131
ishlab chiqarish imkoniyatlarini muttasil kengaytirib boruvchi texnika
taraqqiyotining ahamiyatini inkor etdi. Masalan, XIX asrning ikkinchi
yarmida AQSH aholisi deyarli to‗rt barobar ko‗paydi, lekin shu bilan
birga jamiyat a‘zolarining o‗rtacha daromadlari ham to‗rt marta o‗sdi.
T.Maltus aholi zich joylashgan mamlakatlarga qishloq xo‗jaligi ishlab
chiqarishi uchun tabiiy sharoiti yaxshi bo‗lgan
mamlakatlardan oziq-
ovqat mahsulotlarini olib kelish imkonini beruvchi transport
vositalarining tez rivojlana borishini ko‗ra olmagan. Nihoyat, ingliz
olimi o‗lim darajasiga e‘tibor bermagan (o‗lim darajasi bilan aholining
ko‗payish darajasi nisbatan bir xil) va jamiyat farovonligining o‗sishi
tug‗ilishning kamayishiga olib kelishini ham hisobga olmagan.
T.Maltusning nufus nazariyasi industrial jamiyatdan oldingi
taraqqiyot bosqichlari uchun to‗g‗ri keladi, negaki, unda ishlab
chiqarishdagi asosiy rolni tabiiy resurslar o‗ynagan,
texnika taraqqiyoti
esa tasodifiy xarakterda bo‗lgan. Sanoat inqilobi ingliz olimining aholi
o‗sishi va farovonlik darajasining oshishi birga mavjud bo‗lmasligi
to‗g‗risidagi prognozini yo‗qqa chiqardi. Kishilar daromadlarining oshib
borishi
aholining
o‗sishini rag‗batlantiradi, degan maltuscha
konsepsiyadagi markaziy g‗oyalardan birining ham noto‗g‗ri ekanligini
hayotning
o‗zi
ko‗rsatib
berdi.
Rivojlangan
mamlakatlarda
farovonlikning o‗sishiga qaramay tug‗ilish darajasining pasayishi
kuzatilmoqda. Masalan, XX asrda AQSH real mahsulotlari 12 marta
ko‗paydi, aholi soni esa faqat 3 marta o‗sdi. Demak, tovar va xizmatlar
miqdori aholi sonidan ko‗ra 4 marta ko‗p oshgan.
Rivojlangan mamlakatlarda aholining ko‗payishiga bo‗lgan
moyillik yuqori emas. Nimaga? Buning asosiy sabablaridan biri shundan
iboratki, hozirgi davrda yosh bolalar o‗limi darajasining pasayishi ko‗p
bolalik bo‗lish zarurligini bekor qiladi.
Oldingi davrda yosh bolalar
o‗limi ko‗p bo‗lganidan ehtiyot shartdan ularning tug‗ilishi ko‗p
bo‗lgan. Ikkinchi asosiy sababi (Nobel mukofotining sohibi G.Bekker
fikriga asosan), ko‗pchilik ziyoli ayollar uyda bola boqib o‗tirishdan
ko‗ra muayyan mansabdagi ijtimoiy ish bilan shug‗ullanishni afzal
ko‗radilar. Oila ma‘lum ma‘noda ikkinchi o‗ringa suriladi. Tug‗ilishning
kamayishiga ta‘sir etuvchi uchinchi sabab urbanizatsiya –jamiyatning
rivojlanishida shaharning ahamiyati oshib borishi hisoblanadi. Shahar
hayot tarzi ko‗p bolali oilalarning ko‗payishini keltirib chiqarmaydi.
Agar qishloqda bola yoshligidan yordamchi hisoblansa, shaharda esa o‗z
tarbiyasi uchun katta mablag‗ va vaqt sarflashni talab qiluvchi
iste‘molchi hisoblanadi.
132
Ammo qancha ajablanarli bo‗lmasin XX asrning oxiriga kelib
industrial rivojlanish ijtimoiy pessimizmning kelajagi yo‗qligiga
barchada ishonch tuyg‗usini uyg‗otgan bir paytda T. Maltusning ko‗plab
g‗oyalari yana faollashdi. Real hayotdan olingan
ba‘zi bir faktlarni ko‗rib chiqamiz.
Qayerda
ishlab chiqarish, ayniqsa, qishloq
xo‗jaligi ishlab chiqarishi yomon tashkil etilgan
bo‗lsa, qayerda hosildorlik past, yig‗ib olingani esa
omborlarning yetishmasligidan chiriyotgan bo‗lsa,
o‗sha yerda T.Maltusning qayg‗uli xulosalari o‗z
kuchini saqlab qolgan. Buni bugungi kunda ham
ko‗pchilik rivojlanayotgan
mamlakatlar xalqlari his
etib turibdi. Shu narsani hisobga olish kerakki, 83 %
jahon iste‘moli 20 % aholiga to‗g‗ri keladi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar farovonligi darajasidagi
farq kuchayib bormoqda. XX asrning 70-yillari boshida ocharchilikdan
qiynalganlar 400 mln. kishini tashkil etgan bo‗lsa, 80- yillari – 500 mln.,
90-yillari esa 700 mln. kishidan ko‗pni tashkil etdi. BMT ning
ma‘lumoti bo‗yicha hozir dunyoda 1 mlrd. 200 ming kishi kambag‗al.
Kam rivojlangan mamlakatlar turmush darajasini «jahon andozasi»ga
«ko‗tarish» uchun resurslardan foydalanishni 40 baravar ko‗paytirishga
to‗g‗ri keladi.
Dostları ilə paylaş: