8.2.2-rasm. 2010 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga
kredit resurslari ajratish miqdorining o’sishi, barobar
8.3. Kredit stavkasini aniqlash
Kreditning asosiy sharti qarz uchun haq to’lash.
Bu haq qarz qilingan
summaga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni
qarz foizi yoki
kreditning foiz
stavkasi deb yuritiladi. Qarz foizi pul bozorida amal qiladi. Bozorga chiqarilgan
pulning narxi foiz bo’ladi. Boshqa tovarlardan farqliroq, qarz pulining narxi uning
ma’lum to’lov ehtiyojini qondirish xossasidagi foydalanganlik uchun beriladigan
haq bo’ladi. Qarz puli kapital sifatida yoki odatdagi to’lov yoki xarid vositasida
qo’llaniladi.
Mana shuning uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz stvakasini to’laydi.
Foiz stavkasi oldindan belgilanadi.
Kreditning foiz stavkasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
KFS = KF / KM * 100;
Bu yerda, KFS –
kreditning foiz stavkasi, %;
KF –
qarz foizi, so’m;
KM –
qarz miqdori, so’m.
Kreditlarning foiz stavkasi mamlakatning
ssuda kapitallari bozorida
aniqlanadi. Xalqaro kreditlarning foiz stavkasi esa jahon ssuda kapitallari bozorida
aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nyu-York, Frankfurt, Parij
va Bryussel shaharlarida joylashgan.
Kreditlarning foiz stavkasi turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Bu
omillarning asosiylari quyidagilardir:
1,3
1,4
1,25
1,3
1,35
1,4
1,45
Dostları ilə paylaş: