13
deb nomlanadi. Odamlar bir manzildan ikkinchisiga ko'chib o'tganlaridek, so'zlar
ham bir turkumdan ikkinchisiga ko'chib o'tishi mumkin. So'zlarning bir turkumdan
ikkinchisiga ko'chib o'tishi ma'lum qonuniyatlarga, o'zining tipik yo'nalishlariga ega.
Hozirgi kunda fe’l so’zlarning otga ko’chganligini quyidagi hollarda kuzatamiz:
1. O'zak holidagi fe'llar: kurash, yel, kengash, shish, yuq, ich, ko'ch, qir.
2. Birgalik nisbatidagi fe'llar: o'ynash.
3. O'zak holidagi juft va takroriy fe'llar: ur-yiqit, ur-sur, baqir-chaqir, yasan- tusan,
supur-sidir, yugur-yugur, chopa-chop.
4. Harakat nomining -v/ -uv. -sh/-ish, -r/ar qo'shimchalarini olgan sodda, juft
fe'llar va ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmalari : a)
saylov, ishlov, uquv, chanqov, qatnov,
qistov, tintuv, maqtov, tergov, to'lov, qalov, qarov, to'ntarish, o'zgarish, qiziqish,
o'qish, o'tirish, qarash, muyulish//burilish,
burilish(“o'zgarish”
ma'nosida); yozuv-chizuv, yirish-turish, borish-kelish, bosar-tusar; ko'rolmaslik,
kiraverish.
5. Aniq(yaqin) o'tgan zamon shaklidagi sodda, juft va takroriy fe'llar:
chaqirdi,
ko'rdi; keldi-ketdi, qo'ydi-chiqdi, oldi-berdi, oldi-sotdi, mindi-mindi (bolalar
o'yinining nomi) .
Sifatga ko'chgan fe’llarga esa aniq (yaqin) o'tgan zamon shaklidagi juft fe'llar va
fe'lli birikmalari misol bo’ladi: oldi-qochdi (gap), kuydi-pishdi (ayol), iliguzildi
(vaqt), ichakuzdi (hangomalar), supraqoqdi (farzand, ya'ni so'nggi farzand).
Fe'lning morfologik xususiyati ham yetakchi hisoblanadi. Fe'llar
yuqoridagi
tasnifga suyanadigan bo’lsak, o’zgaruvchan leksemalardir. Fe'lda munosabat
shakllaridan zamon, mayl, shaxs-son mavjud. Fe'l mazkur shakllari bilan tuslanadi.
Bular fe'lini tasniflovchi grammatik shakl hisoblanadi. Qolaversa, fe'lning
grammatik kategoriyalari sanaladi.
Fe'lning yasalishi ham uning morfologik xususiyati sanaladi. Fe'l maxsus
qo’shimchalar orqali yasaladi.
Fe'llarda
kuzatilgan soddalashish, ixtisoslashish hodisalarini ham ushbu
turkumga xos morfologik mezonga kiritish mumkin.
Affiksatsiya. Bu usulda fe’llar asosga qo'shimcha qo'shish orqali hosil bo'ladi.
14
Mazkur usulda yangi so'z yasash morfologik usulda so'z yasash usuli deb ham
yuritiladi. Affiksatsiya usuli bilan so'z yasalishi mavjud 12 ta so'z turkumining 5
tasiga xosdir, ya'ni ot, sifat, fe'l, ravish, qisman, olmosh so'z turkumida affiksatsiya
usulida so'z yasash uchraydi.
Fe’lda affiksatsiya usulida so’z yasash kuchli. Bu usul bilan, odatda, fe’l
bo’lmagan so’zlardan fe’l yasaladi. Yasash asosiga qo’shilib, fe’l hosil qilishning
me’yori turlicha. Fe’l
yasashda -la, -lan, -lashtir kabi affikslar unumdor sanaladi.
Bizningcha, ayni zamonda -lashtir affiksining so’z yasashdagi unumdorligi -la
affiksidan ham yuqori. Chunki yaqin yillarda leksik qatlamimizga kirib kelib
o’rnashgan bir qator so’zlardan aynan shu qo’shimcha bilan fe’l yasalishi nisbatan
ko’p kuzatiladi. Masalan,
kinolashtirmoq, kompyuterlashtirmoq, texnikalashtirmoq,
Dostları ilə paylaş: