10
u funksiyalangan tobe korxonalargagina o‗z ta‘sirini o‗tkazib qolmasdan, boshqa
sohalarda ham o‗z ustivorlik tomonlarini namoyon eta boshladi.
Mamlakat va mintaqalarda turistlarning tutgan o‗rni, iqtisodiy tizimga ta‘sirini
keng tus ola boshlaganidan tuooperatorlar xususida dunyo davlatlari o‗rtasida o‗zaro
rioya etiladigan tartiblar ishlab chiqilgan. Birinchi o‗rinda turopereytingga oid faoliyat
uchun ruxsatnoma, davlat organini aniqlash ruxsatnoma vakolatlari talab etiladi. Talab
etiladigan ruxsatnomani (litsenziya) davlat qonunchiligiga muofiq va mahalliy
sharoitlardan kelib chiqib uch guruhga bo‗lish mumkin:
- mustaqil faoliyat yurituvchi huquqini beruvchi turoperator ruxsatnomasini
(litsenziyani) yuridik shaxs sifatida qonuniy shakllanganligini tasdiqlovchi hujjatlar
taqdimoti, eng avvolo yuridik shaxslarni ta‘sischilari haqida ma‘lumot, uning tashkiliy-
huquqiy shakli, ustav kapitalini o‗lchami, ishtirokchi firmasining mulki to‗g‗risida
ma‘lumot;
- turizm sohasida tajribaga ega bo‗lgan ishchilar guruhining, shtatlarning
mavjudligi yoki ma‘lumoti muofiq keladigan, ya‘ni kelajakda sifatli turoperator
xizmatlari ko‗rsata olish mumkinligi isbotlovchi holatlarni talab etilishi;
- kelajakda turoperatorlik faoliyati istiqbollari uchun shartnomalar (yuk
tashuvchilar, boshqa turoperatorlar bilan shartnoma munosabatlari) mavjudligi.
Turoperator tavakkalchilik darajasini hisobga olib operator ishi bilan bog‗liq yuk
tashuvchilar, konsullik xizmatlari, fors-mojor holatlari va turistlar xuquqlarini buzilishi
ehtimollari, ularga ma‘naviy zarar yetkazishlarni hisobga olib jahon turoperator reytingi
tomonidan turoperatorlar uchun moliyaviy kafolatlar ishlab chiqilgan. Bu pul
ko‗rinishida banka depozit sifatida qo‗yiladi, u albatta ma‘lum summa qiymati
ifodalaydi. Bu chora turizm bozorida kichik va o‗rta darajali turoperatorlarni faoliyatini
qisqarish va cheklanishga olib keldikim, bu o‗z o‗rnida yirik turoperatorlarga raqobatda
yengillik hosil qiladi. Moliyaviy kafolat naqdligi turoperator uchun kutilmagan
muammolarni bartaraf etishda imkoniyat yaratadi, turistlar huquqlarini himoyasini
kafolatlaydi.
Dostları ilə paylaş: