55
psixologik jihatdan tavsiflash, tasniflashdir. Buni xodimning injener mehnati
psixologiyasi nuqtai nazaridan talqin qilish mumkin. Ya‘ni, muxandis mehnat
huquqni qo‘llash faoliyatining psixologik qonuniyatlarini
tadqiq etadi va
muxandislikka oid mutaxassisliklar professiogrammalarni, texnik usul va
mahoratni, mutaxassislik ko‘nikmalari va malakalarini, kadrlarni tanlash va joy-
joyiga qo‘yishni, muxandislik faoliyati
shakllari va boshqaruvini, mutaxassislik
yo‘nalishini, mutaxassislikka tanlovni; muxandislik idoralari xodimlari shaxsini
shakllantirish va ixtisoslikka oid tarbiyalashni, mutaxassislik
deformatsiyasi
(buzilishi) va uning oldini olish, ish joyini, ish vaqtini to‘g‘ri tashkil etishini va
boshqa masalalar bo‘ycha ularning psixologik asosini ishlab chiqish bilan
shug‘ullanadi.
Ikkinchi tendentsiya
muxandislar xizmat faoliyatining ob‘ekti
va predmetini
tashkil etuvchi shaxslar psixologiyasini har tomonlama o‘rganish. Bu
tendentsiyaning echimi muxandis xodimlar zimmasiga yanada murakkabroq
bo‘lgan vazifalarni yuklaydi
2
.
Bu ikki tendentsiya muxandisxodimlari faoliyatida shaxs muammosini
psixologik jihatdan chuqur o‘rganishni taqozo etadi.
Muxandis xodimlar faoliyatida shaxs muammosini o‘rganishning bu ikki
tendentsiyasi rasman ikki xilda ko‘rinsa ham uning echimi bir nuqtaga, ya‘ni
mamlakatimizda yashab mehnat qilayotgan shaxslarning psixologiyasini o‘rganib,
jamiyatda barqarorlikni ta‘minlashga kelib taqaladi. Bu har ikki tendentsiya uchun
ham ustuvor vazifa hisoblanadi. Muxandis shaxsining
psixologik tuzilishi etarli
darajada o‘rganilmagan. Uning psixologik tuzilishi quyidagi masalalarning hal
qilinganligi darajasiga bog‘liq.
Birinchidan, muxandis davlat xizmatchisi sifatida mavjudmi, mavjud bo‘lsa,
unga qanday majburiyatlar yuklangan va qanday vakolatlar berilgan?
Bizning davlatimizda bu masala etarli darajada hal qilingan. Masalan, ishlab
chiqarish jarayoni mavjud, u har doim takomillashib bormoqda.
Ikkinchidan, muxandislar o‘zaro va fuqarolar bilan bo‘ladigan munosabatlari
2
Климов В. Л.
Инженерная психология. – СПб., 1999. – С. 198.
56
qanday ijtimoiy normalarga asoslangan? Bu masala ham ijobiy hal qilingan bo‘lib,
u qonunchilikka hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan.
Uchinchidan, muxandislarning kasbiy va ma‘naviy-ma‘rifiy tayyorgarlik
darajasi qanday yo‘lga qo‘yilgan?
To‘rtinchidan, xodimlarning har bir ijobiy xatti-harakat qanday baholanadi?
Mana
shu masalalarning qonuniylik, adolat, axloqiylik mezonlari bilan hal qilinishi
muxandislarining psixologik tuzilishini belgilaydi.
Psixolog olimlar shaxsning psixologik tuzilishini quyidagicha talqin qiladilar.
Masalan, atoqli rus psixologi S.L.Rubinshteynning fikriga ko‘ra, shaxs
psixologiyasi quyidagi tuzilishga ega: yo‘nalganlik, u ehtiyojlar, qiziqishlar,
ideallar, e‘tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda
ifodalanadi;
1)
bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar hayot va faoliyat jarayonida egallanadi;
2)
individual tipologik xususiyatlar temperament, irodada aks etadi.
K.K.Platonov ta‘limotiga ko‘ra, shaxs
psixologiyasining tuzilishi
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Yo‟nalganlik kichik tizimi (ost tuzilish)
shaxsning axloqiy qiyofasi va
munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko‘lam
(hajm) darajalarini farqlash lozim.
Dostları ilə paylaş: