159
taqdiri yoki muhim tarixiy voqea yotardi. Aynan kech o‘rta asr davrida «Ming bir
kecha» nomli mashhur to‘plam oxirgi ko‘rinishga ega bo‘ldi, Antara haqidagi
xalq romanining oxirgi varianti hamda ko‘plab qahramonlik qasidalari shakllandi,
ular arab mamlakatlarida (ayniqsa Misrda) keyingi asrlarda nihoyatda mashhur
bo‘lib ketdi. Ko‘pincha xalq romanlari deb ataluvchi ushbu qahramonlik
qasidalari professional hikoyachilar – muhaddislar tomonidan she’riy qismlari
musiqa asbobi jo‘rligida aytish bilan kechgan va og‘zaki ijro etib kelingan. Xalq
romanlari biz uchun katta madaniy-tarixiy qiziqish uyg‘otadi.
Og‘zaki hikoya qilish an’anasi arab mamlakatlarida eng so‘nggi vaqtlargacha
saqlanib qolgan va hatto, kitob bosishning tarqalishi ham uning yo‘q bo‘lishiga
olib kelmagan. Yuqorida eslab o‘tilgan «Ming bir kecha» va «Antaraning hayoti»
bilan bir qatorda, Qohira aholisi orasida afsonaviy va yarimafsonaviy jangchilar
hamda shonli arab qabilalarining qahramonliklari tasvirlangan ko‘plab xalq
romanlari (Abu Zayd, Bey bars, Zul Himma, Sayf ibn zi-Yazoniyning
«Hayotlar») shuhrat qozongan edi. Ushbu xalq romanlarining hajmi shunchalik
kattaki, uni aytuvchilar ulardan biriga «ixtisoslashganlar» va odatda qat’iy
belgilangan dasturni ijro qilganlar.
Xalq romanlari turli zamonlarda yaratilgan. Ular ko‘p asrlar mobaynida
qayta-qayta avloddan-avlodga berib kelingan hamda xattotlar va ijrochilar
tomonidan ularga bizgacha yetib kelgan ko‘rinishda yozilmagunicha sayqal
berilgan.
Dostları ilə paylaş: