9
Innovatsiya zamirida keng qamrovda oqilona
yangiliklardan foydalanish
tushuniladi (xoh u yangi texnologiyalar ko’rinishida bo’lsin, xoh xizmat yoki
mahsulot ko’rinishida, xoh tashkiliy-texnik va ijtimoyi-iqtisodiy yechimlarni
o’zida qamrab olgan moliyaviy, tijoriy, ma’muriy xarakterdagi omil ko’rinishida
bo’lsin). G’oyalarni
vujudga kelish, ularni shakillanish va amaliyotda tadbiq
etilishigacha bo’lgan davrini innovatsiyaning hayoti sikl deb atash mumkin.
Innovatsiyaning hayotiy siklini innovatsion jarayonlar tashkil etadi. “Innovatsiya”
va “innovatsion jarayon” atamalari bir biriga juda yaqin lekin bir xil tushunchalar
emas. Innovatsion jarayon deganda yangiliklarni shakllantirish, o’zlashtirish va
targ’ib etishni tushunish mumkin. Innovatsiya tashkilotchilari (novatorlar)
asoslangan kriteriyalarga binoan ish yuritadilarki, ijobiy natijalar sifatida iqtisodiy
samaradorlik yaqqol namoyon bo’ladi.Ularning strategiyasi,
asosan sof raqobat
muhitida aniq bir jabhada yangilik yaratgan holda raqobatchilardan o’tib ketishga
qaratilgan. Ilmiy-texnik ishlab chiqilmalar va yangiliklar, ilmiy ishlab chiqarish
siklning oraliq natijasi ko’rinishida namoyon bo’ladi va amaliy qabul qilish
mobaynida so’nggi natija sifatida ilmiy-texnik innovatsiyani o’zida akslantiradi.
Ilmiy-texnik ishlab
chiqilmalar va kashfiyotlar, amaliyotda qo’llanishi nazarda
tutilagan ilmlarga ilova bo’lib xizmat qiladi, ilmiy-texnik innovatsiya esa (ITI) bu
ite’molchilarning aniq bir talabini qondirish uchun ishlab chiqarish jarayoniga
kiritilgan yangi g’oya-bilimlarga, kashfiyotlarga moddiy tus berishdir.
Ummuman olganda inovatsiyalar quydagicha tasniflanadi:
Innovatsiyalar texnologik parametrlarga bog’liq holda:
- mahsulotli innovatsiyalarga (ya’ni bu inovatsiyalar, yangi xom ashyolarni,
yangi yarim tayyor mahsulotlarni va printsipial jihatdan yangi mahsulotlarni qabul
qilishni o’zida mujassamlashtiradi),
- jarayonli innovatsiyalarga (ya’ni bu tur innovatsiyaning mohiyati shuki, u
ishlab chiqarish jarayoniga yangi usullarni va texnologiyalarni
tadbiq etishni
nazarda tutadi.O’z o’rnida jarayonli innovatsiya tashkilotning yangi tashkiliy
strukturasini tashkil etishga bevosita ishtirok etishi mumkin) bo’linadi; -
yangiliklarning turi buyicha innovatsiyalar:
- jahon yangiliklarga (ya’ni jahonda mavjud tarmoqlarda sodir
bo’layotgan yangiliklar),
- mamalakat yangiliklari (ya’ni mamlakat tassarufidagi tarmoqlarda yuz
berayotgan o’zgarishlar va yangiliklar);
- tizimda joylashuv o’rniga ko’ra (tashkilotlarda, firmalarda).
10
Tashkilotlarga kirishdagi innovatsiyalar, ya’ni bunda xom –
ashyolarga,
materiallarga,
ma’lumotlar va mashina uskunalarga bo’lgan tanlovda
o’zgarishlarni tushunish mumkin. Tashkilotlardan chiqishdagi innovatsiyalar,
ya’ni bunda to’lov berilgan buyumlar,
xizmatlar, texnologiyalar va hokazolar
tushuniladi. Tashkilotning tizimli strukturasidagi innovatsiyalar, ya’ni boshqaruv,
ishlab chiqarish va texnologik strukturadagi innovatsiyalar.
O’zgarishlar qay darajada ekanligiga ko’ra innovatsiyalarni quydagilarga
bo’lish mumkin: radikal, modifikatsion (xususuiy),
yaxshilanib boruvchi
innovatsiyalar. Tashkilotlarning faoliyat chegarasini hisobga olgan holda
innovatsiyalarnig tasniflanishi: texnologik, ishlab chiqarish,
iqtisodiy, savdo
innovatsiyasi, ijtimoiy, boshqaruv sohasidagi innovatsiyalar. Ana shunday bir-biri
bilan uzviy bog’langan chora tadbirlar ayni vaqtda jahon moliyaviy inqirozidan
imkon qadar tez chiqish va uning oqibatlarini yengillashtirishga,
iqtisodiyotni
modernizatsiyalash modelining samarali amalga oshirilishiga zamin yaratadi.
Dostları ilə paylaş: