39
qiziqish uyg‘otmaydi va biz uchun ko‘proq tarixiy-madaniy nuqtai nazardan
muhimdir.
Manbalarning guvohlik berishicha, qadimgi arablarda turli maqollar,
hikmatlar va masallar juda mashhur bo‘lgan. Ularning aksariyati, arab an’anasiga
muvofiq, qadimgi arab afsonaviy donishmandi Luqmon tomonidan yaratilgan.
Qabilalar vakillari o‘rtasidagi turli musobaqalar hamda siyosiy va diniy
xususiyatga ega bo‘lgan har xil ommaviy chiqishlar notiqlik san’ati rivojlanishiga
yordam bergan. Ushbu san’at islomgacha bo‘lgan davrdayoq muayyan uslubiy va
kompozision qoidalarga bo‘ysungan. Badaviylar va saroy muhitida arablar
tarixining qahramonona voqealari haqidagi epik hikoya va rivoyatlar yurgan. Ular
keyinchalik urushlar haqidagi afsonalarda o‘z aksini topgan va qadimgi arab
she’riyati antologiyalaridagi sharhlar sifatida qayd etilgan.
Islomgacha bo‘lgan davrdagi arab epik rivoyatlari va afsonalari uning bir
qismi keyinchalik yaratilgan to‘plam – Abu Ubaydning (728-825) «Arablar
kunlari» («Ayyam al-arab») to‘plamiga kirgan. Ularda badaviy qabilalar
o‘rtasidagi muhim janglar hamda ayrim badaviy jangchilar o‘rtasidagi
to‘qnashuvlar haqida so‘z yuritiladi. «Arablar kunlari» rivoyatlarining ba’zilari
Ibn Abd Rabbixa, Ibn al-Asir va boshqa o‘rta asr arab tarixchilari, geograflari va
antologiya tuzuvchilarining kitoblariga kirgan. Ana shunday rivoyatlarning
ikkitasi («Al-Basusaning tuyasi tufayli kelib chiqqan urush» va «Daxis va al-
Gabra urushi»)ning mazmunini yuqorida qisqacha bayon etdik. Qizig‘i shundaki,
qadimgi arab rivoyatlari butun o‘rta asrlar mobaynida og‘zaki berib kelingan va
ko‘plab kech o‘rta asr xalq romanlari ular asosida yuzaga kelgan.
Dostları ilə paylaş: