29
o‗tuvchi oltin, platina, kumush, kamyob elementlar, qimmatbaho toshlar va h.k.),
tovar taqsimlovchi instrumentlar (tovar varranti, konosament, ombor guvohnomasi va
shu kabilar), garov qog‗ozlari, lotoreyalar.
Ro‗yxatdan o‗tkazilishi bo‗yicha: emissiyalanuvchi (aksiya, obligatsiya,
derivativlar) va emissiyalanmaydigan (bank sertifikatlari, cheklar, xususiylashtirish
jarayonida qo‗llaniladigan vaucher va kuponlar, veksellar, ombor guvohnomalari,
konosament, garov qog‗ozlari va h.k.) instrumentlar.
Muomalaga chiqaruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga ko‗ra: davlat,
munitsipal va korporativ moliyaviy instrumentlar.
Egalik huquqini belgilash bo‗yicha: taqdim etuvchiga, egasini ismi yozilgan,
orderli moliyaviy instrumentlar.
Daromad turlariga ko‗ra: dividend beruvchi, belgilangan va suzuvchi foiz
stavkali, kuponsiz (diskontli), yutuqli moliyaviy instrumentlar.
To‗lov muddati bo‗yicha: spot va muddatli bozor instrumentlari.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, moliyaviy instrumentlar vaqt (jumladan, hayot
tsikli), fazoviy (muhit) va bozor xarakteristikalari bo‗yicha tavsiflash mumkinligini
ko‗rish mumkin.
Moliyaviy instrumentlarning fundamental hossalari ularning parametrlari (sifat
ko‗rsatkichlari) orqali ifodalanadi.
Keltirilgan tasnif hohishga va moliya bozorining hususiyatlariga ko‗ra
kengaytirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: