V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Hozirgi davr mutaxassisidan yuqori darajadagi tayyorgarlik, mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olish, belgilangan vazifalarni bajarish uchun kо‘p ma’lumotlar orasidan kerakligini tanlab olish va bu ma’lumotlarni qayta ishlay olish talab qilinadi.
Talabalarning mustaqil ta’limidan asosiy maqsadlar quyidagilardan
iboratdir:
● yangi bilim olish usullarini egallash, jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;
● auditoriyadagi mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va tartibga solish;
● ma’lumotlar va maxsus adabiyotlar bilan ishlashni о‘rganish;
● о‘quv materiallarini mustaqil о‘rganish.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: To‘plam. To‘plamlar ustida amallar.