8-shakl. Boshqaruv.
9-shakl. Tashkil etilayotgan yoki kengaytirilayotgan korxona uchun
moliyaviy ma’lumot.
10-shakl. Harakatdagi korxonani sotib olish uchun moliyaviy ma’lumot.
11-shakl. Rahbar uchun qiskacha xulosa.
Qator xorij mualliflari biznes-rejaning rasmiylashtirilishi shakliga e’tiborni
qaratmoqdalar. Qog’oz, papka, yozuv, varaqlarning sifati, ya’ni tashqi ko’rinishi
hujjatni o’kiyotganda ma’lum taassurot qoldirishi mumkin. Xatosiz, toza
yozilgan
hujjat ishonch va hurmat uyg’otadi.
G. Berl AQSh turli shtatlarining to’qqiz rayonlari tadbirkor
boshqaruvchilarining tresti hisoblanmish ishbilarmonlar forumi ma’qullagan
namunali biznes-rejaning ta’rifini keltiradi. Bu quyidagilardan iborat: Hajmi 40
betgacha. Spiral mahkamlagich bilan mahkamlangan.
Muqovada kompaniyaning
nomi yozilgan. Titul varag’ida esa kompaniyaning nomi va manzili yozilgan. Reja
ikki betda yozilgan kompaniyaning bugungi operasiya va rejalari haqidagi
qisqacha axborotdan boshlanadi. Bo’linmalarning nomlari ilova qilingan. Matnda
yetakchi xodim va investorlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.
Buxgalteriya
hisoboti bo’yicha maslahatchilarning va maslahatchi-yuristlarning taqrizlari
keltiriladi.
Biznes-rejani ishlab chiqishda undagi bo’limlar ta’rifi qisqa,
tushunarli
bo’lishiga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bular biznes-rejaga qiziquvchi shaxs
yoki bank xodimining undagi materiallarni o’qish-o’qimasligini belgilab beradi.
Xulosa qisqa bo’lib, biznes-rejaning barcha bo’limlarini qamrab olishi lozim.
Xulosada quyidagi ma’lumotlar mavjud bo’lishi tavsiya etiladi:
- korxonaning nomi, uning yuridik manzili;
- aloqa qilish uchun shaxs, uning telefoni;
- biznes turi;
- kerakli qarz;
- qarzning maqsadi;
- mavjud aktivlar;
- mahsulot va bozor (mahsulotning qisqacha ta’rifi, uning real sotish
imkoniyatlari);
- boshqaruv (asosiy mulk egasi va uning yordamchilari ta’rifi);
- moliyaviy rejalar;
- sotish va daromad hajmining o’sish imkoniyatlari ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: