Protsessor bo‘linma (разъём)lari
Protsessor onalik platasining bo„linmasiga o„rnatiladi (onalik platasi haqida ma‟lumot keyin
beriladi). Biz tayyor yig„ilgan kompyuterni sotib olayotganimizda, bizni protsessor qanday bo„linma
bilan onalik platasiga biriktirilgani qiziqtirmaydi. Lekin keyinchalik biz protsessorni almashtiradigan
bo„lsak, bo„linmalar haqidagi tushunchalarga ega bo„lishimiz kerak.
Hozirgi kunda Intel korporatsiyasi protsessorlari uchun ekspluatatsiyada bo„linmalarning olti
asosiy turlari mavjud.
Socket 7
Oltinchi avlod protsessorlari va Intel Pentium MMX
protsessorlarining yettinchi avlodi uchun foydalaniladi
Slot 1
Intel Pentium II, Intel Pentium III protsessorlari hamda Intel
Celeron protsessorlarining ba‟zi turlari uchun foydalaniladi
Slot 2, Socket 603, Socket 604 Xeon protsessorlari uchun
Socket 370 (FC-PGA)
Ba‟zi Celeron protsessorlari uchun
Socket 478
Pentium IV va ba‟zi Celeron protsessorlari uchun
Socket A
AMD protsessorlari uchun
45
5.3-rasm. Slot 1 va Socket 370 uchun Celeron protsessorlari
Intel korporatsiyasi o„zlarining protsessorlari uchun bo„linmalarni tez almashtirmoqda. Bu
ayniqsa Intel Celeron protsessorlari uchun noxushdir. Bu protsessorlar, bir tomondan, boshlang„ich
darajaga kiradi va o„rganuvchilar uchun mo„ljallangan. Ikkinchi tomondan, ishlab chiqaruvchi ularga
atigi bir yarim yil mobaynida bo„linmaning uch har xil turini tayyorladi. Bunday sharoitda endi
boshlovchi istiqbolini hisobga olgan holda to„g„ri tanlov qilishi qiyin va protsessorni almashtirganda
unga yangi onalik platasini ham sotib olishga to„g„ri keladi.
Chastotaning ichki kuchaytirish koeffitsienti
Protsessor kristalli ichida signallar juda katta chastotada aloqada bo„la olmaydi. Shuning uchun
kompyuterning onalik platasi bir chastotada, protsessor esa boshqa, ancha yuqori, chastotada
ishlaydi. Bugungi kunda onalik platasining tipik chastotalari 66, 100 va 133 MGts. Ushbu chastotani
protsessor onalik platasidan oladi va «tayanch chastota» sifatida foydalanadi, o„zining ichida esa u bu
chastotani ma‟lum koeffitsientga ko„paytiradi va ichki chastota hosil bo„ladi. Masalan, Celeron 1800
protsessori 100 MGts chastotada ishlashga hisoblangan onalik platasi bilan ishlashga mo„ljallangan
va 18 ga teng chastotaning ichki ko„paytirish koeffitsientiga ega; Celeron 2100 esa, mos ravishda, 21
ga teng chastotaning ichki ko„paytirish koeffitsientiga ega.
Savollar
1.
EHMning asosiy texnikaviy parametrlarini bayon qiling.
2.
EHMning apparat vositalari haqida aytib bering.
3.
Protsessorning texnikaviy xarakteristikalarini hisobga olgan holda uning optimal modelini
tanlang.
4.
Intel protsessorlarini tahlil qiling.
5.
Protsessor chastotasi ortishining tizimning summar unumdorligiga ta‟sirini tahlil qiling.
6.
Protsessor ishlashi printsipini va chastotani ichki ko„paytirish printsipini bayon qiling.
|