BMINING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning dolzarbligi. Jahon tilshunosligining hozirgi taraqqiyoti
davrida til sistemasi birliklarining amalda real qo‗llanishi masalalari
talqini o‗ta dolzarb muammolardan biridir.Hozirgi zamon o‗zbek tili
sintaksisi, ayniqsa, uning qo‗shma gap qismiga oid birmuncha
tadqiqotlar qilingan bo‗lishiga qaramay, bu sohada hali o‗z yechimini
kutayotgan muammolar kam emas. O‗zbek tilshunosligi o‗zining yangi
taraqqiyot bosqichiga qadam qo‗ydi. Bugungi kunda davr milliy til va
milliy ma‘naviyat mushtarakligi masalasiga daxldor yangidan-yangi
vazifalarni qo‗ymoqda. Prezidentimiz ta‘kidlaganlariday: ―Bugungi
44
kunda davlat va jamiyat qurilishi sohasida mamlakatimiz oldida o‗zining
miqyosi va qamroviga ko‗ra ulkan vazifalar turibdi‖
6
Mustaqillik
yillarida o‗zbek xalqining o‗z tili, adabiyoti, san‘ati va tarixini yanada
chuqurroq, uning o‗ziga xos nafosatini ulug‗lagan holda o‗rganish
imkoniyati kengaydi. Ma‘naviyatimizning ajralmas qismi bo‗lgan
tilimizni tadqiq qilish ham istiqlol bergan ne‘matlardan hisoblanadi.
Yurtboshimiz ta‘kidlaganlaridek , «Albatta, har qaysi xalq yoki
millatning
ma‘naviyatini uning tarixi, o‗ziga xos urf-odat va
an‘analarilari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib
bo‗lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma‘naviy meros, madaniy boyliklar,
ko‗hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‗lib xizmat
qiladi»
7
. Shu ma‘noda millat ma‘naviyatining uzviy qismi bo‗lgan
o‗zbek tilini o‗rganish ulkan ahamiyat kasb etadi. O‗zbek tilida gap
semantikasi va strukturasi, qo‗shma gaplarning mazmuniy xususiyatlari
bilan bog‗liq masalalar ko‗p vaqtdan buyon tilshunoslar diqqatini o‗ziga
jalb qilib kelmoqda. Zotan, bu jarayonga bog‗liq masalalarni chuqur
tadqiq etish gap strukturasida yuz beradigan o‗zgarishlarni atroflicha
tavsiflashni talab etadi.
Ma‘lumki, qo‗shma gap sintaksisning yuqori sath birliklaridan
bo‗lib, qismlar o‗rtasidagi semantik-sintaktik munosabatlar boshqa quyi
sath birliklariga nisbatan o‗ziga xos tarzda namoyon bo‗ladi. Ergashgan
qo‗shma gaplar bir necha marotaba monografik tadqiqotlar uchun manba
bo‗ldi. Ushbu masala to‗g‗risida tadqiqotlarda, ta‘lim bosqichlarida
masalaning o‗rganilishi sohasida turli tuman qarashlar, yondashuvlar
yuzaga keldi. Ularni tahlil qilish va o‗rganish mavzuning dolzarbligini
belgilaydi.
6
Каримов И.А. Мамлакатимизни модернизация қилиш ва фуқаролик жамияти барпо этиш - устувор
мақсадимиздир -Тошкент: Ўзбекистон, 2010. 17-б.
7
Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Тошкент: Маънавият, 2008. 29-30 б.
|