O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


hujjatlariga tegishli tarzda o’zgartirishlar kiritilganidan so’ng amalga oshiriladi



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə521/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   517   518   519   520   521   522   523   524   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

hujjatlariga tegishli tarzda o’zgartirishlar kiritilganidan so’ng amalga oshiriladi.
«Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq «jamiyatning 
ustav fondi aktsiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo’shimcha aktsiyalarni joylashtirish 
yo’li bilan ko’paytirilishi mumkin»
 Tekshiruv chog’ida ustav kapitalini ko’paytirish manbalari aniqlanadi. Ular asosan 
quyidagilar hisobiga bo’lishi mumkin: 
-
emitent-aktsiyadorlik jamiyatining o’z aktsiyalarini ularning nominal qiymatidan 
yuqori bahoda sotishdan olingan mablag’lar ya’ni emission daromad (Kt 8320-schyot); 
-
jamg’arma, iste’mol va boshqa fondlar hamda ishlatilmagan zahiralar mablag’lari; 
-
oldingi yil yakuni bo’yicha taqsimlanmagan foyda; 
-
grantlar, subsidiyalar va qaytarib berilmaydigan yordamlar hisobiga (Kt 8810, 8820, 
8890-schyotlar); 
-
aktivlarni qayta baholashdan hosil bo’lgan manba hisobiga (Kt 8510-schyot); 
-
dividendlar hisobiga.
Auditor ustav kapitali kamaytirilishining asosliligini ham tekshiradi.
Yuqorida nomi qayd qilingan qonunning 22-moddasiga muvofiq «Jamiyatning ustav 
fondi aktsiyalarning nominal qiymatini yoki ularning umumiy sonini qisqartirish yo’li bilan, 
shu jumladan aktsiyalarning bir qismini jamiyatning o’zi keyinchalik muomaladan chiqarish 
sharti bilan sotib olishi yo’li 


lan kamaytirilishi mumkin»
Auditor ustav kapitalining korxona xususiy manbalarini kapitallashtirish hisobiga 
ko’paytirilishi, yoki yuqoridagi holatda kamaytirilishi to’g’risida aktsiyadorlar majlisining 
qarori mavjudligini ham aniqlaydi. Ustav kapitali ko’paytirilganda qo’shimcha aktsiyalar 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   517   518   519   520   521   522   523   524   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin