124
O‘quvchilar, oilasi haqida umumiy ma‘lumot, shaxsiy qiziqishlari,
qobiliyatlari, kasbiy qiziqishlari va qaysi kasbda
faoliyat olib bormoqchiligi
haqidagi ―ish daftari‖ni to‘ldiradi. O‘tkazilgan psixologik diagnostika testlar va
shifokorlar, psixologlar, o‘qituvchilar bilan olib borilgan suxbatlarni hisobga olib,
konsultant o‘quvchining qobiliyatlari haqida xulosa qiladi. Ish daftaridagi
qo‘shimcha ma‘lumotlar va test sinov natijalari kasbiy
konsultatsiya uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi paytda, kasb tanlashga yo‘llash tizimi umumiy kasbiy ta‘lim
korxonadagi samarali mehnatga asoslangan holda tashkil etilmoqda. Mehnat
faoliyati davomida professional bilim va shaxsiy ko‘nikmalarini oshirish, uzluksiz
ta‘lim tizimining asosiy maqsadidir.
Uzluksiz ta‘lim tizimi ham o‘quvchilarni kasbga moslashish jarayonini
engillashtiradi ham mehnat bozori talabiga mos ta‘lim bilan ta‘minlaydi.
Frantsiya
da o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash
rasman uchta model
asosida tashkil etiladi. Birinchi model XX asrning 20-yillarida ishlab chiqilgan.
Kasb tanlashga yo‘llash ishlari maktabning yakunlanish arafasida tashkil etilib,
bunda o‘quvchilar ish beruvchilarni qidirish bilan tashkil etilgan. Bundan asosiy
maqsad, salomatligi uchun zararli bo‘lishi mumkin tibbiy
qarshiliklarni aniqlash
bo‘lib, yoshlarning individual xususiyatlari va ularga ish beruvchilar tomonidan
taklif etilayotgan kasb xususiyatlari orasidagi moslikni aniqlash.
Ikkinchi model XX asrning 60-yillarida ustuvor bo‘lib, uning asosini ta‘limiy
yo‘naltirish. Kasb tanlashga yo‘llash ishlari maktab tomonidan olib borilgan,
yagona umumiy ta‘lim jarayonini o‘z ichiga oladi.
Eng keng tarqalgan model
esa uchinchisi hisoblanib, uning asosiy mohiyati
o‘quvchining maktabga qabul qilinganidan boshlab to uning jamiyatga barqaror
moslashishgacha bo‘lgan davrigacha pedagogik jamoa
tomonidan ularni nazorat
qilib, yo‘naltirilib boriladi.
Frantsiyada, ta‘limga va kasb tanlashga yo‘llash ishlari alohida olib boriladi.
Ta‘limga yo‘naltirishning asosiy vazifasi o‘quvchilarning qobiliyatlariga mos
ta‘lim yo‘nalishini tanlashda yordam berish. Kasb tanlashga yo‘llashishlari esa
o‘quvchilar amalga oshirishning real imkoniyatlarini hisobga olgan holda kasbiy
125
rejalarni ishlab chiqishga bo‘lgan qobiliyatlari va
imkoniyatlarini aniqlashga
qaratiladi va shunday kasblar olami haqida ma‘lumot berishdan iborat bo‘ladi.
Kasb tanlashga yo‘llash ishlari o‘qituvchilar, psixologlar va kasb tanlashga
yo‘llash xizmati maslahatchilari bilan birgalikda olib boriladi. Bu jarayon
o‘quvchilarni kasbga yo‘naltiruvchi barcha ishtirokchilarning hamkorligi bevosita
uzviylik tamoyillari asosida olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: