O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə392/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Savdo markasini sotib olish chog’ida to’langan pul mablag’lari summasi kapitallashtirib 
boriladi. Unga ishlov berish, uni himoya qilish, kengaytirish, ro’yxatdan o’tkazish yoki sudda 
himoya qilish natijasida yuzaga kelgan summalar ham kapitallashtiriladi.
Shu tariqa kapitallashtirilgan summalar savdo markasining foydali xizmat qilishi 
muddati mobaynida yoki ushbu muddatlardan qaysi biri nisbatan qisqa bo’lib chiqishidan 
kelib chiqqan holda - 40 yil mobaynida amortizatsiya qilinishi lozim.
Tovar belgilari
birorta korxona tovar (xizmat)larini boshqa korxonalar tovarlari yoki 
xizmatlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilardir. Ular og’zaki, tasviriy, hajmli va 
boshqacha ko’rinishlarda bo’lishlari mumkin. Asosiy faoliyati har xil xizmat ko’rsatishdan 
iborat bo’lgan (mehmonxona, turistik byuro, transport korxonasi va shunga o’xshash) 


tashkilotlar tomonidan foydalanadigan xizmat ko’rsatish belgilari ham tovar belgilariga 
tenglashtirilgan. Tovar belgilari va xizmat ko’rsatish belgilari ishlatiladigan tovarlar yoki 
ko’rsatiladigan xizmatlarga maxsus (alohida) huquqqa egalikni tasdiqlaydi. Bu belgilar 
tovarlarga yoki qadoqlangan idish(upakovka)larga, chizmalarga, prospektlarga, schyotlarga, 
blankalarga, tovarlarni kuzatuvchi yoki ularni sotishga doir muomalalar bilan bog’liq 
hujjatlar yorliqlariga tushiriladi.
Tovar belgisi guvohnomasi
tovar belgisidan foydalanadigan shaxsning huquqini 
tasdiqlovchi muhofaza hujjati bo’lib hisoblanadi.
Foydali model ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlarining, shuningdek, ular 
tarkibiy qismlarining konstruktiv bajarilishi kabi tavsiflanadi. Foydali model guvohnomasi 
foydali modelni ishlatish uchun uning egasiga maxsus huquq beruvchi muhofaza hujjati 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin