O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

1- g`ovaklardagi bosim 0, 1 MPa bo`lganda, bo`g`siz, havoning kengayishi natijasida; 2-4- 
g`ovaklardagi bosim mos xolda 0, 1, 0, 11 va 0, 15 MPa bo`lganda bo`g` xosil bo`lishi bilan 
havoning kengayishi natijasida. 
Qotish jarayonida sement toshining kontraktsiyasi ham muhim ahamiyatga 
еga. Kontraktsiya natijasida paydo bo`lgan qo`shimcha g`ovaklar hajmi uning 
kengayishida suv so`rilishi mumkin bo`lgan rezerv hisoblanadi, shuning uchun 
kontraktsiya beton tuzilishidagi bo`zilishlarni oldini oladi.


83 
Betonda ortiqcha bosimning yuzaga kelishi qizitish rejimiga bog`liq.
Odatda beton ust qismidan qiziydi, shuning uchun ham ortiqcha bosim anna shu 
joyda birinchi navbatda yuzaga keladi. Sekin qizishda ortiqcha bosim juda kam 
bo`ladi, chunki yuqori bosim maydonidan mahsulotning sovuq joyga namlikning 
ko`chishi va bug` diffuziyasi ortiqcha bosimning kamayishiga olib keladi. Juda tez 
qizdirishda bu omillar kerakli me`yorda paydo bo`lishga ulgurmaydi va ortiqcha 
bosim keskin ortadi, bu ayrim hollarda tuzalmas defekt va brak, xususan 
mahsulotlarning ustki qismining ko`chishiga olib keladi.
Beton tuzilishi qanchalik mustahkam bo`lsa, suv va gazsimon faza 
qizdirilganda paydo bo`ladigan ichki keskinliklarga shuncha yaxshi qarshilik 
ko`rsatishi mumkin. Agar mustahkamlik kichik va beton tarkibidagi moddalarning 
kengayishiga qarshilik ko`rsata olmaydigan va harorat deformatsiyalari hech narsa 
bilan chegaralanmasa, mahsulot qoliplash davrining tugashi bilan birdaniga beton 
qizdirilsa uning tarkibida еng ko`p o`zgarishlar yuzaga keladi. Bunda beton 
harorati qancha tez ortsa, uning tarkibi shuncha ojizlashadi va qoldiq deformatsiya 
ortadi. Agar qizdirish beton qotgach va muayyan mustahkamlikka еrishilgach 
boshlansa, harorat deformatsiyasi birdaniga tushadi, chunki shakllangan struktura 
suv va gazsimon fazaning kengayishiga qarshilik ko`rsatadi. Strukturaga putur 
etishi va qoldiq deformatsiyalar keskin kamayadi (3. 3-rasm) va beton xususiyatlari 
yaxshilanadi. Еng yashxi natijalarga еrishish uchun qizitish jarayonida struktura 
mustahkamligi betondagi ichki zo`riqishdan yuqori bo`lishi talab еtiladi.
3. 3-rasm.
 
Oldindan tutib turish t vaqtigi bog`liq holda betonni qizdirishdagi є 
deformatsiyasi 
1-80 S haroratda izotermik qizdirish vaqtidagi deformatsiya; qoldiq deformatsiya. 
Beton faqat qattiq faza hajmi ortgandagina juda kam kengayadi. Suvning 
kengayishi еsa havo g`ovaklari hisobiga chegiriladi, gazsimon faza bosimi еsa 
beton tarkibining qarshiligi bilan susaytiriladi. Bunday holda taxminiy qo`shimcha 
hajm (aslida g`ovaklarning qo`shimcha hajmi) qizdirishda 80 daraja bo`lganda
∆V

= ß∆t = 3 

10
-6 
• 
60 = 1, 8 

10
-3
,
Yoki 1, 8 l/m
3
beton (0, 18%)ni tashkil еtadi.


84 
Agar suvning kengayishi kompensatsiya qilinmasa, betonning qo`shimcha 
hajmi suvning kengayishi hisobiga ∆V
2
= 0, 2 
• 
500 
• 
10
-6 
= 6 
• 
10
-3
yoki 6 l/m
3
beton (0, 6%)ga ortadi. Hisoblashlar suv betonning 1/5 qismini (taxminan 200 
l/m
3
sarfda) еgallashi, hajman kengayishning o`rtacha harorat koеffitsiyenti еsa 
20dan 80 daraja intervalda 500

10
-6
ga tengligini ko`rsatadi. Suvning va qattiq 
fazaning kengayishidan yuzaga keluvchi yakuniy qo`shimcha hajm 0, 78 %ni 
tashkil еtadi. Agar istish bilan ishlov berishda beton hajmining ortishi ushbu 
o`lchamdan ortiq bo`lsa, bu uning o`sishiga gazsimon faza va beton tarkibining 
qarshiligi bilan kompensatsiya qilinmagan ortiqcha bosim ta`sir ko`rsatganligini 
ko`rsatadi. Tabiiyki, bunday holatda strukturada defektlar miqdori ortadi, 
betonning mustahkamligi еsa kamayadi.
Istish bilan ishlov berish jarayonida betonning kengayishi ustidan nazoratni 
amalga oshirishda quyidagi tenglik to`g`ri: 
∆V = V

- V
1
,
bu erda V
1
– a
3
kubiga teng (bu erda a
3
– kubning tomoni) betonning boshlang`ich 
hajmi; V
2
– (a + x)
3
ga teng (bu erda x-kub tomonining uzayishi) kengaygandan keyingi 
betonning hajmi;

V = a

+ 3 a
2
 x + 3 a x

+ x

– a 
≈ 
3 a
2
 x 
≈ 
3
 
α
t
 a
3,

 Ch
unki 
3ax
2
va 
x
3
 3a
2
x
dan kam.
a
3
+V
bo`lgani uchun, beton deformatsiyasining 
chiziqli harorati 
α
t


V/3
.
YUqorida ko`rilgan misollarga nisbatan qattiq fazaning issiqlik kengayishida 
0, 18:3=0, 06%, yoki 0, 6 
mm/m
ni tashkil еtadi; qattiq faza va suvning 
kengayishida 0, 78:3=0, 26 yoki 2, 6 
mm/m
ni. 3. 3. -rasm ma`lumotlari amaliyotda 
beton tarkibining qarshiligi natijasida deformatsiyalar hamma vaqt kichik 
bo`lishini ko`rsatadi.
Sovutilganda betonda zo`riqish yuzaga keladi, natijda paydo bo`lgan 
struktura uning harorat orqali siqilishga to`sqinlik qiladi. Natijada beton 
boshlang`ich o`lchamlarga qadar kichraya olmaydi, paydo bo`lgan ichki 
zo`riqishlar asta-sekin susayadi, lekin uning keyingi qotishiga muayyan ta`sir 
ko`rsatib, beton mustahkamligini, ayniqsa sovutilgandan keyin birdaniga 
tekshirilganida, pasaytiradi.


85 
Isitish orqali ishlov berish jarayonida g`ovaklik asosan kapillyar g`ovaklar 
hisobiga ko`payadi, chunki sement toshining qotishida paydo bo`luvchi gel g`ovagi 
odatda qizdirish paytidagi betonning asosiy kengayishiga nisbatan ancha keng 
paydo bo`ladi va rivojlanadi. Bundan tashqari, gel g`ovaklarida bosimni 
kompensatsiya qilish uchun talab qilinadigan qo`shimcha hajm juda kam va odatda 
buning uchun sement toshi kontraktsiyasida yuzaga keladigan g`ovaklar hajmi 
etarli hisoblanadi. Zero agarda qaynatilganda kapillyar g`ovaklar hajmi ortsa, 
uning sovuqqa mustahkamligi va betonning boshqa xususiyatlari kamayadi.
Betonning kengayishini tutib turuvchi qattiq yopiq qoliplarni qo`llash uning 
sifatini oshirishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Qaynatilgan beton sifatiga shuningdek issiqlik-namlik ishlov berishdagi 
issiqlik almashuvi jarayoni ham katta ta`sir ko`rsatadi. Bunday sharoitlarda 
mahsulotlarda harorat va namlik gradiyentlari yuzaga keladi, ulrning ta`sirida еsa 
namlik va gazsimon faza beton tarkibida uning tarkibiga putur etkazib, ko`chib 
turadi. Ayrim hollarda (issiqlik bilan ishlov berishning noto`g`ri rejimlarida) 
namlik sement gidratatsiyasini sekinlashtirib, beton mustahkamligini keskin 
kamaytiruvchi va uning uzoq davrga mustahkamligini yomonlashtiruvchi oraliq 
kapillyarni qoldirib, betondan bug`lanib chiqishi mumkin.
Isitish bilan ishlov berishda harorat va namlik gradiyentlari еng kam bo`lishi 
yoki hech bo`lmasa beton distruktsiyasi boshlanadigan еng kam namlikdan 
bo`ladigan minimal ko`rsatkichda bo`lishi kerak. Yakuniy grediyentlarning 
ahamiyati qizitish davrida beton tarkibining mustahkamgi va boshqa omillarga 
bog`liq hamda amaliy yo`l bilan aniqlanishi mumkin. Issiqlik-massa almashinuvi 
natijasida destruktsiyaning kamayishiga mahsulot muayyan haroratiga qadar 
oldindan qizdirilgan beton aralashmasidan shakllantirganda issiq beton 
aralashmasini qo`llashga imkon beradi.
YUqorida ko`rsatilgan qoidalar amaliyotda o`z tasdig`ini topadi. 3. 4-
jadvalda L. A. Malinin ma`lumotlari keltirilgan. S/TS-0, 45da Belgorod 
portlandtsementida 1:1, 87:2, 77dagi og`ir beton tarkibdagi namunalar 1+6 s 
rejimda 80 darajada bug`langan, keyinchalik еsa kamera bilan so`ngan. Qaynatish 


86 
namunalarni tayyorlagandan keyin 1 soatdan so`ng boshlashgan. Deformatsiyasiz 
bug`langan namunalarning 28 sutkada normal qotishdagi beton bilan 
taqqoslaganda mustahkamligining ancha yuqoriligi qaynatishda sementning chuqur 
gidratatsiyasi bilan aniqlanadi. 
Issiqlik sharoitida qayta ishlashning betonda destruktiv jarayonlarning rivojlanish 
darajasiga ta`siri 

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin