MA’NAVIYAT -kishilarning falsafiy, huquqiy, estetik, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui.
MA’RIFAT – bilim berish, xabardor qilish, о‘rgatish ma’nolarini ifoda etadi. Ma’rifatning ikkinchi ma’nosi inson ongi, qalbi, hayot tarzini ijobiy tomonga о‘zgartirib, yaxshilik qilish, savob ishlarni amalga oshirishga undaydigan kuch sifatida namoyon bо‘ladi.
MADANIY MEROS – avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, axloqiy, ilmiy, tafakkuriy, diniy, ruhiy qarashlar, xalq madaniyati, ijodi kabi moddiy hamda ma’naviy boyliklar majmui.
MADANIYAT – jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli kо‘rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi. «Madaniyat» tushunchasi muayyan tarixiy davr, konkret jamiyat, elat va millat, shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining о‘ziga xos sohalarini izohlash uchun qо‘llaniladi.
MADANIYAT SAROYLARI VA UYLARI – yirik madaniyat muassasalari. Aholining madaniy dam olishini uyushtirish maqsadida faoliyat kо‘rsatayotgan kо‘p о‘rinli tomosha va ma’ruza zallari, doimiy kinoqurilmalar, kutubxonalar, tо‘garak mashg‘ulotlari, tasviriy san’at tо‘garaklari uchun mо‘ljallangan bino.
MADANIYAT VA ISTIROHAT BOG‘LARI – aholi madaniy hordiq chiqaradigan, turli bezakli daraxt va gulzorlar bilan jihozlangan, kо‘kalamzorlashtirilgan maskan.
MADANIY-MA’RIFIY ISH – keng ommani madaniy, ma’rifiy tarbiyalash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bо‘sh vaqtlarini kо‘ngilli о‘tkazishga kо‘mak beruvchi tadbirlar tizimi.
MAROSIM – diniy yoki an’anaviy urf-odatlar munosabati bilan о‘tkaziladigan ma’raka, yig‘in, diniy marosimlar, tо‘y marosimlari, dafn marosimi, tantanalar bilan о‘tkaziladigan marosimlari.
MEXANIZM – muayyan ish tartibini joriy etish va bu ish tartibini boshqalarga uzatish tizimini о‘zida namoyon etadi.
Dostları ilə paylaş: |