195
3. Inson – inson. Bunda ijtimoiy tizimlar, axloqiy guruhlar, turli yoshdagi
insonlar bilan ishlash nazarda tutiladi. Masalan, oziq - ovqat mahsulotlarini
sotuvchisi, sartarosh, shifokor, o‘qituvchi va boshqalar.
4. Inson - belgilar tizim. Tabiiy va sun‘iy tillar, shartli belgilar, ramzlar,
raqamlar, formulalar kasb turi namoyondalarini qiziqtiruvchi predmetlar olami va
boshqalar. Masalan,
dasturchi, chizmachi - kartagraf, matematik, tilshunos,
nashriyot muqarriri.
5. Inson - badiiy obraz. Hodisalarni badiiy aks etishi dalillari - mana shu
narsalar bu kasb turi vakillarini qiziqtiradi. Masalan, rassom dekarator,
rassom -
restavrator, musiqa asboblarini sozlovchi, balet artisti, kontsert ijrochisi, aktyor va
boshqalar.
Bu beshta kasb turlari maqsadlar belgisiga ko‘ra 3 ta sinfga bo‘linadi. 1.
Gnostik kasblar (qadimgi yunonchadan ―gnosis‖ bilim);
2. O‘zgartiruvchi kasblar;
3. Qidiruvli kasblar;
Asosiy ish qurollariga ko‘ra har qaysi sinf doirasida 4 ta bilimni ajratish
mumkin.
1. Qo‘l mehnati kasblari;
2. Mashina qo‘l mehnati;
3. Avtomatlashgan va avtomatik tizimlar qo‘llanishi bilan bog‘liq kasblar;
4. Funktsional ish quroli bilan bog‘liq kasblar.
Mehnat sharoitlariga ko‘ra, E.A.Klimov kasblarni 4 guruhga bo‘ladi. Maishiy
mikroiqlimga xonakiga yaqin ish.(B) har xil ob-havo sharoitida ochiq havoda
bo‘lish bilan bog‘liq kasblar agranom, payvandchi, avtonazorat inspektori.
Odatiy bo‘lmagan sharoitlarda balandlikda, suv tagida, er tagida baland past
darajalarda ishlash: havvos, o‘t o‘chiruvchi va hokazo. Insonlar sog‘ligi, hayoti
uchun yuqori mas‘uliyat sharoitida ishlash: moddiy qadriyatlar, bolalar boqchasi
tarbiyachisi, o‘qituvchi, tergovchi. Shartli belgilarni qo‘llagan holda, kasblar
dunyosi ―xaritasini‖ va ma‘lum kasbning na‘munaviy formulasini tuzish mumkin.
Bu formula real kasbga nisbatan ham orzudagi kasbga nisbatan ham, qo‘llanishi
mumkin.
196
1. Mening kasbim
2. Kasblar guruhlari
3. Kasblar bo‘limlari
4. Kasblar sinflari
5. Kasblar turlarini sinflash
Bu kasbga yo‘naltirish ishlari uchun mo‘ljallangan. Bu tasniflashni o‘rganib
chiqqan V.E.Govrilov ijobiy tomonlari bilan birga kamchiliklarini ham ko‘rsatib
berdi. Masalan, bir guruhdagi kasblar ishchiga qarama - qarshi talablarni oldiga
qo‘yuvchi komponentlarni o‘z ichiga oladi, bu esa kasbga layoqatlilik belgilarini
aniqlashni qiyinlashtiradi. Tasniflashning yana bir kamchiligi shundaki, kasblar
olami nihoyatda o‘zgaruvchan, shunga ko‘ra kasblarning
mehnat mazmuni ham
o‘zgaruvchan xususiyatga ega. Bu esa kasblarni tizimlashga nisbatan noaniqlikni
keltirib chiqaradi va kasbiy tanlovni kasbiy maslahat jarayoniga kirishni
qiyinlashtiradi. Ma‘lumki, kasbiy ta‘limning barcha kasblar bo‘yicha olib borib
bo‘lmaydi va kasbiy faoliyat turlarining murakkablik darajasi, sharoitlari,
vositalari, mazmuni juda farqlanadi. O‘quv kasblarning ma‘lum
belgilari,
sifatlarini tasniflash va malaka darajalarini aniqlash bo‘yicha ilmiy asoslangan
tanlov lozim. O‘quv kasblar ro‘yxati buning natijasi bo‘lishi kerak va shu asosda
mutaxassislar tayyorlash shakllari aniqlanadi. Bu korxonalardagi qisqa muddatli
tayyorgarlik, kasb maktablarida yoki oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qish bo‘lishi
mumkin.
O‘quv kasblar ro‘yxatiga shuningdek, kasblarning tarqalganligi, og‘ir va
zararli mehnat sharoitlari bo‘lgan ishlarga qarshi ko‘rsatmalar,
shuningdek
yoshdagi cheklashlar ta‘sir etadi. Kasbiy ta‘lim uchun o‘quv kasblar ro‘yxatini
tanlash doimo dolzarb bo‘ladi va albatta bu ro‘yxat ilmiy asoslangan guruhlashga
ega bo‘lishi kerak hamda kam sonli bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: