О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Menejment fanining qator vazifalari boshqa predmetlar bilan uyg‘unlikda ish olib borishga asos bо‘lib xizmat qiladi



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə45/91
tarix12.09.2023
ölçüsü2,81 Mb.
#142929
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Menejment fanining qator vazifalari boshqa predmetlar bilan uyg‘unlikda ish olib borishga asos bо‘lib xizmat qiladi :


  • boshqaruvchilik faoliyatining mazmuni va tabiatini izohlab berish;

  • boshqaruvchilik sohasida rо‘y beradigan voqealar, holatlar, aloqa va munosabatlar о‘rtasida sabab-oqibat munosabatlarining о‘rnatilishini izohlab berish;

  • tashkilotdagi xodimlarning umumiy mehnat faoliyati ham foydali, ham samarali bо‘lmog‘i uchun muhim sanalgan omillar va shart-sharoitlarni aniqlash;

  • joriy faoliyatni о‘z vaqtida,о‘rinli boshqarishga erishish;

  • voqealar rivojini oldindan kо‘ra bilish va shunga kо‘ra tashkilot faoliyatining strategiyasi hamda siyosatini ishlab chiqish39.

Xullas, madaniyat va san’at menejeri birinchi navbatda madaniyat va san’at janrlarini professonal darajada bilishida ahamiyat kasb etadi. Menejer bu sohada tadbirkor bо‘lishi bilan birga xо‘jalik boshqaruvining shunday mexanizmini yaratish kerakki, u har bir madaniyat hodimi manfaatdorlik bilan mehnat qilsin, yetishtirilgan “ijodiy mahsulot”ga mustaqil egalikni barqaror qilsin.
Biroq tajriba shuni kо‘rsatmoqdaki, madaniyat va san’at sohasi menejerlari moliya-xо‘jalik bilimlarini yaxshi о‘zlashtirmaganlari boissan’at bozorining mavjud qonuniyatlaridan chо‘chib turadilar.Bu boradagi izlanishlar, hisob-kitob ishlari, marketing, kreditlar ajratilishi masalalari menejerlar puxta о‘zlashtirishlari shart bо‘lgan bozor talablaridir.
Butun dunyoni egallab borayotgan bozor iqtisodiyoti munosabatlari barcha sohalar kabi madaniyat muassasalariga jiddiy ta’sir о‘tkazmasdan qolmadi. Bu jihatlar sohada yangi islohotlar, yangi о‘zgarishlar ochilishiga imkon yaratdi.
Ijtimoiy-falsafiy adabiyotlarda madaniyatni boshqarish muammosi borasida turfa qarashlar mavjud, ushbu qarashlar zamirida madaniyatni boshqarish badiiy ne’matlarni ishlab chiqish, taqsimlash ,о‘zlashtirish ustidan davlat nazorati funksiyalariga alohida urg‘u beriladi, boshqalari badiiy ijod va badiiy ne’matlarni о‘zlashtirishda asosiy mas’uliyatni boshqarish muassasalari zimmasiga tushishini e’tirof etadi, uchinchi bir mulohazaga kо‘ra davlat tomonidan badiiy madaniyatni boshqarish faqat tarbiyaviy funksiyalar bilan chegaralanishi lozim deb ta’rif beriladi. Bozor iqtisodiyotini mustahkamlashning garovi sifatida sotsiomadaniy sohada marketingni qо‘llash oqibatida innovatsion jarayonlar yuz bermoqda, yangi madaniyat muassasalar, ya’ni oilaviy muzeylar, oilaviy badiiy ijodkorlik dastalari, teatr-studiyalar, xususiy kolleksionerlik fondlari va numizmatlar, rasmli galereyalar, madaniy hordiq chiqarishning ijara zonalari, bibliografik, nashriyot, tarjimonlik, sayyohlik va madaniy sog‘lomlashtirish xizmatlari tarkib topib bormoqda. Shou-biznesning tijorat sohalari reklama tayyorlash, musiqiy texnikaviy vositalar sotish shakllandi. Audiokasseta, SD-disklar, audiya va video yozish, ishlab chiqarish va sotish bilan xususiy firmalar paydo bо‘ldi40.
Ma’lumki, madaniyat muassasalari davlat tomonidan qonunlashtirilgan muayyan strategik vazifalarni ado etadi, bu tashkilotlar sifatida xalq bilan ishlash, xalq badiiy-ijodkorlik iste’dodi, qо‘shiqchilik, raqs, aktyorlik, badiiy о‘qish kabi qobiliyatlarni rо‘yobga chiqarish, bо‘sh vaqtni mazmundor о‘tkazish kabi ishlarni amalga oshiradi, xalqning yangicha ruh, g‘oyalar bilan sug‘orilgan ilg‘or an’analarini davom ettirishga da’vat qilinadi.
Bu jihatdan madaniyatshunos Viktor Alimasovning ilmiy izlanishlarida madaniyat va san’at muassasalari faoliyatida marketing xizmatidan foydalanish yuzasidan muhim amaliy tavsiyalar о‘rin olgan. Olimning fikricha, bu jarayonning muhim tomoni shundaki, marketing sharoitida muassasalarni moddiy ta’minlash manbalari о‘zgarib turadi, faoliyat hajmi esa konkret mablag‘ bilan ta’minlashni talab qiladi. Bu muammolarni ijobiy hal etish muassasalar tashabbuskorligi va ijodiy faoliyat sohasini kengaytiradi, tadbirkorlikka yо‘l ochadi. Viktor Alimasov tomonidan tahlil etilgan Toshkent shahridagi ishbilarmon ayollar klubi, kompyuter о‘yinlari markazi faoliyati41 buning yorqin isbotidir.
Marketing xizmati sharoitida badiiy faoliyatni ixtisoslashtirish muhim rol о‘ynaydi. Bu narsa badiiy ijodkorlikning oilaviy jamoalari orasida an’ana tusini olgan. Respublikada faqat musiqa cholg‘ulari bilan shug‘ullanuvchi guruh, dastalar kо‘pchilikni tashkil etadi, ularning ijodiy faoliyati tufayli unutilib ketayotgan qadamiy musiqa cholg‘ular qayta tiklanmoqda.
Hozirgi zamon sharoitida badiiy madaniyatni boshqarish tizimining tarkibiy qismi sifatida menejment tilga olinadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, menejment tushunchasini boshqarish tushunchasi bilan tenglashtirish mumkin42.
Badiiy madaniyatda dastavval menejment davlat boshqaruvidan ajratildi, menejmentlik badiiy qadriyatlar yaratuvchilar bilan ularni о‘zlashtiruvchilar о‘rtasida vositachilik funksiyasini bajara boshladi. Natijada badiiy kо‘rgazma, festival, kо‘rik tanlovlar va boshqa madaniy tadbirlarni amalga oshiradigan firmalar yuzaga keldi. Shu bilan birga, menejment foyda olish maqsadida badiiy ne’matlarishlab chiqarish sohasiga ham kirib keldi. Ular madaniyat va san’at muassasalari faoliyatiga nazoratchilik ta’sirini о‘tkaza boshladi.
Bozor iqtisodiyotining qator kо‘rinishlaridan biri- intellektual mulk bozoridir, bu bozor aqliy mehnat mahsulotlarini ayirboshlashga asoslanib faoliyat kо‘rsatadi. Bunda tovarning maxsus kо‘rinishi sifatida ilmiy g‘oyalar, texnik kashfiyotlar, san’at asarlari, yangiliklar oldi-sotdisi bо‘yicha sotuvchilar bilan xaridorlar о‘rtasida о‘zaro munosabat paydo bо‘ladi.
Madaniyat sohasida ijtimoiy institutlar faoliyati mazmuni, yо‘nalishlarini belgilovchi badiiy qadriyatlar va badiiy ehtiyojlar -bu tizim strukturaviy elementlarini tashkil qiladi. Badiiy qadriyatlar san’at asarlari, shuningdek, badiiy axborotlardan iborat bо‘lsa, badiiy ehtiyojlar nafaqat bevosita san’atdan ta’sirlanish, nafaqat badiiy qadriyatlarni yaratish, idrok etishdan qoniqish, shu bilan birga, san’at orqali jamiyat, ijtimoiy qatlam, alohida shaxslarning qondiriladigan ehtiyojlaridan ham tashkil topadi.
Jahon tajribasidan foydalanib, bozor iqtisodiyoti sharoitida madaniyat va san’at sohasini tashkil etish va boshqarish borasida yangi innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish bundan buyon ham qiyosiy tahlil qilinadigan masalalardir.

Yüklə 2,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin