish muddati; ish qiymati va to’lov tartibi; ishni qabul qilish tartibi; ishlar natijalaridan 
foydalanish shartlari; tomonlarning mas’uliyatlari ko’rsatiladi.
Nomoddiy aktiv ob’ektini hisobga qabul qilish kuchga kirgan shartnoma asosida amalga 
oshiriladi. Shartnomalarni yuridik ekspertizadan o’tkazish uchun auditorlik firmasining 
yuristi jalb qilinishi mumkin.
Auditor shartnomalarni tekshirish bilan bir qatorda nomoddiy aktivlarni qabul qilish-
topshirish dalolatnomasi (qabul qilish dalolatnomasi) va nomoddiy aktivlarni hisobga olish 
kartochkasi (№1-NMA shakli)ni to’lg’azishni tekshiradi. (majburiy rekvizitlarni 
to’lg’azishning to’g’riligi, foydali xizmat muddatining ko’rsatilish, hisobga qabul qilish 
sanalari (foydalanishga topshirish, ob’ektni ro’yxat qilish; dastlabki hujjatlarni hisob 
registrlarida aks ettirish).
Shartnomalar va dastlabki hujjatlarning yuridik rasmiylashtirilishi tekshirilganidan 
so’ng auditor nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatini arifmetik tekshiruvdan o’tkazadi 
(ularning baholanishini). «Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun»ning 12-moddasi va 
«Nomoddiy aktivlar» nomli №7 BHMSning 22-23 bandlariga muvofiq nomoddiy aktivlar 
buxgalteriya hisobida pul ifodasida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarni baholash ularning tegishli shartnoma qiymati va rejalashtirilgan 
maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish xarajatlarini qo’shish tartibidan kelib 
chiqib aniqlanadi.
 «Nomoddiy aktivlar» nomli №7 BHMS 11 bandiga muvofiq nomoddiy aktivlarning 
boshlang’ich qiymati - bu aktivni sotib olishda haqiqatda to’langan pul mablag’lari yoki 
uning ekvivalentlari yoki ishlab chiqarishda qilingan haqiqiy xarajatlar qiymati.

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin