O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 259 Kb.
səhifə2/12
tarix21.05.2023
ölçüsü259 Kb.
#119176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Korxonalarda mehnat resurslaridan oqilona foydalanish

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati .

KIRISH


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish faoliyatida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim yo’nalishlaridan biri - mehnatga bo’lgan munosabatni, ish joylarida mehnatni tashkil etish, mehnat normalarini tubdan o’zgartirish, har bir ishchining korxonalardagi mehnatning sifati va samaradorligiga yarasha haq to’lashni ta’minlash mehnat munosabatlarini tubdan yangilash, mehnatni moddiy rag’batlantirish tizimini takomillashtirishhamda mehnat unumdorligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
So’nggi yillarda iqtisodiyotda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarida mehnatni tashkil etish va normalash harakatini rivojlantirish bo’lib, bu jarayon tarmoqda band bo’lgan mehnat munosabatlaridan samarali foydalanishdagi o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Ishchilar o’rtasidagi munosabatlarni adolatli tarzda qonuniy va me’yoriy xujjatlar asosida tashkil etishga keng e’tibor qaratildi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaydiki “yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bо‘lsada, о‘tgan yili Bandlikka kо‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foyizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq”.1
Albatta, mamlakatimizda chuqur o’zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda.
Iqtisodiyotning izchil va barqaror rivojlanishini ta’minlashda kelgusi davr uchun puxta va har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yo’nalishlar, turli darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot dasturlarning ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Ayni paytda, bosib o’tilgan yo’l - oldingi davrdagi erishilgan yutuq va natijalarni tanqidiy baholash orqali tegishli xulosalar chiqarish, ular asosida ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish dasturlarini yanada takomillashtirib borish, mehnat salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatlarini taxlil etish kabi vazifalarni bajarish muhim ahamiyat kasb etadi va ayniqsa, hozirgi sharoitda yanada dolzarb bo’lib bormoqda.
Ayni vaqtda qayd etilgan va o’z echimini etarli darajada ta’minlash borasida amaliy taklif va xulosalar ishlab chiqishning zarurligi mavzuning dolzarb va maqsadli ekanligini ko’rsatadi.

Yüklə 259 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin