Mahsulotlarni sotishdan olingan foyda (zarar) qo’shimcha qiymat solig’i va
aksizsiz mahsulot sotishdan tushgan tushum va mahsulotlarning tannarxiga kiritilgan
ishlab chiqarish va sotish xarajatlari o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Keltirilgan
ta’rifdan foyda korxonaning o’z mahsulotlari (ishlari, xizmatlari)ni talab va taklif
asosida vujudga kelgan narxlar bo’yicha sotishdan hosil bo’lgan yalpi
daromad
hajmiga bog’liqligi ma’lum bo’ladi.
Korxonaning yalpi daromadi – mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan
tushgan tushumdan moddiy xarajatlarni chiqarib tashlagandan keyin ish haqi va
foydani o’z ichiga oluvchi korxona sof mahsulotlaridan iboratdir.
Bozor munosabatlari sharoitida korxona eng katta foyda olishga erisha olmasa,
tovarlarni sotish va xizmatlar ko’rsatish bozorida o’z mavqyeini mustahkam ushlab
turish, raqobat sharoitida o’z ishlab chiqarishini dinamik rivojlanishini ta’minlashga
imkon beruvchi foyda hajmini olishga harakat qilishi kerak.
Umumxo’jalik faoliyatidan olinadigan foyda (zarar) quyidagi algebraik summa
tarzida hisoblanadi: asosiy faoliyatdan foyda plyus dividendlar va foizlar bo’yicha
daromadlar plyus yoki minus investisiyalar va qimmatbaho qog’ozlarni qayta
baholashdan keladigan daromadlar (zararlar) va minus foizlar bo’yicha xarajatlar
plyus yoki minus boshqa moliyaviy faoliyatdan daromadlar (zararlar).
Soliq to’langunga qadar foyda umumxo’jalik
faoliyatidan foyda va
favqulodda foydalar va zararlar saldosining algebraik summasi sifatida
aniqlanadi.
Soliq to’langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan
sof foyda daromad
soliqlarini chiqarib tashlash bilan soliqlar to’langunga qadar foyda va minus hali
hyech qayerda hisobga olinmagan boshqa soliq va to’lovlardan iborat bo’ladi.
Quyidagi 8.4.3-jadvalda korxona foyda olishining tahlili berilgan.
Dostları ilə paylaş: