O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus taъlim vazirligi


Mavzu 9: Bank kredit operatsiyalari



Yüklə 196,4 Kb.
səhifə10/12
tarix21.04.2023
ölçüsü196,4 Kb.
#101311
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
аслиддин

Mavzu 9: Bank kredit operatsiyalari
Kredit siyosati-kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko'rsatmalar bilan ta'minlovchi hujjat.
Siyosatning asosiy maqsadi–hududlar va iqtisodiyot tarmoqlariningkreditlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish, kreditlash jarayonida qonunlar va me'yoriy hujjatlarga rioya etish, tavakkalchiliklarni samarali boshqarish va bank likvidliligini ta'minlash orqali minimal tavakkalchiliklar asosida maksimal foyda olishdan iborat.
Mamlakatni rivojlantirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish,ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirishda ishtirok etish hamda bank likvidliligini ta'minlash va bank daromadliligini oshirish maqsadida, quyidagilar kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari deb belgilanadi:
a)bankning investitsiyaviy faolligini yanada oshirish va kredit portfelining
umumiy hajmida uzoq muddatli kreditlar miqdori va ulushining uzoq muddatli
majburiyatlarga mutanosiblikni saqlagan holda o'sishini ta'minlash;
b)kreditlash jarayonida asosiy e'tiborni iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini rivojlantirish, jumladan agrosanoat kompleksi tarmoqlarida ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash,zamonaviy xorijiy texnologiyalar hamda uskunalar sotib olishga qaratilgan yuqori samarali investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga qaratish;
v)yuqori samarali investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun ichki va tashqi investorlar, shu jumladan halqaro moliyaviy institutlar hamda xorijiy banklar kredit yo'nalishlari mablag'larini jalb qilish;
g)zanjirli ishlab chiqarishni keng yo'lga qo'yish orqali yuqori qo'shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish hajmini oshirish maqsadida paxta xom-ashyosini birlamchi qayta ishlash, to'qimachilik va boshqa yo'nalishlardagi klaster korxonalarini (keyingi o'rinlarda - klaster) moliyaviy qo'llab-quvvatlash;
d)ichki iste'mol bozorini mahalliy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash va yangi ish o'rinlarini yaratish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari hamda qishloq xo'jaligi korxonalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, ularga ajratilayotgan kreditlar hajmini oshirish;
ye)aholi tadbirkorligini, shu jumladan shaxsiy tomorqa yerlaridan samarali foydalanishni moliyaviy qo'llab-quvvatlash;
yo)hududlarda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishda go'sht, sut, tuxum, meva-sabzavot, uzum, poliz va dukkakli ekin
mahsulotlari ishlab chiqarish, ularni saqlash va qayta ishlash loyihalariga ustuvorlik berish;
j)hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xususiy tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash jarayonlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash.
Bankning siyosatni amalga oshirish jarayonidagi vazifalari quyidagilar:
a)kreditlashni bankning ichki siyosatlari va tartiblariga amal qilgan holda b)kreditlash mexanizmlarini izchil takomillashtirib borish;
v)kredit risklarini aniqlash, baholash, nazorat qilish va boshqarishning adekvat uslublarini ishlab chiqish va joriy qilish;
g)xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning kreditlari va investitsiyalarini jalb etish hisobiga kredit amaliyotlarini kengaytirish;
d)hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xususiy tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash jarayonlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash;
y)qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi sub'ektlarga kompleks xizmat ko'rsatish, shu jumladan kredit berish;
o)klasterlarga ko'rsatilayotgan bank xizmatlari ko'lami va sifatini yanada oshirish, moliyaviy barqaror yangi klasterlarni bankka jalb qilish, ularga aylanma mablag'larni to'ldirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar ajratish;
j)erlarning meliorativ holatini yaxshilashga, agrosanoat majmuasi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashga, zamonaviy chet el texnologiyalari hamda uskunalarini jalb etishga yo'naltirilgan faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, shu asosda yuqori sifatli, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni, shuningdek ichki iste'mol bozorini mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan barqaror to'ldirib borishni qo'llab-quvvatlash.
Siyosatning strategiyasi quyidagilardan iborat:
a)kredit portfeli tavakkalchiliklarini samarali boshqarishni ta'minlovchi tizimni shakllantirish;
b)tavakkalchiliklarni samarali boshqarish orqali kredit portfeli hajmining sifatli o'sib borishiga erishish;
v)kredit portfelining sifatini yaxshilash hisobiga daromadlilikni oshirish va likvidlilikni ta'minlash;
g)bankning strategik maqsadlariga mos, iqtisodiy jihatdan istiqbolli,rentabelli loyihalarni moliyalashtirishga qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish;
d)aktivlar va majburiyatlar muddatlarini mutanosibligini ta'minlash maqsadida jalb etilgan resurslar miqdori va muddatlaridan kelib chiqqan holda kreditlash;
ye)bank mijozlari bilan uzoq muddatli, o'zaro manfaatli munosabatlarning rivojlanishiga ko'maklashish;
yo)xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining uzluksizligini ta'minlash maqsadida “revolьver” kreditlaridan, ochiq kredit liniyalaridan va boshqa qisqa muddatli kreditlardan foydalanishni kengaytirish;
j)o'zlashtirilmagan resurslarni boshqa banklarga qayta moliyalash orqali xorijiy kredit liniyalari mablag'laridan foydalanish samaradorligini oshirish;
z)kreditlashni bankning boshqa ichki siyosatlari va tartibotlariga hamda Markaziy bank tomonidan belgilangan prudentsial normativlar talablariga rioya
qilingan holda amalga oshirish.
Kredit xizmatlari mulkiy maqomidan hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar amaldagi qonunchilik hamda o'rnatilgan tartiblar doirasida qishloq xo'jaligi, sanoat, qurilish, savdo, xizmat ko'rsatish va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari sub'ektlariga hamda jismoniy shaxslarga ko'rsatilishi mumkin.
Kreditlar amaldagi qonun va qonunosti hujjatlariga, shuningdek bankning ichki me'yoriy hujjatlariga zid bo'lgan maqsadlarga berilmaydi.
Kredit mablag'lari tovarlar, xizmatlar va ishlar uchun tovar yetkazib beruvchi, xizmat ko'rsatuvchi yoki ish bajaruvchining hisobvarag'iga o'rnatilgan tartibda pul o'tkazish yo'li bilan yoki naqd pul shaklida berilishi mumkin.
Bank tomonidan kreditlar, lizing va faktoring xizmatlari (keyingi o'rinlarda - kreditlar) O'zbekiston Respublikasi rezidentlariga muayyan muddatda qaytarish, ustama to'lash, ta'minlanganlik va maqsadli foydalanish tamoyillari asosida ajratiladi (bankning ichki me'yoriy hujjatlarida ko'rsatilgan hollarda ba'zi kredit turlari bo'yicha maqsadli foydalanish va ta'minlanganlik tamoyili talab qilinmasligi mumkin).
Kreditlar bank filiallarida asosiy yoki ikkilamchi hisob raqamiga ega bo'lgan qarz oluvchilarga beriladi. Bunda, kreditlar ikkilamchi hisobraqamdan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, bayonnomalari va topshiriqlarida belgilangan hollarda, shuningdek bank Kredit qo'mitasining alohida qarorlari asosida ajratilishi mumkin.
Kredit qo'yilmalari va kredit resurslari hajmlarining o'zaro mutanosibligi Bankning tasdiqlangan biznes-rejasi hamda tegishli ichki me'yoriy hujjatlari talablari doirasida samarali boshqariladi.
Hududlarda yangi ish o'rinlarini tashkil etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash loyihalarini moliyalashtirishga hamda import o'rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishni kreditlashga ustuvorlik beriladi.
Bank Boshqaruvi ichki me'yoriy hujjatlarga asosan ushbu bitimlarni tuzish bilan bog'liq vakolatlarini Bosh bank Kredit qo'mitasiga shuningdek bosh bankdagi tuzilgan boshqa kredit komissiyalari, Hududiy boshqarmalar va filiallar kredit komissiyalariga (keyingi o'rinlarda – Kredit komissiyalari), Anderrayterlar guruhiga berishi mumkin.
b)Bank Kuzatuv Kengashi yirik (bank sof aktivlarining 15 (o'n besh) foizidan 50 (ellik) foizigacha bo'lgan qiymatdagi) hamda bankka aloqador(afillangan) shaxslar bilan kreditlar berish va boshqa moliyalashtirish bilan bog'liq bitimlarni tuzish va ularning shartlarini o'zgartirish to'g'risida qaror qabul qilish vakolatiga ega;
Bank Aktsiyadorlari umumiy yig'ilishi yirik (bank sof aktivlarining 50 (ellik) foizi va undan ortiq qiymatdagi), shuningdek bank Kuzatuv Kengashida qaror qabul qilish uchun yakdillik bo'lmagan hollarda, bank sof aktivlarining 15 (o'n besh) foizidan 50 (ellik) foizigacha bo'lgan iymatdagi kreditlar berish va boshqa moliyalashtirish bilan bog'liq hamda bankka aloqador(afillangan) bo'lgan shaxslar bilan(bank Aktsiyadorlari umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanishi lozim bo'lgan hollarda) bitimlarni tuzish va ularning shartlarini o'zgartirish to'g'risida, qaror qabul qilish vakolatiga ega;
g)Bank Boshqaruvi kreditlarning qaytarilishi holati, kredit portfeli tarkibidagi muammoli kreditlar miqdori va ulushidan kelib chiqib, butun bank tizimida yoki uning alohida filiallarida kreditlash, kafolat berish, boshqa moliyalashtirish bilan bog'liq amaliyotlarini vaqtincha to'xtatib turishga haqli.
d)kreditlarning foiz stavkalari bankning vakolatli qo'mitasi (kollegial organi) tomonidan belgilanadi. (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, bayonnomalari va topshiriqlarida belgilangan kreditlar bundan mustasno).



Yüklə 196,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin