5- bob. TAKRORLANUVCHI HISOBLASH JARAYONLAR
5.1. Takrorlanuvchi (siklik) hisoblash jarayonlari.
5.2. Vektor elementlari qiymatini yig‘indisini topish masalasining blok-
chizmasi.
5.3. Aniq berilgan son asosida oddiy sikllarni tashkil etish blok-chizmalari.
5.4. Takrorlanishlar soni aniq bo‘lmagan sikllar.
5.5. Matritsalar (ikki o‘lchamli massivlar) tushunchasi.
5.6. Matritsaning elementlar yig‘ndisini topish algoritmini tuzish.
5.7. Kvadrat matritsa elementlarini qayta ishlashning variantlari.
5.1. Takrorlanuvchi (siklik) hisoblash jarayonlari
Hisoblash bosqichlarini ko‗p marta qaytarishi mumkin bo‗lgan hisoblash
jarayonlari takrorlanuvchi deyiladi. Sikllar shaxsiy kompyuterda masalalarni
algoritmlashtirish va dasturlashtirishning asosini tashkil qiladi.
Hisoblash jarayonlarini ko‗p marta qaytariladigan qismi
siklning tanasi
deyiladi.
Takrorlanuvchi algoritmlar
quyidagilarga ajraladi:
1)
sikl tanasining algoritmining turi bo‗yicha;
2)
takrorlanuvchi jarayonni boshqarish xususiyatiga ko‗ra.
Silkning tanasi algoritmi chiziqli, tarmoqlangan va takrorlanuvchi bo‗lishi
mumkin. Algoritmning turiga ko‗ra siklning tanasidagi takrorlanuvchi algoritmlar
oddiy va murakkab bo‗lishi mumkin.
Agar siklning tanasi chiziqli yoki tarmoqlangan hisoblash jarayonlaridan iborat
bo‗lsa unda u
oddiy
takrorlanuvchi algoritm deyiladi.
Agar siklning tanasi takrorlanuvchi hisoblash jarayonlaridan iborat bo‗lsa unda u
murakkab
takrorlanuvchi algoritm deyiladi.
Takrorlanuvchi algoritmning tasniflanish chizmasi 5.1- rasmda keltirilgan.
50
5.1-rasm. Takrorlanuvchi algoritmning tasniflanishi
19
Boshqaruvchi qismning xususiyatiga ko‗ra siklning qaytarilishlar soni aniq
bo‗lgan bo‗lishi va aniq bo‗lmagan bo‗lishi ham mumkin. Aniq bo‗lgandan siklning
necha marta qaytarilishi ko‗rsatiladi, masalan 20, 50, 100. Aniq bo‗lmaganda ma`lum
bir natural son orqali ifodalanadi, masalan N, M, K.
Takrorlanuvchi algoritmning asosiy qismlaridan bo‗lib quyidagilar hisoblanadi:
siklning
tanasi (ST), boshqaruvchi qism (BQ), yangi qiymatlarni shakllantirish
(YAQSH) va yangi qiymatlarni kiritish (YAQK). Ushbu qismlarning bajarilishi
ketma-ketligi turlicha bo‗lishi ham mumkin. Ularning ayrimlarini ko‗rib chiqamiz.
Takrorlanuvchi jarayonlarni tashkil qilishning turli usullari mavjuddir. Quyidagi
5.2- rasmda ularning ayrimlaridan misollar keltirilgan.
19
R.Dadabayeva, Sh.Nasridinova, N.Shoaxmedova, L.Ibragimova, Sh.Ermatov. Axborot-kommunikatsion
texnologiyalar va tizimlar.-T.: ―Sano-standart‖ nashriyoti. O`quv qo`llanma. 2017. B. 262
Takrorlanuvchi algortim
O‘zgaruvchining
birlamchi qiymatini berish
Sikl tanasi
Boshqarish
Oddiy sikl
Murakkab sikl
Qo‘yilgan
shartni bajarish
Aniq berilgan
son asosida
takrorlashlar
Chiziqli
hisoblash
jarayoni
Tarmoqlangan
hisoblash
jarayoni
Takrorlanuvchi
hisoblash
jarayoni
51
Yo‗q
Yo‗q
Ha
Ha
a) b)
Ha
Ha
Yo‗q
Yo‗q
v) g)
Dostları ilə paylaş: |