42
Salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi mahalliy kompaniyalar qarshiligini engib o‘tish
va qonunchilikni o‘zgartirishga quyidagi choralarni amalga oshirish yo‘li bilan
erishildi. Hindiston hukumatiga mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport
qilishda ko‘maklashish taklif etildi. Bundan tashqari, «Pepsi-Kola» kompaniyasi o‘z
mahsulotlarini Hindistonning qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan hududlarida sotish
orqali ularning iqtisodiyoti rivojlanishiga ko‘maklashishni va’da qildi. Bu va ikkala
tomon uchun foydali bo‘lgan boshqa takliflar Hindistonning ko‘plab siyosiy,
hukumat, jamoatchilik va ishbilarmonlik doiralari vakillari orasida o‘z tarafdorlariga
ega bo‘ldi.
Yuqorida aytib o‘tilganlarning barchasi bozorlarni qismlarga ajratish
darajasining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Ishlab chiqaruvchilar deyarli har qanday
ehtiyojni qondiradigan tovarlarni taklif eta boshladilar. Tovarlar va marketing
tadbirlarining individuallashuvi ro‘y bermoqda, bu esa, mos ravishda, yangi
tovarlardan qo‘shimcha foyda olishning pasayishiga olib keladi. Zamonaviy raqobat
strategiyalarining asosini mavjud bozorlardan tashqarida yangi tovarlar yaratishga
imkon beradigan innovatsiyalar tashkil etmoqda. Bunday sharoitlarda innovatsion
marketing alohida rol o‘ynamoqda.
Dostları ilə paylaş: