Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


-chizma. Xodimlar faoliyatini rejalashtirish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə7/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

1.2-chizma. Xodimlar faoliyatini rejalashtirish. 

Mavjud xodimlar faoliyatini baholashda eng avvalo, ularning shakllanishiga ta'sir etuvchi


tashqi omillarga, xususan, mehnat bozoridagi vaziyatga e'tiborni qaratish lozim. Zero, mehnat
bozoridagi holat ko‘p jihatdan quyidagilarga bog‘liq:

aholi soni, yoshi, jinsi salmog‘idagi o‘zgarishlarga;

tarmoq va hududiy bandlikdagi o‘zgarishlarga;

qo‘shimcha ishchi kuchini yollash darajasiga;

ishlab chiqarish hajmi, tarkibi va o‘sish sur'atiga;

mehnat resurslarini boshqarish usuliga va hokazolarga.
Ichki omillarni baholash uchun quyidagi ma'lumotlar tahlilini bajarmoq zarur:

doimiy band bo‘lgan xodimlar soni, familiyasi, yashash joyi, ishga qabul qilingan
vaqti va hokazo;

xodimlarning tarkibi (malakasi, mutaxassisligi, yosh tarkibi, milliy tarkibi, nogironlar
salmog‘i, ishchi va xizmatchilar, ITX salmog‘i va hokazo);

xodimlar qo‘nimsizligi;

ish kunining davomliligi (to‘liq yoki qisman bandligi, necha soat va qaysi smenada
ishlashi, ta'tilning davomliligi va hokazo);

ish haqi, uning tarkibi, qo‘shimcha ish haqi, ta'rif yoki ta'rifdan yuqori to‘lov va
hokazo;

davlat yoki huquqiy tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy- maishiy xizmat
(ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan mablag‘)lar.



Qayd qilingan tashqi va ichki omillar ta'sirida mehnat bozoridagi vaziyat o‘zgarib turadi


va shunga mos ravishda mehnat resurslariga bo‘lgan talab va taklif ko‘lami aniqlanadi.
Mehnat resurslariga bo‘lgan talabni rejalashtirish xodimlar faoliyatini rejalashtirish
jarayonining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, uni tuzishda quyidagi ma'lumotlar asos vazifasini
bajaradi:

mavjud va rejalashtirilayotgan ish joylari;

tashkiliy va texnik tadbirlar rejasi;

shtatlar ro‘yxati va bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish rejasi.
Aniqrog‘i, xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni rejalashtirishda mahsulot ishlab chiqarish rejasi,
mahsulot birligiga sarflanadigan vaqt me'yori va bir yil uchun o‘rnatilgan ish vaqti fondidan
foydalaniladi. Amaldagi texnologiya darajasi doirasida xodimlarga bo‘lgan talablarni
rejalashtirish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bu yerda:

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin