84
shakllantirilishida sub‘ektning faolligi qanday rol o‘ynashiga va bunday
faollikning mohiyatiga qanday yondashuviga bog‘liq holda tasniflash va baholash
mumkin.
Xotiraning esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir
bo‘ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog‘liqligi xotiraning
har xil turlarini
ajratish uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari
uchta asosiy mezonga muvofiq tarzda bo‘linadi:
1)
faoliyatda ko‘proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab
xotira harakat, his-hayajon, obrazli va so‘z-mantiqli turlarga bo‘linadi;
2)
xotira faoliyatning maqsadi, xususiyatiga ko‘ra
ixtiyorsiz va ixtiyoriy
turlarga bo‘linadi;
3)
materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko‘ra
(uning faoliyatdagi roli va tutgan o‘rniga bog‘liq ravishda) xotira qisqa muddatli,
uzoq muddatli va operativ turlarga bo‘linadi.
Shu o‘rinda xotirani mustahkamlashning quyidagi sakkizta qonunini eslab
qolish tavsiya etiladi:
Anglanganlik qonuni
. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya‘ni berilgan materialni
qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni xotirada
mustahkam muhrlagan
bo‘lamiz.
Qiziqish qonuni
. Anatol Frans «Bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni
ishtaha bilan yutish kerak» deganda, albatta, materialga jonli qiziqish bilan
munosabatda bo‘lishimiz va uni yaxshi ko‘rishimiz kerakligini nazarda tutgan.
Ilgarigi bilimlar qonuni
. Ma‘lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko‘p
bo‘lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo‘ladi. Masalan, ilgari
o‘qigan biror kitobni qaytadan o‘qib, uni yangidan o‘qiyotganday his qilsangiz, siz
ilgarigi tajribangizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar tajribaga
aylangandagina yangilariga zamin bo‘la oladi.
Eslab qolishga tayyorgarlik qonuni
. Biror materialni eslab qolishdan avval,
bo‘lg‘usi aqliy ishga qanday hozirlik ko‘rgan bo‘lsangiz, shunga mos tarzda eslab
qolasiz. Agar materialni mutaxassis bo‘lishim uchun juda kerak deb, muhimligini
85
anglasangiz, u narsa xotirada muqim saqlanadi.
Assotsiatsiyalar qonuni
. Bu qonun haqida
eramizdan avval Arastu ham
yozgan. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar
xotirada ham yonma-yon bo‘ladi. Masalan, muayyan xona o‘sha erda ro‘y bergan
hodisani ham eslatadi.
Ketma-ketlik qonuni.
Harflarni alifbodagi tartibida yoddan aytish oson, uni
teskarisiga aytish qiyin bo‘lganidek, xotirada ham ma‘lumotlarni ma‘lum tartibda
joylashtirishga va kerak bo‘lganda, tartib bilan birin-ketin
tiklash maqsadga
muvofiqdir.
Kuchli taassurotlar qonuni
. Eslab qolinadigan narsa to‘g‘risidagi birinchi
taassurot qanchalik kuchli bo‘lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin
bo‘ladi va siz uchun ahamiyatli ma‘lumotlar oqimida
eslanayotgan material ham
yaxshi esga tushadi.
Tormozlanish qonuni.
Har qanday yangi ma‘lumot o‘zidan oldingi
ma‘lumotni tormozlaydi. Oldingi ma‘lumotning o‘chib ketmasligi uchun, yangini
esda saqlashdan avval, uni mustahkamlash choralarini ko‘rishingiz kerak
3
.
Muxandis xodimlar faoliyatida «
Dostları ilə paylaş: