Camarali rahbarlikka xos xislatlar: Strategik rejalashtirishga moyillikning kuchliligi;
Ishchilarni, mehnat resurslarini taqsimlash bо‘yicha maqbul va о‘z vaqtida qaror qabul qilish;
Faoliyat doirasini kengaytirish yoki yuksak tartibda mehnat qilish evaziga о‘z mas’uliyatini oshirishga intilish;
Xavfli sharoitda ijodiy va ratsional qaror qabul qila olish;
О‘z kuchiga ishonch;
О‘z huquqlarini anglash va mas’uliyatni his qilish;
Kezi kelganda qurbon berishga ham tayyor turish;
Muloqot malakalarini mukammallashtirishga intilish;
Murakkab va inqirozli vaziyatdagi jarayonlarni tahlil etish va muammolarning yechimlarini topa olish;
Mehnatga yuksak qadriyat sifatida qarash va unga butun kuch-g‘ayratni safarbar etish;
Aybdorni izlash emas, balki muammoni hal etishga intilish, tavakkaldan qо‘rqmaydigan va mustaqil fikrlaydigan xodimlar bilan ishlash xohishi;
Amalga oshirilayotgan g‘oya va natijalarni ishlab chiqarishga, joriy etishga xuddi shaxsiy mulkdek qarashlarni kiritish mumkin.
Nizo, ziddiyat, qarama-qarshilik tabiat va jamiyatda, shaxs ruhiyatida va shaxslararo munosabatda har doim mavjud. Faqat u har xil sabablarga kо‘ra kо‘rinmasligi mumkin. Mutafakkirlar «Taraqqiyot-aslida nizodankelib chiqqan» degan fikrlarni ham bildirib о‘tadilar. Balki shundaydir. Biz har doim, har bir faoliyatimizda turli xildagi nizolarni, ziddiyatlarni, qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish bilan о‘z maqsadimizga erishamiz. Ularni qanchalik oson hal qilsak, ishimiz, shunchalik unumli bо‘lganidan, natijasi yaxshi ekanligidan mamnun bо‘lamiz. Faoliyatimiz, ishimizning unumdorligi vujudga kelgan qarama-qarshilik, ziddiyat, nizoni qanchalik tez va qulay yо‘llar bilan hal qilganligimizga bog‘liq bо‘ladi.