113
Mehnat motivatsiyasiga firma xizmatchilarini iyerarik ehtiyojini hisoblash
yordamida erishladi.
Rahbariyatning vazifasi ularni qoniqtiruvchi sharoitlarni yaratish, shu bilan
xodimlarni intensiv va sifatli mehnatini motivlash. O‗z navbatida jo‗shqin va xushyor
persanal rahbariyatga taqsimotni optimallashtirishga va nazoratga yordam berishi va
hamkorlik qilishi mumkin.
Xulosa qilib, qisqacha samarali taqsimotning to‘rtta tamoyilini qayd qilishimiz
mumkin:
1. O‗z sarf-harajatlarini bilish va nazorat qilish. Xatto kichik progress ham taqsimot
tizimini har bir segmenti bo‗yicha harajatlarni bilmasdan mumkin emas. Mazkur
ma‘lumotlarga ega bo‗lib, rahbariyat kelajak muammolarini oldindan ko‗rishi, to‗g‗ri
ustunliklarni belgilash, potensial jamg‗armalarni hisoblab chiqish, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish bo‗yicha mos ravishdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish
imkoniyatiga ega bo‗ladi.
2. Taqsimotni muhimligini tushunish. Taqsimotning tushib ketishi ko‗pgina
kompaniyalarni notinchligiga olib keluvchi foyda olish imkoniyati kabi ko‗rib chiqiladi.
Ko‗p hollarda bu turistik biznesga jalb qilingan aniq harajatlar to‗g‗risida boshqaruvni
oddiygina ogohlantirlmasligi oqibatida kelib chiqadi. Taqsimotni foydaligini va muqobil
taqsimot shakllari hamda strategiyasini turli ta‘sirlarini nafaqatgina oliy rahbariyat balki
funksional bo‗linmalar rahbarlari ham sezishi zarur. Rahbariyat bitta sohadagi qarorlar
umumiy harajatlar va ishlab chiqarishga ta‘sir etishni tushunib yetmagunga qadar,
umumiy kam harajatli raqobatbardoshli tizimni olish uchun u bir harajatlarni boshqasiga
almashtira olmaydi.
3. Maxsus usullarni ishlab chiqish. Ko‗pgina turfirmalar kompyuter texnikasi
muammolaridan tushkunlikka tushmoqdalar, lekin ularga taqsimot vazifasini aniq
tushunib yetishga to‗g‗ri kelmayapdi. Yangi texnologiyalarga tashabusni batafsil
bilimlari bilan birga qo‗shish g‗ayrati, shijoati, jonbozligi, tashabbuskorligi zarur.
Agar texnika turfirmani maxsus o‗ziga xos talablariga javob bersangina u foyda
keltirishi mumkin.
4. Taqsimotdagi ko‗nikmalar va imkoniyatlarni oshirish. Taqsimotni boshqarishda
zarur bo‗lgan bilim va qobiliyat tashkiliy va vazifaviy aloqalarni almashtirish yo‗li
bilan olishi mumkin emas. Ham oliy menejment doirasida ham firmani qolgan xodimlari
doirasida yuqori darajadagi malaka va tajriba talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: