O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


saqlash funktsiyasi hisoblanadi. Bu funktsiyalarni turli shaxslar va bo’linmalar o’rtasida



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

saqlash funktsiyasi hisoblanadi. Bu funktsiyalarni turli shaxslar va bo’linmalar o’rtasida 
taqsimlash ikkita afzallikka ega.
1.
 
ishlarni muvofiqlashtirish (bitta xo’jalik muomalasining turli jihatlarini ko’rib 
chiqish) hisobiga ataylab qilinmaydigan xatolarni aniqlash va to’g’rilash osonlashadi.
2.
 
axborotlarni buzib ko’rsatish qiyinroq bo’ladi, chunki bu ikki yoki undan ortiq 
ishchi shaxslarning til biriktirishini talab etadi.
Nazorat qilib turish nazorat muhitining muhim elementi hisoblanadi. Korxonada hisob 
funktsiyalari va nazorat amallarini korxona xodimlari va kompyuter tizimi bajarishi 
mumkin. Menejerlar tomonidan bu funktsiyalar bajarilishi ustidan nazorat o’rnatilishini 
ta’minlash e’tiborga molik. Kreditlash bo’yicha menejerlar ishi ustidan nazoratni amalga 
oshiruvchi nazoratchi, masalan, debitorlar schyotlaridagi saldolarni nazorat schyoti 
ma’lumotlariga vaqti-vaqti bilan taqqoslab turishi mumkin. Bo’linmalar rahbarlari yoki 
nazoratchilari xizmatchilar tomonidan topilgan xatolarni tuzatishlari, shuningdek, 
korxonadagi hisob tizimiga taalluqli qarorlar qabul qilishi va ruxsat etishi mumkin. Nazorat 
o’rnatish boshqaruv nazoratining muhim vositasi va butun ichki nazorat tizimi faoliyat 
ko’rsatishining sharti hisoblanadi.
Tomonlar o’rtasida kelishilgan dastur bajaradigan ishlar (xizmatlar) hajmi va 
qiymatini aniqlashda asos bo’lib, quyidagi shakldagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi: 
 
7.5. Ichki nazoratni boshqarish faoliyati komponentlari 
COSO komponentlari: nazorat harakatlari (ta’siri) 
Nazorat harakatlari – bu shunday xatti-harakatki, siyosat va protseduralar ko’magida 
rahbariyatga nazoratning bajarilishini ta’minlash borasida yordam beradi. Nazorat 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin