ko’rsatilmasdan, auditorga taqdim qilingan axborot haqiqiy bo’lgandagina ehtiroslarga berilmagan
va real auditorlik hisoboti hamda xulosa shakllanadi. Aks holda, auditorlik tekshiruvi befoyda va
uni o’tkazish uchun sarflangan mablag’ esa zoe ketadi.
Auditor hisobotda keltirilgan kamchiliklar bo’yicha ularni bartaraf qilishga karatilgan o’z
takliflarini ham ko’rsatib o’tishi lozim. Lekin tekshirilayotgin korxona xodimlariga «yaxshilik»
qilish maqsadida auditor shaxsan o’zi dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya
hisobotlaridagi xatolarni to’g’rilashi mutlaqo mumkin emas.
Shu bilan birga auditorlarga u yoki bu noxush faktlarni boshqacha qilib yoritishga yoki
tekshiruvchilar uchun qulay xulosa tuzib berishga majburlash maqsadida ruhiy, jismoniy yoki
boshqacha taz’yiqlar o’tkazgan hollarda ular qat’iylik va printsipiallik bilan ish tutishlari lozim.
Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to’g’risida korxona rahbariyatiga bildiradi va
ularni tuzatish bo’yicha aniq tavsiyalar beradi.
Agar buxgalterlik (moliyaviy) hisobni yuritish, tegishli hisobotlarni tuzish va O’zbekiston
Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish bo’yicha ko’rsatilgan kamchiliklar audit o’tkazish
chog’ida buyurtmachi korxona tomonidan tuzatilmasa, buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning
ishonchliligini tasdiqlash mumkin emasligi to’g’risida auditorlik tekshiruvining xulosasida yoziladi.
Dostları ilə paylaş: