O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti budjet hisobi va davlat jamg’armalari fakulteti


II bob. Auditorlik faoliyati milliy standartlarini amaliyotda



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə2/19
tarix04.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#107179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
auditorlik faoliyatining milliy standartlarini amaliyotga qollash

II bob. Auditorlik faoliyati milliy standartlarini amaliyotda


qo’llashning hozirgi holati………….….. 19

2.1. Auditni re alashtirish bilan bog’liq milliy


standartlar 19


2.2. Auditorli dalillarini olish bilan bog’liq milliy


standartlar……..……………………………………………………….…… 36


2.3. Auditorlik hisobotini tayyorlash bilan bog'liq milliy


standartlar…………………………………………………………….…….….40





  1. bob. Auditorlik faoliyati milliy standartlarini rivojlantirish istiqbollari.………………………………………………………………….…44

3.1. Professional hizmat o’rsatish bilan bog’liq standartlarni


takomillashtirish……………………………………………………….………44


3.2. Auditorlik faoliyati milliy standartlarini xalqaro audit standartlariga


muvofiqlashtirish istiqbollari va muammolari……………..…..… 53




Xulosa va takliflar……………………………………………..………70


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………….…..………73


Ilovalar………………………………………………………… ……..79

3
KIRISH




Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Xozirda mamlakatimizda olib borilayotgan tub iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyotning barcha sohalari

rivo lanib bormoqda. Bunda uchli fuqaroli amiyatini sha llantirish yo’lida


bеlgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda.


Iqtisodiyotni mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo’lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur'atlariga erishish Vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta'minlashning muxim shartlaridan xisoblanadi. Respublikamiz mustaqillikka erishganligi tufayli iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslari, demokratik davlat qurish va uni rivojlantirishning shart-sharoitlari yaratildi. Shu bilan birga bu jarayonda bozor iqtisodiyotining obyektiv qonun va kategoriyalari talablaridan kelib chiqqan holda jahon mamlakatlaridagi hisob, audit ishlarining integratsiyalashuviga erishish borasida huquqiy baza yaratilmoqda. Shuningdek, jamiyat hayotidagi ijobiy o'zgarishlarni hisobga olgan holda ulardan ijobiy foydalanilmoqda. Bu borada mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishning ustuvor


yo'nalishlari aniq belgilanib, iqtisodiyotni va xo’ ali yurituvchi subyektlar faoliyatini erkinlashtirishda katta ishlar amalga oshirilmoqda.


Tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida buxgalteriya hisobi va auditning nazariy, tashkiliy va amaliy jihatlari bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablaridan kelib chiqqan holda ko'rib chiqilishi lozim. Uning nazariy, amaliy, huquqiy jihatlari bilan birgalikda iqtisodiy nazoratni amalga oshiradigan auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ham tub iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi ekanligi ko'zga tashlanmoqda.


Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor


iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Bu borada


Prezidentimiz Islom Karimov shunday deydi:


«Bozor infrastrukturasini yaratish va uning faoliyatiga hos jarayonlarni tartibga solishni ta'minlaydigan qonun me'yorlari faol shakllantirilib borildi.


4
Ularning asosiy qoidalari banklar va bank faoliyati to’g’risidagi, pul tizimi to’g’risidagi, tadbirkorlik to’g’risidagi, sug’urta to’g’risidagi, birja va birja faoliyati to’g’risidagi, auditorlik faoliyati to’g’risidagi, qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risidagi va boshqa qonunlarda o'z aksini topdi. Ushbu qonunlar qabul qilinishi bilan respublikada bozor mehanizmlarini rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratildi»1.

Darhaqiqat, bozor infratuzilmasini barpo etish va uning faoliyatini jadallashtirish bevosita qonuniy-me'yoriy asoslarni ishlab chiqishga bog’liq. Bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirishda qonuniy-me'yoriy asoslarga muhim e'tibor qaratish lozim.





Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin